Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701912 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 16:33:56

728-YIL — Sug‘dda Xalifalikning soliq siyosatiga qarshi qo‘zg‘olon avjiga ko‘tariladi.

736-737-YILLAR — arablarga qarshi Toxariston va Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘tariladi.

737-YIL — arablar tang ahvolda qoladi. Xuroson va Movarounnahrning noibi va amirlari bir necha bor o‘zgartiriladi. Xurosonning noibi Nasr ibn Sayyor mamlakatda o‘z mavqeni mustahkamlab olish maqsadida moliya islohatini o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etilib, barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘iy nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Nasr mahalliy mulkdorlar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ular yordamida mamlakatni itoatda tutib turishga harakat qiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:34:05

738-748-YILLAR — Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohati o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz’yadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’iy nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Movarounnahr va Xurosonning barcha viloyatlari uchun xiroj miqdori belgilab beriladi. Shu bilan birga Nasr mahalliy mulkdorlar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ular yordamida mamlakatni itoatda tutib trishga harakat qiladi. Shu maqsadda u xalifalik tomonga o‘tgan yirik dehqonlarning avvalgi imtiyozlarini tiklaydi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatilishini himoya qiladi. Ayni paytda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida, shubhasiz, arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera olmaydi.

744-750-YILLAR — Arab xalifaligida Xalifa Marvon II hukmronligi davri. Uning davrida Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilish sabab bo‘ladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:34:13

746-YIL — Abbosiylar targ‘ibotiga rahbarlik qilish uchun Abu Muslim Xurosonga keladi.

747-749-YILLAR — Movarounnahrda ummaviylar hukmronligiga qarshi Abu Muslim harakati.

747-YIL — Abu Muslim ummaviylarga qarshi aholini ochiq kurashga da‘vat etadi. Bu davrda Xurosonda Nasr ibn Sayyor noiblik qilardi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:34:22

748-YIL BOSHI — Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini jangsiz egallaydi.

749-YIL — Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikni markaziy viloyatlariga tomon yo‘l oladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi. Uning o‘rniga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffox xalifalik taxtiga ko‘tariladi. Joylarda ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Arab xalifaligida davlat abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

750-YIL — Abbosiylarga qarshi Buxoroda Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida xalq qozg‘oloni ko‘tariladi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni bostirdi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:34:31

750-754-YILLAR — Arab xalifaligida Abul Abbos Saffox hukmronligi davri.

751-YIL — Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va so‘g‘d, turklardan iborat harbiy kuch Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi.

755-YIL — qurolsiz va yolg‘iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:34:39

769-783-YILLAR — Movarounnahrda "œOq kiyimliklar" qo`zg`olonini bo`lib o`tishi.

775-YIL — "œOq kiyimlilar"ga zarba berish uchun xalifa Abu Jafar (Mansur) Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qilishi mag`lubiyat bilan tugadi. U katta talofat ko`rib, zo`rg`a Samarqanddagi arab qo`shinlariga kelib qo`shiladi. Naqshab va Chag`oniyon vohalari qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi.

776 YIL — "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal`asi qo`zg`olonchilarning qo`rg`oniga aylantirib, unda "œoq kiyimlilar"ning kattagina qismi to`planadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:34:50

777-YIL — Narshaxdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni "œoq kiyimlilar" qo‘zg‘olonining markazi bo‘lgan Samarqand va Keshga tashlaydilar, qo‘zg‘olonchilarga uzil-kesil zarba berish uchun harbiy kuch to‘plash maqsadida xalifa Maxdiy Nishopurga keladi.

783-YIL — Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng muqannachilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.

806-819-YILLAR — Xurosonda Ma‘mun noibligi davrida Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan yordam olishi. Somonxudotlarning avlodi bo‘lgan somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari xalifa tomonidan inobatga olinib, Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar vakillari qo‘liga o‘tishiga yo‘l ochiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:35:00

806-YIL — Rofe ibn Lays boshliq Samarqand, Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm aholisining qo‘zgoloni.

VII ASR BOSHI — Arablarda siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda bo‘lgan bunday ijtimoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatning asosiy tarafdori bo‘lib shaharning savdogar va hunarmand aholisi ko‘tariladi. Bu harakat yagona e‘tiqodga da‘vat qilishdan boshlanadi. Bu yakkaxudolik dini bo‘lib, tarixda "œitoat", "œtobelik" va "œbo‘yin egish" ma‘nolarini anglatuvchi "œislom" nomi bilan shuhrat topadi.

VII ASRNING 80-YILLAR BOSHI — Movarounnahrning mahalliy hukmdorlari Sirdaryo etagidagi Xorazm yaqinidagi shaharlarda bir necha bor to‘planishlari, o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashish to‘grisidagi sa‘yi-harakatlari amalga oshmadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:35:10

VII-ASR OXIRI — Butun Arab xalifaligida tartib o‘rnatilishi Movarounnahrni bosib olishga zamin yaratdi.

VIII ASR BOSHI — Arablar Movarounnahrni istilo qiladilar, bosib olingan yerlarda islom dini zo‘rlik bilan yoyilib, mahalliy xalqlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti Arab xalifaligining tartib-qoidalariga bo‘ysundirildi. Istilochilar mahalliy madaniyatni oyoq osti qilib, xalq boyliklarini taladilar, ajnabiylar jabr-zulmiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari shafqatsiz bostirildi.

VIII ASR BIRINCHI YARMI — Movarounnahrda xalifalikka qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari arab istilochilariga qarshi kurashning birinchi bosqichi edi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:35:19

VIII ASRNING 40-YILLARI — Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik Xalifa Marvon II hukmronlik qilgan davrda nihoyat kuchayadi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ladi.

VIII ASRNING 40-YILLARI — xalifalikda toju-taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali xalifalik uchun kurash boshladi. Ummaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblandi. Hokimiyatni abbosiylarga topshirish kerak degan da’vo ilgari surildi. Abbosiylar harakatini targ‘ib qilish uchun xalifalikni deyarli barcha o‘lka va viloyatlariga alohida ahamiyat beriladi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat Ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladilar. Shu tariqa xalifalikda ummaviylar hukmrnligini ag‘darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.

VIII ASRNING 70-80-YILLARI — Movarounnahrda arablarga qarshi "œOq kiyimlilar" qo`zg`oloni ko`tariladi. Bu harakatning rahbari Muqanna, ya`ni "œNiqobdor" laqabi bilan mashhur bo`lgan marvlik Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo`lgan.

Qayd etilgan