Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 586086 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 16:25:49

JABROIL — 775-yilda Movarounnahrga xalifa Ja‘far tomonidan "œOq kiyimlilar" qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun yuborilgan harbiy qo‘shin qo‘mondoni. U qo‘zg‘olonchilardan yengilib, katta talofatlar beradi va zo‘rg‘a Samarqanddagi arab qo‘shinlariga qo‘shiladi.

JUNAYD IBN ABDURAHMON (?-734) — ummaviylarning Xurosondagi noibi (729-734, Marv). Xalifa Yazid II ibn Abdulmalik (720-724) davrida xalifalikning Hindistondagi islom mulklarini idora qilgan. 724-yilda Shom ibn Abdumalik xalifa bo‘lgach, uni Xuroson noibi etib tayinlagan. Junayd ibn Abdurahmon 730-yili 500 askar bilan Xurosonga kelib, ayni vaqtda Buxoro va Sug‘d ahliga qarshi jang qilayotgan sobiq Xuroson noibi Ashras ibn Abdullohdan harbiy yordam oldi. So‘ng, u Xuroson tomon yo‘lga chiqqan turk hoqoni bilan Hind daryosi bo‘yida jang qilib, uni yengdi va ko‘plab o‘ljalar oldi. 731-yilda hoqon yana Xurosonga yurish qildi. Shunda Junayd ibn Abdurahmon Samarqand hokimi Savra ibn al-Hurr ad-Dorimiydan madad olib, uni tor-mor keltirdi. Samarqand va Buxoro Junayd ibn Abdurahmon tasarrufiga o‘tdi. Junayd ibn Abdurahmon xalifa Hishom ibn Abdulmalik bilan kelishmay qolgani boisidan 734-yil amaldan tushirilib o‘sha yili vafot etgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:25:57

MA‘MUN (786-833-yillar, Tarsus shahri) — abbosiylar sulolasidan bo‘lgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li. Xalifa (813-833). Ma‘mun otasining vaziri Ja‘far ibn Yahyo tarbiyasini olib, kamol topgan. Ma‘mun Xuroson viloyati (markazi — Marv shahri) noibi (809-819). U ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir, san‘atkor, naqqosh va musavvirlarga homiylik qilar edi. Uning noibligi davrida Rofe ibn Lays boshchiligidagi xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. U qo‘zg‘olonni bostirish uchun xalifalik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlari natija bermagach, dehqonlardan Somonxudotning nabiralari Nux, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qiladilar va shu bilan navbatdagi xalq harakati bostiriladi. Somonxudotlarning avlodi bo‘lgan somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari xalifa tomonidan inobatga olinib, Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar vakillari qo‘liga o‘tishiga yo‘l ochiladi. Xorun vafotidan so‘ng u bilan ukasi Amin o‘rtasida 809-813-yillarda taxt uchun kurash bo‘lib o‘tadi. U uzoq yillar mobaynida Xuroson va Movarounnahrning noibi bo‘lib, mahalliy mulkdorlar bilan juda yaqinlashib ketgan edi. Garchi uni mahalliy zodagonlar qo‘llab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar uning ukasi Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma‘mun ukasi Aminga qarshi kurashish uchun besh yil tayyorgarlik ko‘radi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma‘mun xalifalik taxtiga o‘tqaziladi. Buning evaziga Tohir yuqori lavozimlarga ko‘tariladi. Shuningdek, Ma‘mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmaydi. Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Ahmadga Farg‘ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. Ma‘mun Movarounnahr va Xuroson olimlarini o‘z saroyida to‘play boshlab ularni o‘zi bilan Bag‘dodga olib ketgan, ular "œBayt ul-hikmat" ("œBilim uyi")da o‘z ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchaklaridan, O‘rta Osiyo va Xuroson (Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al-Javahariy, Ahmad al-Farg‘oniy)dan taklif etilgan allomalar ilmiy mavzularda munozaralar olib borishgan. Misrdagi isyon va Ozarbayjondagi Bobak qo‘zg‘oloniga qarshi kurash olib borgan. Ma‘mun davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Ma‘mun riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlar sohasida qator yutuqlarga erishgan, mu‘taziliya ta‘limoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ma‘mun bobosi Mansur, otasi Horun ar-Rashid tomonidan saroyda to‘plangan kitoblar sonini ko‘paytirgan. Otasi davrida bu kutubxona "œBayt ul-hikmat" deb nomlana boshlagan, keyinchalik u kutubxonalik doirasidan chiqib, tarjima va ilm markazi yoki o‘ziga xos akademiya vazifasini o‘tagan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:26:05

