Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701960 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 ... 140 B


muxbir  28 May 2008, 17:02:17

ASTRABOD — Jurjonning kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgan shahri. Kaspiy dengizining sharqi-janubiy tarafida, Mozandaron chegarasida joylashgan. Hozir Go‘rgon deb ataladi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:03:00

BIJANGAR SAROYI — Hindistondagi mashhur saroylardan biri. 1441-1442-yillarda Shohruh Bijangar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:03:13

BULUNG‘UR (mo‘g‘ulcha bulugar — loyqa suv) — Zarafshon vodiysidagi eng qadimgi kanallardan biri.

DASHTI QIPCHOQ — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan to Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan hudud.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:03:26

GURGANCH — Xorazmning qadimgi poytaxti.

HIROT — Xurosonning to‘rt yirik shahri (Marv, Nishopur, Balx, Hirot)dan biri; poytaxt shahar. Xurosonning ijtimoiy-siyosiy va madaniyat markazi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:03:42

ILONO‘TTI DARASI — Jizzax yaqinidagi dara. Ilono‘ttida hijriy 828 (1428 )-yilda Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan o‘ziga xos "œzafarnoma" hozirgi kungacha saqlangan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:04:00

INJIL — Xurosondagi anhor. Bu anhorda Alisher Navoiy Shifoiyani qurdiradi.

KALIF — Amudaryo bo‘yidagi qadimgi shahar va kechuv nomi. Amudaryoning eng tor yerida qurilgan. Ibn al-Asirning yozishicha, Amudaryoga qurilgan dastlabki suzuvchi ko‘prik (ponton) XI asrda Mahmud G‘aznaviy tomonidan qurilgan. Sulton Mahmud qoraxoniylar xoqoni Arslonxonning da’vatiga binoan, Qodirxonga qarshi chiqqanda shu yerdan o‘tgan. Daryoning bu yerdagi kengligi 3 ming qadamga yaqin bo‘lgan. O‘rta asrlarda Kalif shahrining ahamiyati shu qadar oshganki, hatto Amudaryo "œKalif daryosi" deb ham atala boshlagan. XII asrda Kalif mustahkam qal’a bo‘lgan. Amir Temur va temuriylar davrida ham Kalif muhim kechuv yeri sanalgan. XVII asr Kalif shahri faqat daryoning so‘l qirg‘og‘ini egallagan. Uning mudofaa devorlari bu davrda vayron qilingan bo‘lib, unda faqat kemachi hunarmandlar va xiroj to‘plovchi amaldorlar yashagan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:04:10

MARVIRUD, MARVARRUD — Bolo Murg‘ob shahrining eski nomi. Murg‘ob daryosining bo‘yida (Afg‘oniston hududida) joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda Marvirud o‘rnida qadimda Iskandar Makedonskiy tomonidan Marg‘iyonada qurilgan Aleksandriya shahri bo‘lgan, keyinchalik uni salavkiylardan Antiox qayta tiklagan. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Marvirud muhim strategik shahar va istehkom sifatida mashhur bo‘lgan. Marvirud nomi so‘nggi bor Sharafiddin Ali Yazdiyning "œZafarnoma’sida uchraydi. Yazdiyning qayd etishicha, uning davrida shahar Murg‘ob nomi bilan mashhur bo‘lgan. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug‘orilib obod etiladi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:04:21

SULTONBAND — Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘oni. Qurib qolgan shahar atrofidagi yerlarga qayta suv chiqarib, sug‘orma dehqonchilik yer maydonini kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron etilgan Sultonbandning Shoxruh tomonidan tiklanishi va sug‘orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg‘ob vohasining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:04:33

OBIRAHMAT — Samarqand yaqinidagi anhor. Ulug‘bek mirzo 1424-1428-yillarda Obirahmat bo‘yida rasdaxona qurdirgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:04:42

QIZILRAVOT — Samarqand yaqinidagi mavze. Qizilravotda 1410-yilning 20-aprelida Tukiston noibi Shayx Nuriddin, Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining Chingiz O‘glonlar bilan Mirzo Ulug‘bek va Shohmaliklarning qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilgan