Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Bismillahir Rohmanir rohiym.
Azizlar,bugun bir mudhish voqea qalbimni larzaga soldi.
Buni ayrimlar shunchaki bir oddiy ,bo'lishi kerak bo'lgan voqea kabi qabul qildilar,ayrimlar shunchaki achinish bilan.
Kimga qanaqa bu voqea,hamma har fikrda.
Xullas bir bir muslimaning nasroniylik dinini qabul qilganini va cherkovga qatnashishini bilib qoldik.Afsus.............
Tuppa tuzuk qiz,shunaqa qilib o'tirsa,alamingiz kelarkan.
Xo'sh,nega bunday qildi u,nima turtki bo'ldi,nima bu yo'lga tortdi u qizni?
Bu voqeaning qanaqa qilib kelib chiqqanini oldin mulohaza qilib ko'rsak,keyin sizning fikringizni eshitsak.
Xullasi kalom, u qiz onasi bilan( otasi yo'q menimcha) Moskvaga ishga kelgan edi,tanishlari orqali.
Yaxshi ishxonada ishlardi,onasi boshqa joyda ishlardi.
Musulmonlardan bo'lganlari bilan, xuddi ruslardek yurishardi,yashashardi.
Bunaqa yurishni, yashashni o'zimizda urf bo'lgan desak yanglishmasam kerak.Ayrim mo'min(a)larimizni aytmasak,deyarli hamma kiyinishu boshqa jabhada kofirlikdan qolishmayaptilar.Va yana, shunday kishilar musulmonmiz deb ko'krak keradilar,hamda dinimiz qoidalarini o'zlaricha,go'yoki "zamonaviy" talqinda tadbiq etadilar,tavba.
Ya'ni,shulardan ayrimlarini aytmoqchiman.
Astag'furulloh,eshitinga,
---Aroqning kayfi haromu,o'zi halolmish,yo alhazar,qayda buning isboti dengchi ,javob yo'q,
---Xudoni o'zi kechiradi,olaver,yoki qilaver,yoki uraver degan aqidalar ayrimlarning ongini egallab olgan,ming afsus....
---Qani tost sizdan endi,taqsir. deydilar nodonlar,
Keyin haligi "Taqsir" ham boshlaydi,(o'zicha hurmat uchun hammani ham taqsir deyishyapti hozir)
---Xo'sh,yuqoridagi gaplarga qo'shilamiz,keyin yana eng yaxshi tilaklarni tilayman,Shu kishiga(bolakayga,qizaloqqa,otaxonga,onaxonga,okaxonga,opaxonga......bu ro'yxatni adog'i yo'q) Xudoyim uzoq umr bersin,u bersin ,bu bersin ,deb javrashni boshlaydi.
E'tibor bering,qo'lda aroq,Xudodan birovga tilak tilayapti.
Bu hozirgi jamiyatimizdagi modalardan biri,tan olavering,forumdosh.
Endi,bu "moda"lar qayoqqa olib borayapti,nimalar qilayapti musulmon yoshlarimizni?
Yuqorida aytib o'tganim,bugungi voqeadagi kabi tubanliklarga boshlashga asos,turtki bo'lmayaptimikan.
Xalqimiz orasida urfga aylangan bunaqangi ko'rinishidan tabiiy holga aylanib ulgurgan qabihliklarni deb,oilalarimizdan,musulmoncha nafas olish yo'qolib ketmayaptimikan?
Jamiyatimizni musulmon deb biluvchi yoshlarimiz,bu kabi "zamonaviylik"larniyu, "moda"larni ko'rib,asl musulmonchilikdan bebahrayu,benasib bo'lib ketmayaptimilar?
Haligi qiz ham juda yosh hali,lekin erki o'zida,mustaqil.Hohlaganini qiladi.Oldinlari bo'ynida musulmoncha tilla zanjir taqarkan,hozir esa tasavvur qilavering nima taqishini.
Umuman olganda bu yoqlardagi tatar millatiga mansub ayollarning yarim oy va ichida arab yozuvi tushurilgan medal'on,tilla zanjir,yoki uzuklarni taqib yurishlari modaga chiqqan.
Lekin afsuski,kiyinishlarini nasorolardan besh battarligi yarim desak xato bo'ladiyu,deyarli undanda oshirib yurishlari dinimiz uchun og'ir dard.
Yoshlarning esa faqat o'zga yurtlarda emas, Vatanimizda ham dinimizdan chiqib ketayotganliklari,yurakni ezg'ilaydi,ming afsus.
Qani endi, har narsaga,xalqimiz,asl Islomiy nuqtai nazar bilan qarasayu,har baloni zamonaviylik deb qabul qilavermasa.