MARVON II (688-750) — ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifa. Marvon I ning nabirasi. Dastlab (734-744) Armanistonda noib bo‘lgan, so‘ngra xalifa Valid III ning qasoskori sifatida tanilgan, xalifalikka saylangan (744) va G‘aron shahrini qarorgoh qilgan. Harbiy iqtidori tufayli Suriya va Iroqdagi ko‘plab raqiblari (ayniqsa, xorijiylar) ustidan g‘alaba qozongan. Lekin abbosiylar xonadoniga mansub Ibrohimni qatl etishi bilan ushbu xonadon a’zolarining qo‘zg‘olon ko‘tarishlariga sababchi bo‘lgan. Arbela shahri yaqinidagi Zob daryosi bo‘yida Abul Abbos sarkardasi Abu Muslim tomonidan yengilgach (750), Misrga qochgan va u yerda xristian Qibliy tomonidan o‘ldirilgan. Marvon II o‘limi bilan Ummaviylar xalifaligining Osiyodagi hukmronligi barham topgan. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ladi. Uning hukmronligi davrida ummaviylarga qarshi umumiy norozilik nihoyatda kuchayadi. Ummaviylarga ko‘plab qarshi kurashga da‘vat qilish uchun Iroq va Ajam viloyatlariga ko‘plab targ‘ibotchilar yuboriladi.

MUHAMMAD IBN ALI — Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi, ummaviylar hukmronligiga qarshi ishchan raqiblar guruhining asoschisi. Ummaviylar Rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblandi. Xalifalikni abbosiylarga topshirish kerak degan da‘vo ilgari surildi. Abbosiylar harakatini targ‘ib qilish uchun bu guruhning sodiq faollari xalifalikning deyarli barcha o‘lka va viloyatlariga yuborildi. Bu borada ayniqsa sharqiy viloyatlarga alohida ahamiyat beriladi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladilar.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:26:14

MUOVIYA I (?-680) — ummaviylar sulolasi asoschisi va shu suloladan bo‘lgan dastlabki xalifa Arab xalifasi (661-680). Quraysh qabilasi zodagonlaridan. 639-yildan Suriyada noibo 657-yil xalifa deb e‘lon qilingan. Xalifalar hokimiyatini merosiy qilgan. Muoviya I davrida xalifalik poytaxti Damashq shahriga ko‘chirilgan. Muoviya I siyosati arab qabila zodagonlarining manfaatini ifodalagan. Yirik diplomat va ma‘mur bo‘lgan. Uning farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi.

MUQANNA (taxm. 719-yil, Marv yaqinidagi Koza qishlog‘i — 783-yil, Shahrisabz) — Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan ozodlik harakatining boshlig‘i (VIII-asrning 70-80). Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog‘ida tug‘ilgan. Asl ismi Hoshim ibn Hakim bo‘lib, Narshaxiyning yozishicha, u ko‘p o‘qigan, g‘oyat ziyrak bo‘lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgangan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. Bir ko‘zi ko‘r, boshi kal va basharasi xunuk bo‘lganligidan boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham "œMuqanna’, ya‘ni "œNiqobdor" laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Yaqubiyning tasvirlashicha, Muqannani Hoshim ul-A’var, ya’ni bir ko‘zli Hoshim deb ham ataganlar. Muqanna yoshlik chog‘ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug‘ullangan. Xuroson noiblaridan Abu Muslim davrida sarhanglik (kichik lashkarboshi) va Abduljabbor Azdiy davrida (757-759) esa vazirlik darajasiga ko‘tarilgan. U Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da‘vat etuvchi ta‘limotni targ‘ib etib, payg‘ambarlik da‘vosini qilgani uchun xalifa Abuja‘far Davonaqiy tomonidan Bag‘dodda zindonga tashlangan. 769-yilda Muqanna Marvga qaytib kelgan, shu yildan boshlab umrining oxirigacha Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakatiga boshchilik qilgan. U mazdakiylik ta‘limotini targ‘ib qilgan. Qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchragach, o‘zini olov yonib turgan tandir ichiga tashlab, halok bo‘lgan. Hamid Olimjon Muqanna jasoratiga bag‘ishlangan «Muqanna» (1943) dramasini, Sadriddin Ayniy «Muqanna isyoni» (1944) tarixiy-adabiy ocherkini yozgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:26:22

