Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 586079 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 16:23:45

Arablarga qarshi olib borilgan xalq harakatlarining mag‘lubiyatiga uchrashi sabablari quyidagilardan iborat edi:
·   Xalq harakatlarining uyushmaganligi;
·   Arablar qo‘shinining uyushganligi, ko‘p qurol-aslahaga ega ekanligi;
·   Mahalliy boylarnig xalqqa yordam bermaganligi.
Muqanna va Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonlari mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsada, lekin arab xalifaligi negizini larzaga keltirdi, uning tarqalishini tezlashtirdi.
Arablar O‘rta Osiyoda o‘zining siyosiy hukmronligini o‘rnata olmadi. Lekin arablar istilosi Movarounnahrda yer egaligi munosabatlarini o‘rnatishini tezlashtirdi, islom dinining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Arablar istilosi va islom dinining zo‘rlik bilan kiritilishiga qarshi ajdodlarimiz o‘z mustaqilliklari uchun, o‘z e‘tiqodlari yo‘lida kurashdilar.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:24:31

TARIXIY SHAXSLAR

ABDULJABBOR ibn ABDURAHMON al-AZDIY (?-759, Bog‘dod) — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (757-759). Uning davrida Muqanna vazirlik darajasiga ko‘tarilgan. Xalifa al-Mansur (754-775) Abduljabbor ibn Abdurahmonning o‘ziga sodiqligidan shubhalanib, o‘g‘li Muhammad al-Mahdiyni uni hibsga olmoqqa jo‘natdi. Shunda Abdujabbor ibn Abdurahmondan norozi bo‘lgan Marvarrud shahri aholisi bosh ko‘tardi-da, uni tutib xalifaga topshirdi. Xalifa uni qattiq azoblab qatl etadi.

ABDUMALIK (646/647-705) — ummaviylarga mansub xalifa (685-705). Abdumalik 685-692-yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlarining, 689-702-yillarda Damashqda Amir ibn Said al-Ashtoq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashasniy, shungdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-697)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlarini o‘tkazgan; devon va idoralarda yunon, o‘rta fors tillari o‘rniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvida oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, barid (pochta) ishini yo‘lga qo‘ygan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:24:43

ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurahmon ibn Muslim) (taxm. 727-755) — Xuroson va Movarounnahrda ummaviylar sulolasiga qarshi harakat rahbari. U Kufaning Savad qishlog‘i yaqinidagi Xutarniyn degan joyda dunyoga kelgan. Yoshligida bir davlatmand kishining qo‘lida gumashta bo‘lib ishlagan. So‘ngra sarrojlik (egar-jabg‘ur yasovchi hunarmand) bilan kun kechirgan. 747-yil ummaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga jo‘natilgan. Ummaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mohuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ‘ibotchini boshliq qilib tayinlaydi. U g‘alaba qozonib, xalifalik abbosiylar qo‘liga o‘tgach (750), Xuroson voliysi. Abbosiylarga Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo‘lsa-da, ammo ular unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abu Muslim xalifalik taxtining da‘vogaridek bo‘lib tuyular edi. Undan hatto qattiq qo‘rqar ham edilar. Shu boisdan ular Abu Muslimni yo‘qotish payiga tushdilar. Nihoyat 755-yilda qurolsiz va yolg‘iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa Mansur buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi. Abu Muslimning o‘ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘ladi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahrni obod etish borasida birmuncha ishlar qiladi. Jumladan, Samarqand rabodi quriladi, Buxoroning janubi-sharqiy qismini sug‘oruvchi Abu Muslim kanali qaziladi. Biroq Abu Muslim davrda mehnatkash ommaning ahvoli yanada og‘irlashadi. Xalqni bezor qilgan hashar ishlari yana ko‘payadi, soliqlarning miqdori oshib boradi, jiz’ya to‘lamagan kishilarning bo‘yniga "œqarzdor" deb yozilgan taxtachalar osilib, ularni xo‘rlash va haqoratlash tobora avj oladi. Bu davrda ham xalq ikki yoqlama: bir tomondan, arab zodagonlari, ikkinchi tomondan, mahalliy mulkdorlar tomonidan azob-uqubatlarga tortiladi. Bunday og‘ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, yangi sulolaga nisbatan 750-yilda Buxoro shahrida Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keladi.

