Muallif Mavzu: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 513813 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #120 : 26 May 2008, 15:36:06 »
551-YIL — Bumin “xoqon” deb e`lon qilinib, O`rta Osiyoda yangi saltanat — “Turk xoqonligi”ga asos solinishi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi.

555-YIL — turklar Sharqiy Turkistonning hamda Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng dashtliklarni egallashi.

558-YIL — turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo‘ylarini zabt etib, g‘arbdagi va shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab olgan avarlar bilan to‘qnashadilar.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #121 : 26 May 2008, 15:36:17 »
563-YIL — Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg‘ol qilinadi. Turklar Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Buxoro yaqinida eftaliylar qo‘shini turklardan yengiladi. Janubda Eron sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan qaqshatqich zarbaga uchragan Eftaliylar davlati tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, Amudaryoning janubiy qirgo‘qlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi.

563-YIL — Vizantiyaning avarlarga homiyligining to‘xtashishga imperatorni ko‘ndirish maqsadida nushubi qabilasining boshlig‘i Eskil boshchiligida Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shahriga yetib keladilar.

563-567-YILLAR — janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so‘ng, tamomila barbod bo‘ladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #122 : 26 May 2008, 15:36:27 »
568-569-YILLAR — Turklar Konstantinopolga Yustin II saroyiga o‘z elchilarini yuboradi. Vizantiya va Turk xoqonligi o‘rtasida Eronga qarshi harbiy ittifoq tuziladi. Vizantiya elchisini xoqon Tangritog‘ (Tyanshan)ning Oltin tog‘i etagidagi O‘rdugohida qabul qiladi.

575-576 YILLAR — turklar Qrim yarim oroligacha kirib boradilar. Sosoniylar Toxariston va Chag‘aniyonni eftaliylardan tortib oladilar.

585-586-YILLAR — Buxoroda xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon natijasida Abruydan jabrlangan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga kelib o‘rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat etib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari — dehqonlarga qaytariladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #123 : 26 May 2008, 15:36:39 »
618-630-YILLAR — G‘arbiy Turk xoqonligida To‘nyabg‘u hukmronligi davrida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. O‘troq viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u’ unvoni berilishi natijasida ular xoqonning noibiga aylanadilar. O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning vakillari — “tudun”lar yuboriladi.

627-YIL — Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.

685-686-YILLAR — Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonchilik asoratiga qarshi Buxoroda Abruy boshchiligida qo‘zg‘olon natijasida jabrlangan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib Turkiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Qochib borganlar qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘rab Turk xoqoniga murojaat qiladilar . Turk xoqoni Qoracho‘rin Turk o‘g‘li Sheri Kishvar boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #124 : 26 May 2008, 15:36:50 »
705-732-yILLAR — Ummaviylarga tegishli 12 kumush tangani Yunusobod Oqtepasidan topilishi.

718-YIL — Sug‘diylar hadya tariqasida yuborgan dubulg‘asidan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari o‘z qo‘shinlarini dubulg‘alar bilan ta’minlaganlar.

1932-yIL — Mug‘ tog‘idan nodir hujjatlar majmuasi topildi. Bu hujjatlardan 74 tasi sug‘dcha, 2 tasi xitoycha, 2 tasi arabcha va bittasi turkiy tilda bo‘lib, fan uchun beqiyos ahamiyat kasb etdi.

1953-1955-YILLAR — arxeolog L.Albaum tomonidan Bolaliktepa yodgorligi o‘rganilishi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #125 : 26 May 2008, 15:37:01 »
III ASR O‘RTALARI — Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgn.

IV ASR — Xorazmshox Afrig‘ tomonidan qurilgan Al-Fir qal’asini ta’riflar ekan, Beruniy uning “…uchta devori paxsadan va xom g‘ishtdan urilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan; har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi, ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir” — deb yozadi.