MUSAYYAB ibn ZUHAYR — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (779-780). Noiblik markazi Marv shahri bo‘lgan. Gardiziyning yozishicha, Muqanna qo‘zg‘olonini bostirishda qatnashgan. Musayyab ibn Zuhayr Xurosonda 8 oy noiblik qilib, majburiy xiroj solig‘ini oshirgan. Raiyat undan norozi bo‘lib xalifa Mahdiyga shikoyat qilishgach, vazifasidan olingan. Movarounnahrda pul islohoti o‘tkazib uning nomi bilan ataluvchi qadri past musayyabiy dirham tangalarini zarb etgan. Bu dirhamlar mis va rux qotishmasidan tayyorlangan.

NASR IBN SAYYOR AL-LAYSIY IBN LAYS IBN ROFE IBN ROBI‘A IBN JURAY IBN AUF IBN AMIR (taxm. 666-748 ) — mashhur arab sarkardasi, Xuroson voliysi (738-748 ). Arablarning mudariy qabilasidan. 728-729-yillarda Samarqand noibi, so‘ngra Balx va butun Xuroson noibi. Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga qilgan yurishlarida ishtirok etgan. Tabariyning yozishicha, Xuroson Nasr ibn Sayyor davrida nihoyatda ravnaq topgan. U noibligi davrida o‘z mavqeni mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etilib, barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘i nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Shu asosda Movarounnahr va Xurosonning barcha viloyatlari uchun xiroj miqdori belgilab beriladi. Shu bilan birga Nasr mahalliy mulkdorlari bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ular yordamida mamlakatni itoatda tutib yurishga harakat qiladi. Shu maqsadda u xalifalik tomonga o‘tgan yirik dehqonlarning avvalgi imtiyozlarini tiklaydi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatilishini himoya qiladi. Ayni vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida, shubhasiz arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma‘lum darajada ittifoq yuzaga keladi. Bu o‘z navbatida ittifoqchi kuchlarning susayishiga sabab bo‘lsa-da, ammo ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera olmaydi. U Isfaxon rustoqlaridan biri Sava (Savat, Savax)da vafot etgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:26:30

NUX IBN ASAD (819-842) — Somonxudotning nabiralaridan. U Xuroson noibi Ma‘munga Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda katta yordam beradi. Arab xalifasi Ma‘mun taxtni egallashda yordam bergani uchun Nuxni Samarqandga noib etib tayinlaydi.

QABZAM — Muqannaning ukasi. Muqannachilar harakatining rahbarlaridan biri. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng u uch ming nafarli qo‘shini bilan Said Xaroshiyga taslim bo‘ladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:26:38

QUSAM IBN ABBOS (taxm. 624-677) — sahoba. Muhammad (sav)ning amakivachchasi. Xalifa Ali ibn Abu Tolib davrida Makka voliysi bo‘lgan. Muoviya davrida Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga O‘rta Osiyoni fath etishda qatnashgan. Manbalarda aytilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgizmoq maqsadida Qusam ibn Abbosni bir necha islom qo‘shini bilan Samarqandda qoldirgan. 677-yilda sug‘diylar Samarqandga hujum qilganda Qusam ibn Abbos shahid bo‘lgan. Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa manbalarda — g‘oziylar yonida) dafn etilgan. Sulton Sanjar Moziy (1118-1157) zamonasida o‘sha qabristonda "œQusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arig‘i yaqinida bo‘lgan. Amir Temur davrida ushbu mozor ustiga imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohizinda ("œTirik shoh") nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr me’morligining noyob obidalaridan sanaladi.