ABUJA‘FAR DAVONAQIY (xalifa Mansur) — Arab xalifasi (754-775). U Muqannani Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da‘vat etuvchi ta‘limotni targ‘ib etib, payg‘ambarlik da‘vosini qilgani uchun Bag‘dodda zindonga tashlagan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:24:51

ABULABBOS SAFFOX — Arab xalifasi (749-754). Abbosiylar xonadonidan. Uning hukmronligi davrida ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanib, Arab xalifaligida davlat abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

ABULABBOS TUSIY FAZL IBN SULAYMON (VIII asr) — xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782-786), amir, Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida bo‘lgan. Abul Abbos Tusiy ko‘chmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan So‘g‘d oralig‘ida devor qurdirgan. Har bir farsahga (1 farsah — oltinchi 7 km teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Ba’zi manbalarda (Ma’sudiy) Abul Abbos Tusiy Buxoroning vayron bo‘lgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abul Abbos Tusiy mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlarni amalgam oshirgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:24:59

ASAD IBN ABDULLOH — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (724-727 va 735-738 ). Xalifa Ma‘mun Abdullohning o‘g‘li. Yer egalari (dehqonlar) orasida obro‘i baland bo‘lgan. Somoniylar ajdodi Somonxudot xalifa Ma‘mun qo‘lida islomni qabul qilgani sharafiga o‘z o‘g‘lini Asad deb atagan. Asad ibn Abdulloh Toxariston hokimlari va unga ittifoqchi bo‘lgan turkiy qabilalar shuningdek Horiz ibn Surayj boshchiligidagi isyonkorlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida urushlarda vayron bo‘lgan Balxni tiklatgan (736), uni o‘ziga qarorgoh qilgan.

BAHODIR TUDUN (Tutun) — Choch hokimlaridan biri. 713-yil Choch viloyati hokimi, Xitoy yilnomalarida Mohedu tutun deb berilgan. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab fotihlarining Chochga 713-yilda qilgan dastlabki hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. So‘g‘d hujjatlaridan birida Panjikent hokimi Divashtichning elchisi Fatufarm 719-yil Chochda Tudun va Choch hokimi bilan uchrashgani haqida gap boradi. Bunda Tudun xoqonlik tayin etgan lavozim nomi xolos. Shunga ko‘ra, Mohedo Tudunning Choch bilan bog‘lanishi bir ilmiy taxmin deb qaralishi mumkin.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:25:07

BOG‘IY — Muqanna qo‘shinidagi uch lashkarboshilardan biri. Fuzayl ko‘shkidan. Xashviy, Girdak bilan birgalikda Narshax qal‘asini egallab olib, arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar.

CHAG‘ON — VIII asr boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh. Xorazmshoh Chag‘on o‘ziga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan xalqqa boshchilik qilgan ukasi Hurzod (Xo‘rzod)ga qarshi kurashish uchun Xorazmga bostirib kirgan arablar lashkarboshisi Qutayba ibn Muslimdan harbiy yordam so‘raydi va o‘z shaharlarining oltin kalitlarini unga yuboradi (711 yil). Hurzod bu paytda o‘z tarafdorlari bilan Mizdahqonda turgan. Xorazmni bosib olishga 2 yilcha tayyorgarlik ko‘rgan Qutayba bu ixtilofdan unumli foydalanib, 712-yilda o‘z qo‘shini bilan Fir shahriga bostirib kirgan. Qutaybaga qarshi Hurzod qo‘shini mardlik bilan kurashgan. Biroq Hurzod jangda asir olinib o‘ldirilgan. Xorazmshoh Chag‘on Hurzod tarafdorlari va o‘ziga qarshi chiqayotgan Hamjir hokimlariga qarshi kurash olib borish uchun yana Qutaybadan yordam so‘raydi. Xorazmshoh Chag‘on oqibatda arablar hukmronligini tan olib, ularga xiroj to‘lashga majbur bo‘ladi. Xorazm o‘z mustaqilligini yo‘qotgan. Xorazmshoh Chag‘onning qo‘shinlari arablarning Samarqand va boshqa shaharlar ustiga qilgan yurishlarida bir necha marta ishtirok etganlar. Qutayba Xorazmni tark etgach, vatanparvarlar Chag‘onni xoinlikda ayblashgan. Sarosimada qolgan Chag‘on turklar, so‘ngra Qutayba huzuriga qochib borgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:25:15

