Intelligent Musulmon va Muslima.  ( 7173 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


saraton07  22 May 2008, 02:04:38

Assalomu-alaykum  va rahmatullohu  va barakotuhu  hurmatli Xonimlar va Janoblar.
 Bismillohir rahmohir rohiym. Buyuk va qudratli  Robbimizga  hamdu sanolarimiz bo'lsin, Hazrati Muhammad s.a.v. Janoblariga duru salovatlarimiz bo'lsin.
   Yaqindagina   Intelligent  Musulmon  mavzusini  ochib edim, negadir  bugun  yo'qolib qoldi. Shuning uchun , mavzuni bir oz  yangicha nomlab,boshqatdan ochdim .Umid qilamanki,bu mavzumiz yo'qolib qolmaydi.
  Avvalombor intelligent tushunchasi nima,va bu tushunchani musulmonchilik  bilan qanday uyg'unlashtirsak bo'ladi?Nimagadir  ayrim hollarda " intelligent musulmon"  atamasini  tilga olganimda, bu  noo'rin  atama ekanligi va  musulmonchilik qoniga,  nasroniylik   tushunchasi  zid ekanligini so'zlovchilar topiladi.
 Shunda mening javobim shunday bo'ladi:
 Avvalom bor intelligent   so'zi nasroniy tushuncha deb qarashlik  noto'g'ri. Bunday atamalar  boshqa dinlardagi jamiyatlarda  ham  aralishib ,almashinib yuradi. Musulmoncha atamalar  ham boshqa  musulmon bo'lmagan jamiyatlarda talaygina. Bunda hech qanday qarama-qarshlik yo'q. Zamonlar almashib,millatlar  qorishib boraveradi,lekin Islom  hech  qaysisiga qorishmaydi. Bu Muqaddas Qur'onda ta'kidlangan. Ya'ni  Islom to qiyomat buzilmagay( o'zidan oldingi dinlar kabi).
Shunday ekan, zamonadagi  har qanday  ezgulikka  oid  tushunchalar, qaysi tildagiligidan  qat'iy nazar, hohlagan irq,millat,din tilida  yangrashga haqli.
  Va "Intelligent musulmon" atamasini   tilga  olishga haqlimiz.
   Xo'sh, bu  atama   sizda qanday tasavvur uyg'otadi?
   Nima deb tushunasiz buni?
   Faqatgina oliy ma'lumotli bo'lish, intelligentlikmi?
   Agar siz  o'qimishli bo'lsangiz, E'tiqodingizga qanday  qaraysiz, fan nuqtai nazaridanmi yoki din?
   Muslimalar ham  intelligent  muslima bo'lishga haqlimilar?
   Siz  intelligent  musulmon yoki muslimasiz, oila a'zolaringizchi?   
                 Shu savollarni  tahlil qilib,  javob  qoldirishingizni istardim. Va hohlardimki  bu tushunchalar har bir do'stimizning, aka-ukamizning,opa-singlimizning,ota-onamizning   ongida paydo bo'lishini. Va jamiyatimizda  Zamonaviy Islomiy  madaniyatning har  bir  sohada barq urishini  ko'rishni Ollohdan chin qalbimdan tilayman. Toki barchangizda urf bo'lsin, har bir harakatni  musulmoncha   madaniyat bilan qilishlik. Inshalloh.

