Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701736 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 16:32:37

TARIXIY SANALAR

570-632-YILLAR — Muhammad binni Abdulloh (s.a.v.)ning yashagan yillari.

622-YIL 16-IYUL — Muhammad (s.a.v.)Makkadan Madinaga hijrat qilishga majbur bo‘lishlari, musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanishiga zamin yaratadi. Islom bayrog‘i ostida Makka shahrida boshlangan tavhidlik dini targ‘iboti Madinaga ko‘chadi va Madina shahri kurashning markaziga aylanadi.

630-YIL — Muhammad (s.a.v.) arablarni yagona davlatga birlashtiradi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:32:45

632-634-YILLAR — Arab xalfaligida Abu Bakr hukmronligi. U "œxalifa", ya`ni "œo`rinbosar" deb e`lon qilinadi.

634-644-YILLAR — Arab xalifaligida Umar hukmronligi.

644-656-YILLAR — Arab xalifaligida Usmon hukmronligi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:32:53

651-YIL — arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Bu yerda o‘rnashib olgach, arablar Amudaryodan shimolida joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko‘radilar.

654-YIL — arablar Maymurg‘ga hujum boshladilar.

656-661-YILLAR — Arab xalifaligida Ali hukmronligi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:01

661-680-YILLAR — Muoviya I xalifalik davri.

667-YIL — arablar Chag‘oniyonga hujum boshladilar.

673-YIL — Xalifa Muoviya I farmoni bilan Ubaydullox ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoroga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamalga oladi. Yordamga kelgan turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengiladi, bir lak (yuz ming) dirham hajmda boj to‘laydi. Bojdan tashqari arablar to‘rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:08

704-YIL — Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoy hududlarigacha bo‘lgan viloyatlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklanadi.

705-YIL — harbiy yurishni Qutayba Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Chag‘oniyon hokimi jangsiz taslim bo‘ladi. Arablarning Movarounnahrga tomon yurishining ikkinchi davri boshlanadi.

707-709-YILLAR — Qutayba Buxoro va uning atroflariga bir necha bor hujumlar qilib, ko‘pdan-ko‘p qal‘alar va obod yerlarni bosib oladi. Buxoro viloyatiga hokim qilib, u buxorxudot Tug‘shodani va unga amir qilib o‘z yaqinlaridan birini tayin etadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:16

707-YIL — Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib, Buxoro vohasiga kiradi. Uning bu yurishida Balx dehqoni va chag‘on-xudotlarning harbiy kuchlari ishtirok etadi, Poykand egallanadi.

709-738-YILLAR — Sug‘dda Gurak hukmronligi davrida arablarga qarshi kurash olib boriladi..

710-YIL — Qutayba Shuman, Kesh, Nasafni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb qiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:24

710-737-YILLAR — Sug‘dda Gurakninghukmronlik yillari.

711 YIL — Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba yordamida Hurzod boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni bostirilib, Xorazmshoh o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikning bojdoriga aylanadi. Uning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishida majbur etiladi.    

712-YIL — Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xorazm qo‘shinlari bilan Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o‘rniga Gurak Sug‘dga podsho qilib ko‘tarilgan edi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:33

713-YIL — Qutayba qo‘shin saflarini butlash maqsadida Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20 ming askar to‘plab berishini talab qiladi. Yig‘ilgan katta qo‘shin ikkiga ajratiladi. Uning Kesh, Nasaf va Xorazm qo‘shinlarining birlashmasidan iborat birinchi safi Choch viloyatiga, o‘zi boshliq asossiy kuch Ustrushona va Xo‘jand orqali Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l oladi. Choch vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinatt ash-Shosh, juda ko‘p qal‘a va qo‘rg‘onlar hamda qishloqlarga o‘t qo‘yilib vayron etiladi. Qutayba Ustrushona va uning soylik va adirlarida janglar qilib, Xo‘jand va Kosonni zabt etadi.

714-YIL — Qutayba Choch va Turk xoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqdoshlarning birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qiladi.

715-YIL BOSHI — Qutayba Farg‘ona vodiysini uzil-kesil egallab, Qoshg‘argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi, xalifa Volid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaning g‘animi Sulaymon xalifalik taxtiga o‘tiradi. Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko‘taradi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:41

715-YIL — Qutayba Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.

717-719—YILLAR — Arab xalfaligida Xalifa Umar ibn Abdulaziz hukmronligi davrida bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy isloh o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan, musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan ajamliklardan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq, xalifalik ma‘murlari bir yo‘la hammadan jiz‘ya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan xalifalik vakillari o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda xalifalikka qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi.

720-YIL — Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida arablarga qarshi Sug‘dda qo‘zg‘olon boshlanishi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:33:49

721 YIL — Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq qo‘zg‘olonini bostirishda dong qozongan. Unga sug‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish va ularni islomga qaytarish topshirilgan.

723-YIL — Arablarga qarshi Farg‘ona hokimi qo‘shin tortadi. Unga Shosh, Nasaf va turklar yordamga boradilar. Ittifoqchilar dushmanga qattiq zarba berib, uni Xo‘janddan to Samarqandgacha ta‘qib qilib boradilar.

725-YIL —Xuttalonda Xalifalikning soliq siyosatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi.

Qayd etilgan