Muallif Mavzu: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 505907 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #150 : 26 May 2008, 15:44:25 »
VII-VIII ASRLAR — Toxariston aholisining yarmi mahalliy, yarmi turklar bo‘lgan. Aholisi budda diniga sig‘ingan, qator ibodatxonalari va kohinlari bo‘lgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. 25 harfli yozuvi ko‘ndalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan.

VII-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda raqs, qo‘shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san’atning boshqa turli sohalari ham kamol topgan. Buxoro aktyorlari, Samarqand naychilari, Toshkent o‘yinchi yigit va raqqosa qizlari, Xo‘jand surnaychilari va Kucha bastakorlari bilan shuhrat topgan.

VII-VIII ASRLAR — Termiz yaqinidagi Zangtepa yodgorligida qayin po‘stlog‘iga bitilgan qo‘lyozma topiladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #151 : 26 May 2008, 15:44:33 »
VII-IX ASRLAR — Buxoro, Yettisuv, Samarqandda yashagan nasoroiylar haqida arabnavis mualliflar qayd etadilar.

VIII ASR — Buxoro 5 qismdan iborat bo‘lib, u besh qator devorlar halqasi bilan o‘ralgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan.

VIII ASR — Buxoro vohasidagi qadimgi Poykand shahri xarobalari ostida dorixona qoldiqlari kovlab ochilgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #152 : 26 May 2008, 15:44:43 »
VIII ASR — Choch va Eloq birlashib, yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligini tiklab oladi.

VIII ASR — Chochda kumush dirhamlar Eloqning kumush konlarida zarb etilgan.

VIII ASR — Samarqandda mitropolit nasoroniy, jamoalariga rahnamolik qilardilar.

XI ASR — Nodir yozma manba sanaladigan Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida “To‘yin burxonqa yuqundi, to‘ytin sanamga topindi”, ya’ni to‘tin butxonaga kirdi va sanamga topindi deb, ta’kidlanadi.

XVII ASR — Runik yoki ko‘kturk bitiklari (qadim turk manbalari) Sibir, mo‘g‘uliston, Oltoy va O‘rta Osiyoda topilishi. Mo‘g‘ilistonda topilgan To‘ntuquq, Qultegin, Bilga xoqon va Ongin bitiklari O‘rta Osiyo aholisi tarixini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #153 : 26 May 2008, 16:21:57 »
II BOB

O‘RTA OSIYONING ARABLAR
TOMONIDAN FATH ETILISHI, UNING
OQIBATLARI, XALQ OZODLIK QO‘ZG‘OLONLARI

ARABLARNING O‘RTA OSIYONI FATH ETISHI


Islom dini. Arablar somiy qabilasiga mansub bo‘lib, ularni badaviylar – sahroyilar deb atashgan. VII asrning boshida urug‘chilik tuzumi inqirozga uchrab, arablarda yangi ijtimoiy tuzum – yer egaligi munosabatlari shakllana boshlandi. Arablarni birlashtirish – ijtimoiy va iqtisodiy zaruriyat edi. Vujudga kelgan vaziyatda islom dini arablarni birlashtiruvchi omilga aylandi. Islom dinining asoschisi Muhammad alayhissallom (570-632) bo‘ldilar. 610-yilda Muhammad alayhissalom o‘zini payg‘ambar deb e‘lon qiladi. Islom – “itoat”, “tobelik” va “bo‘yin egish” ma‘nolarini anglatgan. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o‘zlarini “muslim” (bo‘yin eguvchi) xudo oldida teng ekani, rizq-ro‘zni barchaga Yaratguvchining o‘zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ‘ib etadilar. 622-yil 16-iyulda Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qiladilar. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida hijriy yil hisobi boshlanadi. Qur‘oni Karim – islom dinining muqaddas kitobi bo‘lib, 23 yil davomida nozil bo‘lgan. 630-yilda arablarning ko‘pchiligi islom dinini qabul qiladi.

