Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701950 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 15:42:57

VI ASR 70-80-YILLAR — Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manchjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlarning Buyuk Turk Xoqonligini tashkil topdi.

VI ASRNING 80-YILLARI OXIRLARI — bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi Turk xoqonligini tobora zaiflashtirishi va Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirishi oqibatda Turk xoqonligi ikkiga — mo‘g‘ulistonda tashkil topgan Sharqiy turk xoqonligi va O‘rta Osiyo, Jung‘ariya va Sharqiy Turkistonning bir qismini tasarrufiga olgan G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi.

VI ASR OXIRI — VII ASR BOSHLARI — G‘arbiy Turk xoqonlari budda dinini qabul qilib, butxonalarning qurilishida homiylik qiladilar.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:05

VI-VII ASRLAR — Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Varaxsha qasri buxorxudotlar — Buxoro mahalliy hukmdorlarining yozgi qarorgohiga aylantirilishi.

VI-VII ASRLAR — O‘rta Osiyo shaharlarida savdo-sotiq ishlari avj olgan va shaharlar maydoni uncha katta bo‘lmagan.

VI-VII ASRLAR — O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarning egalash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor — kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:13

VI-VIII ASRLAR — Farg‘ona dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, xo‘jaliklari va ichki, tashqi savdo rivoj topgan mustahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka edi.

VI — VIII ASRLAR — mehnatkash aholining hayoti nihoyatda og‘ir kechdi. Ular hamma vaqt nochorlik, tanglik, xavf-xatar va muhtojlikda yashagan.

VI-VIII ASRLAR — bebaho madaniyat obidalari, diniy etiqodlari, tasviriy san’at rivojlandi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:23

VI-VIII ASRLAR — G‘arbiy turk xoqonligining chorvador aholisi o‘rtasida buddoiy va nasoroniy jamoalari paydo bo‘lib, ayrim turk xoqonlari bu yangi dinlarga homiylik qilsalar-da, ammo chorvador aholining aksariyati hali "œshomon" diniga e’tiqod qilardi.

VI-VIII ASRLAR — Moniy dini Murg‘ob vohasi orqali Toxariston, Sug‘d, Sharqiy Turkiston va Xitoyga yoyildi. Moniy ta’limoti tasviriy san’atga va musiqaga katta ahamiyat bergan. Diniy targ‘ibot va marosimlarda, ayniqsa tasviriy san’atdan keng foydalanilgan.

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va me’morchilik bilan bir qatorda tasviriy san’atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi bir qator tarmoqlari ravnaq topadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:32

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo xalqlari jahon tarixi jarayoniga tortilib, bu diyorda ilk o‘rta asrning o‘ziga xos serqirra va nihoyatda boy madaniyati shakllanishini va rivoj topishini madaniyatning serjilo qirralari, bebaho madaniyat obidalari, diniy e’tiqodlari-yu tasviriy san’at namunalarida o‘z aksini topishi.

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotida yer egaligi munosabatlar shakllanib, mustahkamlanib bordi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik, sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik rivoj topib, ichki va tashqi savdo kengaydi. Madaniy hayotda me’morchilik, xat-savod, diniy e’tiqodlar, tasviriy san’at va musiqa ravnaq topib, madaniy aloqalar jonlandi. Natijada ilk o‘rta asrlarning ma’naviy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos serqirra madaniyat yaratildi.

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda aholi zardushtiy, budda, nasoroniy, moniy va qam dinlariga sig‘ingan,ya’ni din erkinligi bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:41

VI-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda, zardushtiylik, budda, nasoro(xristianlik), moniy va qam(shomon) kabi bir necha dinlar mavjud bo‘lgan. Mamlakatda ko‘p dinlik e’tiqodlari rasman bo‘lsada, ammo aholining ko‘pchiligi olovga topinuvchi ma’jusiy edi. Otashparastlik Xorazm, Sug‘d va Choch viloyatlarida ayniqsa keng tarqalgan.