IV ASR O‘RTALARI — Yettisuv va Sharqiy Turkistondan Grumbat podshohi boshchiligida ko‘chmanchi chorvador xiyon nomli qabilalarning hujum boshlashi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #126 : 26 May 2008, 15:37:11 »
IV ASRNING 70-YILLARI — O‘rta Osiyo (Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha)da xiyoniylar hukmronligi o‘rnatilib, bu davlatni 120 yildan oshiqroq hukmronlik qilishi.

IV ASRNING IKKINCHI YARMI — V ASR — Mamlakatning ichki va tashqi hayotida sodir bo‘lgan keskinlik ayniqsa binokorlikka kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Samarqand, Buxoro, Naqshab va Toshkent kabi dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko‘plab istehkomli qasrlar va mulkdor dehqonlar qo‘rg‘onlari qad ko‘tardi.

MILODNING I MINGYILLIK O‘RTALARI — Qadimgi Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ldi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #127 : 26 May 2008, 15:37:22 »
V ASR — “Eftal” degan nom ilk bor “xetal” shaklida arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida “Eftalon” deb yuritiladigan qabila nomidan olingan.

V ASR — Choch Eftallar davlatiga bo‘ysudirilgan.

V ASR — O‘rta Osiyolik shishasozlar xitoylik hunarmandlarga rangli shisha va shisha buyumlarni yasashni o‘rgatishlari. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turishi, Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanishlari.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #128 : 26 May 2008, 15:38:17 »
V ASRNING 30-50-YILLARI — kidariylar bilan sosoniylar o‘rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo‘lib qolgan.

V ASRNING 50-YILLARI — Eftallar davlatining nihoyatda kuchayishi.

V ASR O‘RTALARI — ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar va majusiy ruhoniy-kohinlarning qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi. Ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a’zolari “kashovarz”, ya’ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag‘daruvchi-“qo‘shchi” deb yuritilardi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarli asosiy qismi qo‘shchi-kashovarzlar mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #129 : 26 May 2008, 15:38:34 »
V ASR O‘RTALARI — O‘rta Osiyoga bostirib kelgan Eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi.

V ASRNING 60-YILLARI — Kidariylar sosoniylarning asosiy dushmani bo‘lib qolishi, Marv vohasidagi jangda sosoniylar shohining qo‘li baland kelib, Kidariylar va Sosoniylar davlatlari o‘rtasida Talikon yaqinida chegara belgilanishi.

V ASR OXIRI — binokorlikda an’anaviy xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda pishiq g‘isht ham ishlatila boshlandi. Pishiq g‘ishtdan saroy va ibodatxonalarning sahnini to‘shashda foydalanilgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #130 : 26 May 2008, 15:38:47 »
V ASR OXIRI — VI ASR BOSHLARI — Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi ilk bor Eronda Mazdak boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan va bu qo‘zg‘olon mag‘lubiyat bilan tugagan.

V ASRNING IKKINCHI YARMI VA VI ASRNING BIRINCHI YARMI — Oltoy va Janubiy Sibirda Ashina qabilasining yabg‘ulari Asanshod, Tuu va Buminlar boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga kelishi.

V ASRNING IKKINCHI YARMI — VI ASRNING BOSHLARI — Eftallar davri binokorligi va me’morchiligida ayniqsa qasrlar alohida o‘rin tutgan. Ularninmg ayrimlari ikki qavatli bo‘lib, yuqorisiga maxsus ko‘tarma pandus orqali chiqilgan. Saroy va ibodatxona devorlari turli mazmundagi rangdor tasvirlar bezash odatiy tusda edi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #131 : 26 May 2008, 15:39:29 »
V ASRNING IKKINCHI YARMI VA VI ASRNING BOSHLARI — O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va sharqda Turkiston yerlarini birlashtirgan Eftallar davlati tashkil topishi. Eftallar davlati siyosiy jihatdan Kushon podsholigiga nisbatan mustahkam bo‘lmasa-da, ammo maydoni jihatidan undan katta edi.