Qayd etilgan


saraton07  22 May 2008, 02:33:25

Bismillohir rahmonir rohiym.
 Man  shunday  insonlarni ko'rganman.
Biri  oliy ma'lumotli  fizik,o'ta kuchli  domla.  Hamma tan beradi. U juda  madaniyatli va qatiy.
Lekin  hamma  narsaga  fanning ko'zi bilan qaraydi. Hattoki  Ka'batullohdagi  Muqaddas toshni meteorit deb biladi,va  Quddusdagi  Muallaq toshni ham magnit maydoniga   asoslanib tushuntiradi,ammo "nega hamma magnitli toshlar unday turmaydilar?"degan savolimga javob berolmagan.
Ularda  tarbiya shunaqadir. Tushuncha yo'qdir.Bilmadim.Otasi Nomozxon. G'alati,  a?
 Yana biri, u ham o'qituvchi, til  adabiyot. Juda  islomga hurmati baland.Lekin nomoz o'qimaydiBirovga juda chiroyli tushuntirib, dilini  moyil qilib qo'yadi  islomga,payg'ambarimizga. Lekin nomoz o'qimaydi,balik o'qir, yana ham bilmayman. Odobli inson.Hurmatga sazovor,kamtarin. shunday odamlarga havasim keladi, Adabiyotdan bahramand, dili keng,odamshavanda. Shularni ko'rib,dinimizga yana hurmatiz oshadi.
 Ammo  yana shundaylar borki, o'qimishli, sipo.diniy  ta'limga,islomiy ta'limga ega,achinarlisi buni hamma biladi. Nimaga  achinarlisi dedim?
 Chunki uning qiladigan hatti harakatidan  nafratlanasan kishi. Ichkilik, buzuqlik, ig'vogarlik uning  bayroq dastasi. Buni ko'rgan  oddiy odamning nima fikr kelishini tasavvur qilasizmi?
 Bir tanishim bilan gaplashib turib, gap aylanib  e'tiqodga keldi, uning fikrini qarang
" Eee,shu menga qara.  Nega  Falonchilar  bunaqa qiladilar, demak  mumkindirda, o'shalar bir nimani bilsa kerakki qiladi. Baribir hamma buzg"unchilik  Falonchilaringdan chiqadi"
 Falonchilar deganimiz,  o'zingizga tushunarli. Intelligentlar  qavsdagi.
 Bu gap, ichishning oqibatidan  boshlanib, kelib taqalgan mavzu edi..
 Uning ongida shunday tushuncha. Oilada  to'g'ri tushuncha bo'lmagan va o'rgatilmagan. Faqat La iloha  illollohni biladi xolos. Bunday   yoshlar deyarli  70% dan oshiq deb hisoblayman. 
 Demak  Intelligent  hisoblanuvchi,musulmon qavmiga mansub shunda insonlar  nima  yo'lga boshlashi mumkin.
 Haqiqiy ideal  intelligent musulmonu,muslima qanday bo'lmakliklari kerak?
 Guvoh bo'lgan voqealaringizni ham qoldirsangiz, ibrat bo'lardi deb o'ylayman.
 

Qayd etilgan


saraton07  24 May 2008, 02:32:39

Assalomu-alaykum   va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
 Mavzumizni  qolgan  joyidan davom ettirsam.
Bir  tanishim  turklar ochgan  Moskvadagi bir  xususiy qurilish  firmasida  ishlardi.Hozir uyiga ketganiga ancha bo'ldi.
 O'sha tanishimning gaplaridan:
- -Bilasizmi,  bizdagi  turk boshliqlar,juda madaniyatli. Inson  ko'ngli bilan hisoblashishadi,negadir. Biz boshda   unchalik ular bilan qiziqmasdik. Ishlardik,oylikni olishni bilardik. O'ylardikki biz oddiy qora ishchimiz,haqqimiz yo'q   ochiqdan-ochiq  muomilada bo'lishlikka ular bilan, o'hho'o'o', biz kimu,ular kim. Keyinchalik bu fikrimiz noto'g'riligini tushuna boshladik.
- -  Nega,nima ular   siz bilan  do'stlashishdimi?
- -  Yo'q,qanaqa do'stlashish? Men oldingi ishlagan  rus qurilish firmasida bizlarga   yashash uchun oddiy vagonchalarni berishib, yuvinishga  imkon berishmasdi. Dam olish esa  yakshanba kuni tushdan so'ng soat  15:30   da edi. Har kuni  erta bilan 8:00 da ish boshlanib, kechgi   19:00 da tugardi.Va  ovqatlanishga   kuniga  50 rubldan olardik,oylik esa  12000 rub edi o'rtacha.Va texxavfsizlik borasida  o'ylash yo'q edi.
-- Xo'sh bu yoqdachi?
-- Bu yoqda esa  , yashashgaimorat bo'lmasada, to'la  imkoniyatlarga ega  vagonchalar,issiq, xavsiz..keltirishdi. Ko'chib yuruvchi  yuvinish  konteynerlarini ko'rib, aqlimiz shoshib qoldi. Shunchalik  qulay,isiqqina, top-toza, u yoqda sovuqda o'zimiz yog'ochdan  qurib  olgan kabinachalarda     yuvinishnig o'zi bizning eng 1 chi tashvishiniz edi.Bu yerda esa hohlagan, ishdan keyingi vaqtlarda mumkin bo'ldi.Bir turk prorabi bor, aytishicha   otasining  onasi  ,ya'ni uning buvisi  o'zbek bo'lgan.Ruschada gaplashamiz. Unchalik zo'r bilmaymizu,lekin har zamonda turkcha gapirib tushuntirishga harakat qiladi.
O'sha yigit nomoz o'qiydi......
-- Bizdagi  o'qigandekmi?
--  Men o'zim nomoz o'qishni bilmayman,lekin bir ikkita  muysafid, biladiganlar  bizdagidek  deyishyotuvdilar,bilmayman,Tushunmasam men.koroche, yaxshi yigit. Bizga yondoshadi, Lekin shu   muhim bir ishni qilayotganda nomozini vaqti bo'lib qolsa,budilnigi bor kissasida, shundoq ishni tashlab ketadi,borib xonasida o'qib qaytib keladi,birov  kasal bo'lib qolsa darrov chopib,yelib yugurib qoladi. Lekin biz bilan  din  to'g'risida hech so'ramaydi. Ishi yo'q. Lekin har zamon araq ichayotganimizni,shashlikni ko'rib qolsa, ruschalab urishib ketadi-da, keyin yana bosiladi. E yaxshi yigitda,xullas.
-- Sizlarning oldingi ishlarizdan xabardormi,bilishadimi?
--- Albatta,bizni  ichimizda bir ikkitasi ish qidirib oldingi firmadan chiqib  kep qolishgan bu yoqqa,keyin bizlar keldik,bolalar tushuntirishgan hammasini.
--- Rahmi kelib shunday yondoshsa kerakda unda,yaxshi ekan.
---  Yo'g'ee, bungamas, ularda  Prava cheloveka degani borakan. Qattiq rioa qilamiz deydi,yana aytadiki, biz ham oddiy qilib sizlarga sharoit bersak bo'ladi ishga,damga xuddi boshqalardek.Lekin  Ollohdan qo'rqamiz,har holda musulmonmiz. Sizlar ham odam, faqat  ishlashmas,sog'likni  ham o'ylang.
Aytgancha bizda ish erta bilan 9:00  ish boshlab, kechgi   19:00 da  xonaga boramiz, keyin dam.
                                       ******************
 Biz uzoq gaplashdik u bilan. Va nihoyat u  qo'lidagi  shishasini  bo'shatib, uloqtirdi.Keyin xayrlashdik.  Uyga toldim,  tanishim yaxshi muomilayu,sharoitdan   ajabda,xursand.  Manda boshqa xursandchilik bor edi. Ya'ni o'sha turkning  Islomiy odobi, hurmati. Hozir bu firma allaqachon ishini bitirib ketgan bu yerda.  Lekin shunday, tarbiyali, boshqalarga nisbatan ezgulik bilan   yondoshuvchi  mo'minlar borligidan xursand edim Alhamdulilloh. Shunday inteligentlarga Olloh baraka berib ko'payisha edi.Bo'larkanku,iloji borakanu musulmonchilik bilan zamonaviy madaniyatni  olib yursa. Hozir ko'pchilik ziyoliman deyuvchi shaxslar  islomiy  bilimdan       misqolchalik biladilar deyish  mumkin.Inteligent Musulmon