Muhammad alayhissalom vafot etgach, xalifalik davri (632-1258 ) boshlandi. “Xalifa” – “o`rinbosar” demakdir. Dastlabki to`rt xalifa xulafoyi roshidiyn – to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi xalifalar hisoblanadi. Bular Abu Bakr (572-634), Umar (582-644), Usmon (576 656), Ali (598-661)dir. Ular hukmronlik qilgan davrda Arabistonda islom dini to`la g`alaba qozonib, o`ta markazlashgan musulmon davlati — Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #154 : 26 May 2008, 16:22:14 »
Movarounnahrning zabt etilishi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya‘ni “daryoning narigi tomoni” deb atardilar. Shimoliy Afg‘oniston, shimoliy-sharqiy Eron va janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan yerlar Xuroson deb atalardi. Uning markazi Marv shahri edi. Movarounnahrga bo‘lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi ikki bochqichdan iborat bo‘lgan: birinchi bosqichda (651-705) arablar harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash, ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida yurish qiladi. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi qilib tayinlanadi, unga Movarounnahrda arab xalifaligi hukmronligini o‘rnatish vazifasi topshiriladi. Shu tariqa O‘rta Osiyoni arablar tomonidan bosib olinishining ikkinchi bosqichi (705-715) boshlanadi. Ikkinchi bosqichni ahamiyatli tomoni Movarounnahrni arablar tomonidan istilo etish va islom diniga kiritish edi.

Movarounnahrga ilk hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I farmoniga ko‘ra, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro yerlariga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengilib, yuzming dirham miqdorda arablarga boj to‘laydilar, bundan tashqari arablar ko‘p o‘ljalarni qo‘lga kiritib, Marvga qaytib ketadilar. 676 yilda Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo‘shinlari yana Buxoro, Samarqand va Termizga bostirib kirib, katta o‘ljalar bilan qaytadi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #155 : 26 May 2008, 16:22:24 »
Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik va mahalliy hokimlar o‘rtasidagi nizolar tufayli mahalliy hukmdorlarning o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashishi amalga oshmadi. Bundan esa arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalandi.
Qutayba ibn Muslim 704-yilda Xurosonga noib etib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoygacha bo‘lgan yerlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklanadi. Harbiy yurishni Qutayba 705-yilda Balx viloyatini atroflarini egallashdan boshlaydi. 707-yilda Qutayba Zarafshon vodiysiga yurish qilib, qadimgi va katta shahar bo‘lgan Poykentni qamal qilib egallaydi.
709-yil Qutayba Vardonze (Shofirkon) hukmdori Vardonxudot ustiga yurish qiladi, Vardonze va Buxoroni egallaydi. 710-yil Shuman, Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib oladi.
711 yili Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay vaziyat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb qiladi. Xorazmda Arab xalifaligi o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 712-yilda Qutayba Buxoro va Xorazmda harbiy kuch to‘plab Samarqandga hujum uyushtiradi, ko‘p talofatdan keyin Samarqand taslim bo‘ldi.
713-715-yillarda Qutayba Toshkent, Farg‘ona viloyatlarini bo‘ysundirib, Qashg‘argacha bo‘lgan yerni bosib oladi va arab noiblarini qoldiradi, yangi tartiblar o‘rnatadi. 715-yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaga g‘anim bo‘lgan Sulaymon taxtga o‘tiradi. Qutayba unga bo‘ysunmay qo‘zg‘olon ko‘taradi. Biroq Qutaybaning o‘zi 715-yilda Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #156 : 26 May 2008, 16:22:36 »
Movarounnahrning zabt etilishining oqibatlari. Movarounnahrni arablar tomonidan oson zabt etilishining sabablari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1. Mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar. 2. Mahalliy hukmdorlarning sotqinligi. 3. Aholining turli xil diniy g‘oyalarga sig‘inishi.
Arablar Movarounnahrni zabt etishi natijasida dehqonchilik vohalarni, shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj va tovonlar undirib olindi. Bosqinchilar Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o‘z harbiy qismlarini joylashtirib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni jamoa ishlarga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarning yarmi arablar va ular bilan kelgan ajamlarga bo‘shatib beriladi. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun islom dinini aholi o‘rtasida yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Arablar tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #157 : 26 May 2008, 16:22:55 »
ARABLAR HUKMRONLIGIGA QARSHI XALQ HARAKATLARI