DIVASHTICH, DIVASHTI, DIVASTI — So‘g‘dning muhim viloyatlaridan biri bo‘lgan Panj (Panjikent) hokimi (708-722), qo‘zg‘olon rahbari. So‘g‘d podshosi Tarxunning bolalariga homiylik qilgan. Divashtich Samarqand taxtiga o‘tirgan Gurakni tan olmagan, taxtning qonuniy vorisi — Tarxunning kichik yoshli o‘g‘li nomidan o‘zini So‘g‘d podshosi deb e‘lon qilgan. So‘g‘dda qo‘sh hokimiyatchilik vujudga kelgan. 719-722-yillar arab istilolariga qarshi qo‘zg‘olonlarda Divashtichning o‘rni katta. Divashtich So‘g‘d — Choch — Farg‘ona harbiy ittifoqini tuzishga harakat qilgan. Divashtichning shu maqsadda elchi orqali Chochga yuborgan maktubi, Choch elchisining esa Divashtichga yozgan maktubi bizgacha yetib kelgan. Divashtich usta diplomat sifatida arablar (Xuroson noibi) bilan ham yozishmalar ham olib borgan. Arablar Divashtich qo‘zg‘olonini bostirish chog‘ida Mug‘ qal‘asida yashirinib yotgan Divashtichni xiyonatkorona ravishda asirga olishib, Rabinjon yaqinidagi Zardushtiylar qabristonida (Xochga tortib) qatl qilishgan. Boshi Iroq hokimiga yuboriladi, tanasi otashparastlarning xilxonasi — nous devoriga qoqib qo‘yiladi.

DOVUD — Abu Muslim tomonidan Shavval qishlog‘idagi qullarga boshliq qilib tayinlangan targ‘ibotchi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:25:23

GIRDAK — Muqanna qo‘shinadagi uch lashkarboshilardan biri. G‘ijduvon qishlog‘idan. Xashviy, Bog‘iy bilan birgalikda Narshax qal‘asini egallab olib, arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar.

GURAK, Gurek (VII asr oxiri — taxm. 737) — Sug‘d ixshidi (podshosi) (710-737) va arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon rahbari. Tarxunning birodari. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab qo‘shini bilan Kattaqo‘rg‘on yaqinidagi Arbinjon mavzeida shiddatli jang qilgan (712). Sug‘diylar Samarqandga chekinishga majbur bo‘lishgan. Gurak Shosh podshosi, turklar xoqoni va Farg‘ona ixshidiga elchilar yuborib, yordam so‘ragan. Ammo Qutayba Gurakka yordamga kelayotgan turk xoqonining qo‘shiniga qo‘qqisdan hujum qilib tor-mor keltirgan va Samarqandni qamal qilgan. Bir oylik qamaldan so‘ng Samarqand taslim bo‘lgan. Gurak bilan Qutayba o‘rtasida sulh tuzilgan. Unga ko‘ra, Gurak arablarga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida xiroj to‘lashi, 30 ming nafar odam berishi, shaharda birorta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni bo‘shatib, unda minbari bilan masjid bino qilishi, otashparastlik ibodatxonasini buzib, butlarini topshirish kabi shartlarni bajarishi lozim bo‘lgan. Bularning evaziga Qutayba Gurakni Samarqand, Kesh va Naxshabga hokim etib tayinlaydi. Shunday qilib, u arablarga mute noib bo‘lib qoladi. 720-yili Sug‘d aholisi arab istilochilariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan, unga Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qilgan. Gurak Xitoy imperatoriga xat yozib harbiy yordam so‘ragan, biroq yordam kelmagan. Xuroson noibi Sa’id Xarashiy bosh bo‘lgan arablar qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirish uchun ko‘p kuch sarflagan. Sa’id Xarashiyning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshliq sug‘d zodagonlarining bir qismi arablar tomonga o‘tgan. Kuchlar bo‘linib ketgach, Xo‘janddagi jangda qo‘zg‘olonchilar yengilgan. Sulh tuzilgach, katta mablag‘ evaziga omon qolgan. 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qo‘zg‘olonchilar xiyonatkorona qirib tashlangan. Taxminlarga ko‘ra, Gurak arablarga qarshi yurishlarning birida halok bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:25:30