QUTAYBA IBN MUSLIM AL-BOHILIY, ABU HAFS (660-715, Andijon viloyati Jalolquduq tumani, Kox qishlog‘i) — Ummaviylarning Xurosondagi noibi (705-715), Movarounnahrni bosib olgan arab sarkardasi. Qutayba ibn Muslim qays (qaysit) nomli shimoliy arab qabilasiga mansub bo‘lgan. Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Xuroson amiri (noibi) qilib tayinlangach (705), dastlab Xuroson va Toxaristonni to‘la ravishda arablarga bo‘ysundirdi. So‘ngra u 706-715-yillar orasida Movarounnahrning katta qismini (Romitan va Poykendni, 707; Varaxsha, Vardona va Buxoroni, 709; Shuman, Kesh va Nasafni, 710; Xorazm va Samarqandni, 712; Shosh, Farg‘ona va Qoshg‘arni, 713-715-yillarda) arab xalifaligiga tobe etgan. Qutayba ibn Muslim qo‘shiniga Buxoro va Samarqanddagi sug‘diylar va turkiylar, xususan, Vardona mulkining hukmdori Vardonxudot qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy aholini islom diniga kiritish dastlab qattiq qarshilikka uchragan. Masalan, u to‘rtinchi marta jang qilib Buxoroni olgach, arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib tursalar buxoroliklar zaruratdan musulmon bo‘ladi degan maqsadda Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqardi. Qutayba ibn Muslim shu yo‘l bilan Buxoro va boshqa shaharlarda musulmonchilikni o‘rnatdi. U Movarounnahrda dastlabki Jome’ masjidini Buxoroda qurdirdi (712-713). Qutayba ibn Muslim boshqa shaharlarda ham masjidlar qurdirib, zardushtiylik va buddaviylikka qarshi ayovsiz kurashdi. Beruniyning "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida keltirilishicha, "œQutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi". Qutayba ibn Muslimning yangi xalifa Sulaymon (hukmronlik davri: 715-717)ga bo‘ysunmasligi, Movarounnahrdagi arab qo‘shinlari o‘rtasida unga nisbatan norozilik paydo bo‘lishi va isyon ko‘tarilishiga olib keldi. Arablarning shaybon qabilasiga mansub Hayyon an-Nabatiy (uning 7 ming kishilik qo‘shini bo‘lgan) va tamim (tamimiy) qabilasi vakili Vaqi ibn Abu Sud boshchiligidagi isyonchilar Qutayba jbn Muslimning chodiriga bostirib kirib, u bilan birgalikda Abdurrahmon, Abdulloh, Solih, Husayn, Abdulkarim nomli ukalarini, o‘g‘li Kasir ibn Qutayba va jiyanlarini (jami 11 erkakni) o‘ldirishgan. Qutayba ibn Muslim Kox qishlog‘idagi Raboti Sarxang (hozirgi Mozorbuva) qabristonida dafn etilgan. Uning shaxsi ilk o‘rta asrlardan boshlab Movarounnahrda islom ulamolari tomonidan muqaddaslashtirilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:26:52

QUTAYBA IBN TUG‘SHODA (VIII asr, Buxoro) — buxorxudot (738-753). Qutayba ibn Tug‘shodaning otasi Tug‘shoda 32 yil. Buxoroda buxorxudot lavozimida turgan. Tug‘shoda musulmon bo‘lgandan so‘ng tug‘ilgan o‘g‘liga Qutayba ibn Muslim sharafiga Qutayba deb ism qo‘ygan. Tug‘shoda arablar tomonidan Samarqandda o‘ldirilgach, Buxoro taxtiga uning o‘g‘li Qutayba ibn Tug‘shoda o‘tirgan (738 ). Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Tug‘shoda Sharik qo‘zg‘olonini bostirishda arab lashkarboshisi Ziyod ibn Solihga yordam bergan. Biroq Qutayba ibn Tug‘shoda keyinchalik arablarga qarshi kurash e’lon qilgach, Xuroson va Movarounnahr noibi Abu Muslim tomonidan o‘zi, birodari, oila a’zolari va tarafdorlari bilan birgalikda o‘ldirilgan (753). Qutayba ibn Tug‘shodaning o‘limidan keyin uning boshqa birodarlari Sukon ibn Tug‘shoda va Bunyot ibn Tug‘shoda Buxoroga buxorxudot (podshoh) bo‘lganlar.