Qo‘zg‘olonning sabablari.
Arablar sosoniylarning soliq tartibini joriy qildi. Bunga ko‘ra, aholi ekin maydonlaridan 1/4 “xiroj”, chorva, hunarmandchilik va savdo-sotiqdan 40/1 “zakot” hamda islom dinini qabul qilmaganlar “jiz‘ya” kabi jonboshi solig‘i to‘lagan. Istilochilar kuch – xirojda deganlar. Yerli xalqlarni avvalgi barcha haq-huquqlardan mahrum bo‘lishi, madaniyatning oyoq-osti qilinishi, zulm, urushlar, talon-tarojlar, islom dini, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi xalq noroziligini kuchaytirdi, natijada qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Gurak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon. 720-yili Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida Sug‘dda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tadi. Xuroson noibi Said ibn Abdulaziz Sug‘dga qarshi muvaffaqiyatsiz uch marta yurish qiladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun qilgan barcha chora-tadbirlari natija bermaydi. 721 yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib etib tayinlanadi. Uning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshchiligida Sug‘d mulkdorlarning bir qismi arablar tomoniga o‘tadi. Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarning boshqa qismi Obgar qal‘asida qo‘lga olinadi. Omon qolish sharti bilan qo‘lga tushirilgan Divashtich Arbinjonga (Kattaqo‘rg‘on bilan Karmana oralig‘i) olib borilib, qatl etiladi. 723-yilda Farg‘ona hokimi Shosh, Nasaf va turklar yordamida arablarni Xo‘janddan to Samarqandgacha ta‘qib qilib boradilar. Soliq siyosatiga qarshi 725-yilda Xuttalonda, 728-yilda Sug‘dda, 736-737-yillarda Toxariston va yana Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor moliya islohotini o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etiladi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘iy nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi. Bundan tashqari oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasida qarindoshlik munosabatlar o‘rnatilishi davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlandi. 720-yildan 737-yilgacha davom etgan xalq qo‘zg‘olonlari arab bosqinchilariga qarshi kurashning birinchi bosqichidir. Qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, ularning oldiga qo‘ygan maqsad va talablari ham turlicha edi. Mahalliy hokimlar o‘zlarining hukmdorligini tiklash uchun imtiyozlarga ega bo‘lish uchun, oddiy xalq esa xiroj va jiz‘yadan va zulmdan ozod bo‘lish uchun kurashdilar.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #158 : 26 May 2008, 16:23:13 »
Abu Muslim harakati. Ummaviylar davri (661-749) o‘ta zo‘ravonlik va bosqinchilik siyosati bilan ajralib turadi. Ularga qarshi norozilik kuchayib bordi. Ummaviy xalifalikning qo‘pol siyosatidan mazlum xalqlar hamda arab aholisi, ayniqsa mulkdor tabaqasi ham norozi edi. Ularga qarshi kuchlarga Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali boshchilik qildi. Ummaviylar Rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblandi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladi. Ummaviylarga qarshi ommaviy norozilik ayniqsa Xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchayib ketadi. 747-749-yillarda Abu Muslim harakati – Movarounnahrda ummaviylarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Ummaviylarga qarshi tashviqotni Abu Muslim Xuroson aholisining yuqori tabaqasiga murojaatdan boshlaydi. Abu Muslim Kufaning Savad qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, yoshligida gumashta bo‘lib ishlagan, keyin sarrojlik bilan kun kechirgan. Tim qora rang abbosiylar harakatining timsoli sanalgan. Abu Muslim va uning tarafdorlari qora libos kiyib, qora bayroq ostida ummaviylarga qarshi kuchlarni birlashtirishga kirishadilar. 749-yilda qo‘zg‘olon g‘alaba bilan tugab, ummaviylar ag‘darib tashlanadi, ularning o‘rniga abbosiylar vakili Abul Abbos Saffox xalifalik taxtiga o‘tiradi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi bilan mehnatkash aholining ahvolida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. 750-yilda Buxoroda Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olonni Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan bostiradi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan Xitoy qo‘shinlari 751-yilda Talos vodiysiga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin ularni bu yerdan quvib chiqaradi. 755-yilda Abu Muslim xalifa buyrug‘iga ko‘ra o‘ldiriladi. Uni o‘chini olish uchun 755-yilda Nishopurda Sumbad boshchiligida 70 kun davom etgan qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olon xalifa tomonidan bostiriladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #159 : 26 May 2008, 16:23:31 »
“Oq kiyimliklar” qo`zg`oloni. 769-783-yillarda Movarounnahrda “Oq kiyimliklar” qo`zg`oloni bo`lib o`tadi. Qo`zg`olonga Muqanna boshchilik qiladi. Uning asli ismi Hoshim ibn Hakim bo`lib, marvlik matolarga oxor beruvchi hunarmand bo`lgan. U Marv yaqinidagi Koza qishlog`ida tug`ilgan bo`lib, “Muqanna”, ya`ni “Niqobdor” nomi bilan mashhur bo`lgan. Xurosonda kichik lashkarboshidan vazir darajasigacha ko`tarilgan. Mazdak ta`limotini targ`ib qilib, payg`ambarlik da`vosini qilganligi uchun Bag`dod zindoniga tashlangan. Uning targ`iboti ayniqsa Naxshob va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som qal`asini o`z qarorgohiga aylantiradi. Bu qo`zg`olon ayniqsa Sug`dda avj olib, Iloq va Shoshga ta`sirini o`tkazadi. “Oq kiyimlik”larga zarba berish uchun xalifa Abu Ja`far 775-yilda Jabroil boshchiligida katta qo`shin jo`natadi. Biroq, u qo`zg`olonchilar tomonidan mag`lubiyatga uchratiladi. 776 yilda Narshaxdagi qo`zg`olon bostirilgach, arablar asosiy kuchlarni Samarqand va Keshga tashlaydilar. Xalifa Maxdiy 777-yilda qo`zg`olonga uzil-kesil zarba berish maqsadida harbiy kuchlarni to`plash maqsadida Nishopurga keladi. “Oq kiyimlik”lar va turkiy qabilalar Samarqandda ikki yil jang qilib, qo`zg`olonchilar yengiladilar. Kurashning oxirgi bosqichida Kesh vodiysida janglar qizib ketadi. Muqannaning ukasi Qabzam, Som qal`asining mudofaasiga qo`mondonlik qilgan Sarhama o`z qo`shinlari bilan taslim bo`ladilar. Muqanna arablarga taslim bo`lishni istamay yonib turgan tandirga o`zini tashlab halok bo`ladi.

Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni. “Oq kiyimliklar” qo`zg`oloni mag`lubiyatga uchragach, 806-810-yillarda Rofe ibn Lays boshchiligida Samarqand, Buxoro, Shosh, Naxshob va Xorazm aholisining qo`zg`oloni bo`lib o`tadi. Xuroson noibi Ma`mun (806-819) Somonxudot nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan yordam so`rab qo`zg`olonni bostiradi. Somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari natijasida Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar qo`liga o`tishiga yo`l ochiladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #160 : 26 May 2008, 16:23:45 »
Arablarga qarshi olib borilgan xalq harakatlarining mag‘lubiyatiga uchrashi sabablari quyidagilardan iborat edi:
·   Xalq harakatlarining uyushmaganligi;
·   Arablar qo‘shinining uyushganligi, ko‘p qurol-aslahaga ega ekanligi;
·   Mahalliy boylarnig xalqqa yordam bermaganligi.
Muqanna va Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonlari mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsada, lekin arab xalifaligi negizini larzaga keltirdi, uning tarqalishini tezlashtirdi.
Arablar O‘rta Osiyoda o‘zining siyosiy hukmronligini o‘rnata olmadi. Lekin arablar istilosi Movarounnahrda yer egaligi munosabatlarini o‘rnatishini tezlashtirdi, islom dinining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Arablar istilosi va islom dinining zo‘rlik bilan kiritilishiga qarshi ajdodlarimiz o‘z mustaqilliklari uchun, o‘z e‘tiqodlari yo‘lida kurashdilar.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #161 : 26 May 2008, 16:24:31 »
TARIXIY SHAXSLAR

ABDULJABBOR ibn ABDURAHMON al-AZDIY (?-759, Bog‘dod) – Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (757-759). Uning davrida Muqanna vazirlik darajasiga ko‘tarilgan. Xalifa al-Mansur (754-775) Abduljabbor ibn Abdurahmonning o‘ziga sodiqligidan shubhalanib, o‘g‘li Muhammad al-Mahdiyni uni hibsga olmoqqa jo‘natdi. Shunda Abdujabbor ibn Abdurahmondan norozi bo‘lgan Marvarrud shahri aholisi bosh ko‘tardi-da, uni tutib xalifaga topshirdi. Xalifa uni qattiq azoblab qatl etadi.