HAKIM IBN AHMAD — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni rahbarlaridan biri. Narshax qal`asida arablarga qarshi bo`lgan jangda rahbar. U bilan yana uchta lashkarboshi bor edi: Xashviy, Bog`iy va Girdak. Jangda qo`zg`olonchilar yengilib, arablar Narshax qo`rg`onini ishg`ol qiladilar. Qo`zg`olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Hishriy o`ldiriladi.

HURZOD — Xorazm shohi Chag‘onning ukasi. Xorazmshohga qarshi qo‘zg‘olon rahbari. Chag‘on ukasining qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711 yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Garchi dushman qo‘li bilan Hurzod tor-mor qilinib, u o‘ldirilsa-da, ammo Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikning bojdoriga aylanadi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:25:42

HUSAYN IBN MAOZ — Buxoro amiri, keyinchalik Xuroson noibi. Narshax qal‘asi yaqinida "œoq kiyimlilar" bilan arablardan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida to‘rt oy mobaynida jang bo‘ladi. Arablar bilan bo‘lgan jangda "œoq kiyimlilar" ning qo‘li ustun keladi. Ammo son jihatdan ko‘p bo‘lgan arab qo‘shinlari Narshax qal‘asi devori ostidan uzunasiga 50 gazlik chuqur qazib, uni qulatgach, qal‘aga bostirib kiradilar. Qal‘a ichida davom etgan shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilar yengilib, Narshax qo‘rg‘oni ishg‘ol qilinadi. Qo‘zg‘olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Xishriylar o‘ldiriladi. Narshaxdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni "œoq kiyimlilar" qo‘zg‘olonining markazi bo‘lgan Samarqand va Keshga tashlaydilar. 777-yilda "œoq kiyimlilar" ga uzil-kesil zarba berish uchun harbiy kuch to‘plash maqsadida xalifa Maxdiy Nishopurga keladi. Katta qo‘shin to‘plab Samarqandga yuboriladi. Qo‘zg‘olonchilar Sirdaryo vohasida yashovchi turkiy qabilalarni arablarga qarshi yordamga chaqiradilar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan jangda arablar mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Husayn ibn Maoz Xuroson noibligidan mahrum etiladi. O‘rniga Said Xaroshiy noib etib tayinlanadi.

ISHOQ, ISHOQ TURK (VIII a.) — Movarounnahrda Abbosiylarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni (755) rahbari. Abu Muslimni jo‘shqin tarafdori. Garchi savodsiz bo‘lsa-da, xalq orasida katta obro‘ga ega edi. U Abu Muslimning elchisi sifatida turkiylar xoqoni huzuriga borib kelganidan so‘ng, "œIshoq turk" nomi bilan xalq orasida tanilgan. Ishoq qo‘zg‘oloni Sunbod harakati bilan bir vaqtda bo‘lgan. U o‘zini zardushtiylardan hisoblardi. U boshchilik qilgan harakat beshafqat bostirilgan, biroq, uning tarafdorlari abbosiylarga qarshi faol siyosiy kuch sifatida uzoq vaqt davom etib keldi.

Qayd etilgan