ROFE IBN LAYS — Nasr ibn Sayyorning nabirasi, buxorxudot Tug‘shodaning kuyovi. Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon (806-810-yillar) rahbari bo‘lgan arab lashkarboshchisi. U arab bo‘la turib, arablar va islomga qarshi chiqishi, qo‘zg‘olonchilar safiga o‘tishi (xalifa Xorun ar-Rashidga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lsa kerak) Xuroson va Movarounnahr xalqlari orasida uning obro-e‘tiborini oshirib yuborgan. Qo‘zg‘olon Shosh, Farg‘ona, Xo‘jand, Ustrushona, Chag‘oniyon, Buxoro, Xuttalon, Balx, Toxariston va Xorazmga yoyilgan. Xorun ar-Rashid qo‘zg‘olonni bostirish uchun xalifalik tomonidan ko‘rilgan chora tadbirlar natija bermagach, Xuroson noibi Ma‘mun (806-819-yillar) dehqonlardan Somonxudotning nabiralari Nux, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qildilar va qo‘zg‘olon bostirildi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:27:01

SAID IBN USMON — Xuroson noibi. U 676 yili arab qo‘shinlarining Buxoroga bostirib kirishida boshchilik qilgan. Sug‘d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan 120 mingli harbiy kuchga suyanib Buxoro malikasi dushman bilan jang qilish uchun o‘z qo‘shinini safga tortadi. Biroq, sug‘diylar vahimaga tushib Buxoroni o‘z taqdiriga tashlab, jang maydonidan chiqib ketadilar. Natijada malika katta boj to‘lab, malikzoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib, sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqandga qo‘shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangdan so‘ng Said ibn Usmon sug‘diylar bilan sulh tuzib, kelishishga majbur bo‘ladi. Samarqanddan u o‘ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo‘l-yo‘lakay u Termiz shahrini egallaydi.

SAID XAROSHIY — 721 yil tayinlangan Xuroson noibi. U Iroqda xalq qo‘zg‘olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan edi. Unga sug‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish va ularni islomga qaytarish topshiriladi. Said Xaroshiyning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshliq so‘g‘d mulkdorlarning bir qismi arablar tomonga o‘tadi. Qo‘zg‘olonchilarning qolgan qismi Farg‘onaga chekinishga majbur bo‘ladi. Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan jangda qo‘zg‘olonchilar yengiladi. Sulh tuzilgach, katta mablag‘ evaziga omon qolgan 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qo‘zg‘olonchilar xiyonatkorana qirib tashlanadi. U Xo‘jandda qo‘zg‘olonning yengilishi hamda Divashtichning fojiali mag‘lubiyatlaridan keyin Said Xaroshiy Movarounnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Tabariyning yozishicha, Said Xaroshiyning Keshga hujumi katta o‘lpon evaziga to‘xtatiladi, ammo erksevar Movarounnahr aholisi xalifalik hukmronligiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashni tinmay davom ettiradi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:27:09

SARHAMA — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni yetakchilaridan biri. Som qal`asi mudofasiga qo`mondonlik qilgan sarkarda. U 3300 nafarli qo`shini bilan Said Xaroshiyga taslim bo`ladi.

SULAYMON — 715-yil xalifa Volid vafot etgach, uning o‘rniga o‘tirgan xalifa. Xuroson noibi Qutaybaning g‘animi. Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko‘taradi. Lekin u 715-yilda Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.

Qayd etilgan