Qayd etilgan


Musannif Adham  24 May 2008, 05:53:54

Bugungi kunda ziyoli bo'lish har bir musulmon kishi uchun muhim xususiyatga ega bo'lib qoldi. Chunki agar dinga da'vat qilmoqchi bo'lsangiz, qalbi Islomga moyil insonlar ham, unga dushmanlik nazari bilan qarovchi moddaparastlar ham Sizni turli dunyoviy dalillarni keltirib yengishga, Islom dinining ahamiyatini yerga urishga urinadi. Undaylar uchun fan yangiliklari, ilmiy kashfiyotlarni keltirib, Qur'on va Hadisni asoslaganingizdan keyingina gaplaringizni o'ylab ko'rishadi.

Shundan xulosa qilish mumkinki, Siz aytgandek intelligent musulmon bo'lish dinimizga ham, o'zimizga ham faqat foyda keltiradi. 

Qayd etilgan


saraton07  28 May 2008, 00:33:28

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
 Janob Musannif Adham, haq gapni aytdiz, birodar.
 Bir vaqtlar ilm-fan, madaniyat o'ta kuchli taraqqiy etib kelayotgan Musulmon  dunyosi,negadir jaholat botqog'iga bota boshladi. Nega?
Nega  go'zal taraqqiyot debochalari, uzoq yurolmay  yiqldilar.
 