ABDUMALIK (646/647-705) – ummaviylarga mansub xalifa (685-705). Abdumalik 685-692-yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlarining, 689-702-yillarda Damashqda Amir ibn Said al-Ashtoq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashasniy, shungdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-697)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlarini o‘tkazgan; devon va idoralarda yunon, o‘rta fors tillari o‘rniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvida oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, barid (pochta) ishini yo‘lga qo‘ygan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #162 : 26 May 2008, 16:24:43 »
ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurahmon ibn Muslim) (taxm. 727-755) – Xuroson va Movarounnahrda ummaviylar sulolasiga qarshi harakat rahbari. U Kufaning Savad qishlog‘i yaqinidagi Xutarniyn degan joyda dunyoga kelgan. Yoshligida bir davlatmand kishining qo‘lida gumashta bo‘lib ishlagan. So‘ngra sarrojlik (egar-jabg‘ur yasovchi hunarmand) bilan kun kechirgan. 747-yil ummaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga jo‘natilgan. Ummaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mohuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ‘ibotchini boshliq qilib tayinlaydi. U g‘alaba qozonib, xalifalik abbosiylar qo‘liga o‘tgach (750), Xuroson voliysi. Abbosiylarga Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo‘lsa-da, ammo ular unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abu Muslim xalifalik taxtining da‘vogaridek bo‘lib tuyular edi. Undan hatto qattiq qo‘rqar ham edilar. Shu boisdan ular Abu Muslimni yo‘qotish payiga tushdilar. Nihoyat 755-yilda qurolsiz va yolg‘iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa Mansur buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi. Abu Muslimning o‘ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘ladi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahrni obod etish borasida birmuncha ishlar qiladi. Jumladan, Samarqand rabodi quriladi, Buxoroning janubi-sharqiy qismini sug‘oruvchi Abu Muslim kanali qaziladi. Biroq Abu Muslim davrda mehnatkash ommaning ahvoli yanada og‘irlashadi. Xalqni bezor qilgan hashar ishlari yana ko‘payadi, soliqlarning miqdori oshib boradi, jiz’ya to‘lamagan kishilarning bo‘yniga “qarzdor” deb yozilgan taxtachalar osilib, ularni xo‘rlash va haqoratlash tobora avj oladi. Bu davrda ham xalq ikki yoqlama: bir tomondan, arab zodagonlari, ikkinchi tomondan, mahalliy mulkdorlar tomonidan azob-uqubatlarga tortiladi. Bunday og‘ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, yangi sulolaga nisbatan 750-yilda Buxoro shahrida Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keladi.

ABUJA‘FAR DAVONAQIY (xalifa Mansur) – Arab xalifasi (754-775). U Muqannani Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da‘vat etuvchi ta‘limotni targ‘ib etib, payg‘ambarlik da‘vosini qilgani uchun Bag‘dodda zindonga tashlagan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #163 : 26 May 2008, 16:24:51 »
ABULABBOS SAFFOX – Arab xalifasi (749-754). Abbosiylar xonadonidan. Uning hukmronligi davrida ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanib, Arab xalifaligida davlat abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

ABULABBOS TUSIY FAZL IBN SULAYMON (VIII asr) – xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782-786), amir, Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida bo‘lgan. Abul Abbos Tusiy ko‘chmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan So‘g‘d oralig‘ida devor qurdirgan. Har bir farsahga (1 farsah – oltinchi 7 km teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Ba’zi manbalarda (Ma’sudiy) Abul Abbos Tusiy Buxoroning vayron bo‘lgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abul Abbos Tusiy mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlarni amalgam oshirgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #164 : 26 May 2008, 16:24:59 »
ASAD IBN ABDULLOH – Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (724-727 va 735-738 ). Xalifa Ma‘mun Abdullohning o‘g‘li. Yer egalari (dehqonlar) orasida obro‘i baland bo‘lgan. Somoniylar ajdodi Somonxudot xalifa Ma‘mun qo‘lida islomni qabul qilgani sharafiga o‘z o‘g‘lini Asad deb atagan. Asad ibn Abdulloh Toxariston hokimlari va unga ittifoqchi bo‘lgan turkiy qabilalar shuningdek Horiz ibn Surayj boshchiligidagi isyonkorlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida urushlarda vayron bo‘lgan Balxni tiklatgan (736), uni o‘ziga qarorgoh qilgan.

BAHODIR TUDUN (Tutun) – Choch hokimlaridan biri. 713-yil Choch viloyati hokimi, Xitoy yilnomalarida Mohedu tutun deb berilgan. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab fotihlarining Chochga 713-yilda qilgan dastlabki hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. So‘g‘d hujjatlaridan birida Panjikent hokimi Divashtichning elchisi Fatufarm 719-yil Chochda Tudun va Choch hokimi bilan uchrashgani haqida gap boradi. Bunda Tudun xoqonlik tayin etgan lavozim nomi xolos. Shunga ko‘ra, Mohedo Tudunning Choch bilan bog‘lanishi bir ilmiy taxmin deb qaralishi mumkin.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

 

Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 252413
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
O'qishga kiruvchilar uchun yordam

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 33685
So'nggi javob 12 Fevral 2009, 18:02:29
muallifi Abdullоh
O'zbekiston tarixidan nimalarni bilasiz!!!

Muallif asrBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 41608
So'nggi javob 16 Iyun 2009, 12:26:52
muallifi Musannif Adham
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 320403
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Ekran (rabochiy stol) uchun chiroyli rasmlar

Muallif AbdusalomBo'lim Umumiy

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 44578
So'nggi javob 04 Dekabr 2009, 05:59:45
muallifi Mahdiyah