V-VI ASRLAR — Dehqonchilik vohalari tevarak-atrofiga kelib o‘rnashgan ko‘chmanchi eftallarning ommaviy ravishda o‘troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida obikor yerlarga bo‘lgan muhtojlik ortdi. Daryo vodiylari bo‘ylab katta-kichik sug‘orish kanallari qazib bitkazildi. Minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi. Sug‘orma dehqonchilkning kengayishi bilan sug‘orish texnikasi murakkablashib bordi. Shoxariqlar chuqurlashtirilib, sersuv va sershoxa sug‘orish tarmoqlariga aylanadi. Ular daryodan suvni bog‘lab oluvchi va yuqoriga ko‘tarib beruvchi suv inshooatlari bilan jihozlanadi. Chag‘oniyon, Termiz, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naqshab va Toshkent atroflari to‘la o‘zlashtirilib, alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllandi.

V-VI ASRLAR — diniy e’tiqot va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san’at koroplastika ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash va ularga topinish keng yoyilishi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #132 : 26 May 2008, 15:39:39 »
V-VI ASRLAR — yerga egalik munosabatlar rivoj topib, siyosiy jihatdan zaiflashuv oqibatida mamlakat bir qancha mayda davlatlarga bo‘linib ketib, uning hududida viloyat va yirik shaharlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil mahalliy hokimliklar tashkil topdi. Bunday davlatlardan eng yirigi Sug‘dda — ixshidlar, Toxaristonda — malikshohlar, Xorazmda — xorazmshohlar, Choch va Eloqda — budun va dehqonlar, Farg‘onada — ixshidlar hukmronlik qilardilar.

V-VI ASRLAR — Nasoroniy dini Sug‘dga kirib kelgan.

V-VI ASRLAR — Sug‘d yozuvi va uning “Samarqand yozuvi” uslubi, Xorazm va Eftal yozuvlari tarqalishi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #133 : 26 May 2008, 15:40:41 »
V-VI ASRLAR — yerga egalik munosabatlar rivoj topib, siyosiy jihatdan zaiflashuv oqibatida mamlakat bir qancha mayda davlatlarga bo‘linib ketib, uning hududida viloyat va yirik shaharlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil mahalliy hokimliklar tashkil topdi. Bunday davlatlardan eng yirigi Sug‘dda — ixshidlar, Toxaristonda — malikshohlar, Xorazmda — xorazmshohlar, Choch va Eloqda — budun va dehqonlar, Farg‘onada — ixshidlar hukmronlik qilardilar.

V-VI ASRLAR — Nasoroniy dini Sug‘dga kirib kelgan.

V-VI ASRLAR — Sug‘d yozuvi va uning “Samarqand yozuvi” uslubi, Xorazm va Eftal yozuvlari tarqalishi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #134 : 26 May 2008, 15:40:55 »
V-VI ASRLAR — Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo yerlarida ko‘plab g‘o‘za ekilib, uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi.

V-VII ASRLAR — O‘rta Osiyoda yerga egalik munosabatlari jarayoni toboro avj olib, mulkdor dehqonlar zulmi kuchayadi. Kashovarzlar ularning asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi.

V-VII ASRLAR — mayda hokimliklar eftallarga, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsalar-da, ammo eftallar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o‘z atrofidagi mulkdor dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

 

Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257720
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
O'qishga kiruvchilar uchun yordam

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 34332
So'nggi javob 12 Fevral 2009, 18:02:29
muallifi Abdullоh
O'zbekiston tarixidan nimalarni bilasiz!!!

Muallif asrBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 42191
So'nggi javob 16 Iyun 2009, 12:26:52
muallifi Musannif Adham
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 325097
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Ekran (rabochiy stol) uchun chiroyli rasmlar

Muallif AbdusalomBo'lim Umumiy

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 45810
So'nggi javob 04 Dekabr 2009, 05:59:45
muallifi Mahdiyah