Bu debochalarni nega  Evropa o'zlashtira boshladi va takomillashtira oldi.
 Nega musulmon dunyosi oldinga o'tib ketmadi fan texnikada?
Aksincha, nasroniy va  majusiylar fanning eng yuqori cho'qqilariga  yo'rg'alab  ketdilar,musulmonlardan oldin?
 Bu savollarni chuqurroq o'ylab javob qidirsangiz, tarix qa'riga sho'ng'iysiz, va turli  xil ixtilofu,jaholat  ustunlariga duch kelasiz.
 Turli xil  oqimlarning, tarafchiliklarning yuzaga kelishi, Islomda kim o'zarga  amal qilishu,kim to'g'ri yoki noto'g'ri rioya qilishi to'g'risidagi  mojarolar, va bular orqali tug'ilgan siyosiy ixtiloflar, hudud talashishlar Musulmon dunyosining jaholatga  boshlab keldi. Bu jarayon birdaniga emas,har xil zamonlarda, har xil   ko'rinishlarda  amalga oshib turdi.
 Bu  qaysidir ma'noda  o'z ta'sirini  Musulmon taraqqiyotiga  yomon ta'sir ko'rsatdi.Ammo ozgina muddat hukmronlik qilib turgan Amir Temur  saltanati bu  nomutanosibliklarga barham bergandek edi, afsuski  Temur vafotidan so'ng yana  orqaga surilish  jarayoni boshlandi. Bir  necha o'n yilliklar davomida    rivojlanib turgan ilm-fan,madaniyat shu'lalari yurtimiz  hayotidan misol olib aytsak  , xonliklargacha ko'rinib turdi.
 Nadomatlarki, ilm-fan yana  xorlikka yuz tuta boshladi. Oqibatda, turli xonliklararo  nizolar urushlar va hakozolar bo'y ko'rsata boshladi.
Ilm fan,madaniyat rivoji qaysidir Musulmon o'lkalarda  tus oli turgandir,lekin bu kamlik qilardi. Odamlar fikrlashi  jihatidan, G'arbdan orqada qola boshladilar. O'z zamonasining ziyolilari, ma'rifatparvar ulomolari,olimlarining ijodiy  salohiyatlari  ko'pga bormas edi. Jaholatga berilgan hukmdorlar,bu kabi  uyg'onishu, erkin g'oyalarni hal qila olmasdilar, afsus. Qaysidir shohlar,xonlar qo'llashgan bo'lsalar,undan keyingilari bo'g'ib tashlaganlar. Zamon shiddatli, shavqatsiz, shoshqaloq edi. Kutib o'tirmas edi.
G'arb esa, allaqachon uyg'ongan, oldinga intilgan holda dadil qadam bosardi.
 Oralarida uchragan albatta razolat va jaholat bayrog'i sharpalari, ammo  tezda bu sharpalar o'z-o'zidan tarix  tublariga cho'ktirib yuborilganlar.
 Oxir oqibat Musulmonlar ham ma'nan, ham moddiyan qullarga aylandilar, kofirlarga. Endigina uyg'onib kelayotgan  nihollar tagidan kesildilar. Bu yaqin tarixlarimizda  yaqqol namoyon.
Ex, afsus,afsus ming afsus........
 Bularni biz yosh avlod o'qib,bilib, achinamizu,lekin hech narsani o'zgartira olmaymiz.
O'ylab  qolaman, nahotki, Islomga rioya qilib, amal qilib, yangilikkka, ilm-fanga intilib, ikki ilmni ham, islomiy va dunyoviy ilmni  o'rganishga shunchalar no'noqmiz, juda bo'lmaganda  islomiy ilmni  yaxshi ololmasak.
 Ko'pchilikni ko'ramiz,na dunyoviy,na islomiy tushunchalarga ega. Bu qayerdan kelib chiqdi? Yana o'sha yaqin tariximizdagi olib borilgan, musulmonlar miyasiga  singdirilgan, nasroniy  siyosatning sarlavhasiz  sahifalaridan javob topamiz.
 "Oddiy haqiqatlar" mavzusidagi hijob masalasidagi mojaroda, Vodiyda bo'lib o'tgan xunuk voqeada,Hijobli xonimni forumga kirg'izmagan opaxon qaysi tarbiyayu, g'oyalarda  oqib katta bo'lganlar?Albatta,bir vaqtlar dinsizlik, anti musulmon go'yalariga  minbar tekkan vaqtlarda unib o'sgan bo'lishlari mumkin.Bu holat oilalarida ham bo'lgan bo'lishi mumkin.
 Sir emas,hozirgi paytda, hijob kiyib,chin musulmonlik yo'lini tutib, shu bilan birga dunyoviy ilmga  otlangan muslimalarimizga nisbatan g'alati qarashlar qilishmoqda. Yoki nomoz o'qib, halollikka berilib, ham islomiy,ham dunyoviy ilmga intilgan yoshlarga ham  xursand bo'larli munosabatda yondoshishadi deb aytolmaymiz. Bu aksariyat vaziyatlarda albatta. Bunga sabab yana o'sha obu-havoning ta'siri hali ham  borligidadir. Bunday go'zal islomiylikni  ko'pchilik  qabul qila olmaydilar shuning uchun.
Yana bir sabab  esa hozirgi  ijtimoiy, siyosiy vaziyat hamdir. Bu borada fikrlar juda ko'p, ko'p eshitamiz,ko'p gapiramiz, o'z tushunchamizga egamiz. Lekin amaliy choralar yo'q.
Ollohim barcha  musulmonlarning  yo'llarini ravon etsin iloyim.
Chin ziyoli bo'lishlikka intilishlik ,Ollohga shukurkim,oz bo'lsada  mavjud.
Ollohdan, shu yo'lga intilguvchi, shu yo'ldan yuguvchi,shu yo'ldan ketayotgan birodarlarimizga omad, toqat, kuch tilayman va hammamizni shu yo'lga boshlashligini iltijo qilaman Omin.

Qayd etilgan