VI-VIII ASRLAR — shahar aholisi ortib, gavjumlashuvi hunarmandchilik, savdo-sotiqning toboro kengayib borishi bialn shaharlar atrofi o‘zlashtirilib, obod etiladi. Natijada ayrim markaziy shaharlarning tashqi devorlariga tutashgan joylarda hunarmandchilik mavzelari paydo bo‘ladi. Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralmagan bu istehkomlar mavzelar manbalarida "œrabod" nomi bilan ataladi. Shaharlar yonboshida rabotlarning qad ko‘tarishi bilan ilk o‘rta asrlarda ular 3 qismli bo‘lib qoladi. Uning podshoh qasri joylashgan qismi "œark", ichki shahar "œshahriston" deb yuritiladi. Shaharning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‘rab olinadi. Ularning bir nechta darvozalari bo‘lgan.

VI-VIII ASRLAR — Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Buxoro va Samarqand savdogarlaridan keyin 3-o‘rinda turgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:48

VI-VIII ASRLAR — Tasviriy san’atda haykaltaroshlik muhim o‘rin tutgan. Uning rivojiga budda dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

VII ASR — Balxda 100 ta, Termizda 10 tacha, Qabodiyonda 3 ta budda monastirlari bo‘lgan. Ularning har birida ikkitadan to 50 nafargacha rohib (monax)lari bo‘lgan.

VII ASR BIRINCHI CHORAGI — G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiysi Hind daryosi bo‘ylariga borib taqaladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:43:56

VII ASRNING BIRINCHI YARMI — G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar gavjumlashib, Xitoyga 9 marotaba savdo elchiligi yuboriladi.

VII ASRNING BIRINCHI YARMI — Qultegin bitigi qabr toshiga o‘yib yozilgan. Qabr toshining balandligi 3 m 15 sm, kengligi 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Bitik 63 satrdan iborat.

VII ASR OXIRI — Buxoro taxti vorisining hali go‘dakligi tufayli uning tul qolgan onasi davlatni boshqargan. Malika Buxoroda donolik bilan hukmronlik qilgan, xalq unga itoatda bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:44:05

VII-VIII ASR BOSHLARI — Hujjatlarda Sug‘dning siyosiy tarixi huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlarning keltirilishi.

VII-VIII ASRLAR — 1932-yilda Mug‘ tog‘idan topilgan hujjatlarning orasida nikoh guvohnomasi qayd etilgan. Unda oila va nikoh shartlari, oilaviy-mulkiy munosabatlar, nikohlanayotgan shaxslarning o‘zaro va har birining ikkala tomon qarindoshlari bilan munosabatlari, kuyovning kelin qarindoshlari oldidagi majburiyatlari haqida qimmatli tarixiy ma’lumot bor. Hujjatda Uttegin ismli turk yigiti bilan Dug‘dg‘uncha ismli, Chata laqabli sug‘d ayoli o‘rtasida tuzilgan nikoh qayd etilgan.

VII-VIII ASRLAR — Chochda kumush va mis tangachalar yasaydigan zarbxona bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:44:15

VII-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyo, Yettisuv va Sharqiy Turkiston viloyatlarida sug‘d tilining amaliy ko‘lami juda keng bo‘lgan. Bunday joylarda aholi sug‘d va turk tillarida bemalol so‘zlashgan.

VII-VIII ASRLAR — Sug‘d jamoasida inson, xotin-qizlarning haq-huquqlari va axloq qonun-qoidalari, xususan kuyovning kelin oldidagi burchi va majburiyatlari o‘z zamonasi uchun juda adolatli ravishda belgilab qo‘yilgan.

VII-VIII ASRLAR — Termiz yaqinida Zangtepa yodgorligidan qayin po‘stlog‘iga bitilgan buddoyi qo‘lyozma matnlar qayd etiladi.

Qayd etilgan