Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701370 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 140 B


muxbir  23 May 2008, 17:23:03

 Atrabon — otashparastlarning ibodatxonalarida doimo yonib turadigan muqaddas olov — "œazarxo`rra’ga o`tin tashlab, kulini olib turadigan ruhoniylar. Olovga topinuvchi otashparastlar atrobonlarga hadyalar keltirib, ular orqali muqaddas olovdan madad so`raganlar.

Azarxo‘rra — muqaddas olov. Otashparastlik (zardushtiylik) dinidagi qadimgi xalqlar azarxo‘rraga sig‘inishgan. Mil.avv. VI-V asrlardan to islom dini tarqalgunga qadar otashparastlar o‘rtasida azarxo‘rraga e’tiqod juda kuchli bo‘lgan. Azarxo‘rra har bir mamlakat va shaharda maxsus joylarda saqlanib, kechayu kunduz yonib turgan. Azarxo‘rraning eng mo‘tabari Xorazmda bo‘lgan.

Bantak — ilk o‘rta asrlarda erkak qul.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:23:22

Bilga xoqon bitiktoshi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qo‘yilgan (735-yil). Ulan-Batordan 400 km janubdagi Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Bo‘yi 3 metr 45 sm, eni 1 metr 74 sm, qalinligi 72 sm. Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat. Mazkur bitiktoshni Qultegin bitiktoshi bilan birga 1889-yil rus olimi N.M.Yadrintsev mo‘g‘ulistonning Kosho Saydam vodiysida Ko‘kshin Urxun daryosi bo‘yida topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.

bek — el-yurt, viloyat hokimi.

Biy — urug‘ va qabila oqsoqoli.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:23:44

Boju yasoq — soliq turi. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o‘ndan ortiq mayda mulkdorlar hokimiyatlarining iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi, yerli sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat shu soliq turini undirib olish bilan cheklanadilar.

Budun — Turk xoqonligida chorvador aholi. Budun qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi.

Buxorxudot (Buxoro va fors. "œxudo" — tangri, ega, hokim) — Buxorxudotlar hokimligini idora qilgan hukmdorlar unvoni. Buxorxudot atamasi dastlab "œBuxorxudo" ("œBuxoro hokimi") shaklida bo`lgan. Buxoroga Islom kirib kelgach (VIII asr), arablar uni Buxorxudot deb o`z tillariga moslab olganlar.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:23:55

Buxorxudot hokimligi — Buxorxudotlar idora qilgan kichik davlat (VI-VIII asrlar). Poytaxti Buxoro shahri. Hududi hozirgi Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari yerlaridan iborat bo‘lgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki yillarda hokimiyatni buxorxudotlar bilan birgalikda boshqarganlar. 715-yilda Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim o‘ldirilgach, buxorxudotlar hokimligini bir yil davomida mustaqil idora qilganlar. VIII asrning 3-choragida arablar butun Movarounnahrni fath etib, buxorxudotlarni rasman o‘z o‘rinlarida qoldirgan bo‘lsalarda, hokimiyatni amalda to‘laligicha o‘zlari boshqarganlar. 782-yilda so‘nggi buxorxudot Bunyod Muqanna qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etilib buxorxudotlar hokimligi bartaraf etilgan. Buxorxudot hokimligi hududi arxeologik jihatdan mukammal o‘rganilmagan. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, buxorxudot hokimligida bir qancha mustahkam qal’ali shaharlar bo‘lgan. Buxorxudot Kono buxorxudot hokimligida birinch bo‘lib o‘zining tasviri va uning ostiga "œBuxoro hokimi" degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar dirhamlar chiqargan. Narshaxiy o‘zining "œBuxoro tarixi" asarida buxorxudotlardan bir nechasining nomini keltirgan bo‘lib, ular orasida Kono va Abruy (Abarzi) degan ismlar ham mavjud. Buxorxudotlar vakillari: Bidun (?-673), Xo‘tak xotun (673-692), Tug‘shoda I (692-724), Tug‘shoda II (724-738), Qutayba ibn Tug‘shoda (738-753), noma’lum buxorxudot (Tug‘shoda III) (753-768), Sukon (768-775), Bunyod (775-782).

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:24:20

Devori qiyomat-Samarqand atrofini o‘rab turgan mudofaa devor.

darra — charm va qayishdan to‘qilgan yo‘g‘on va og‘ir zarb beruvchi qurol.

darg‘ot — to‘g‘on.

Darg‘om kanali — Zarafshon daryosidan suv oladigan kanal. Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:24:37

debo — tovlanuvchi nafis ipak mato.

Dehqon — ilk o‘rta asrlarda "œqishloq hokimi", yerdor. Ular o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z tazyiqini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o‘z tazyiq doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag‘rida dunyoga kelgan va yanada boyib yer egallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi. "œDehqon" lar odatda shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomi qo‘rg‘onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo‘lardi. Dehqonlar ilk o‘rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer mulkdorlari bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:25:04

Devg‘isht — xalq tilida paxsa bo‘laklari. Yunusobod oqtepasi devorlari devg‘isht (70x70x70) hajmda uzun va qalin homg‘ishtlardan urib chiqilgan.

Doya — ilk o‘rta asrlarda cho‘ri.

digir — charxpalak va chiqirlarga ariqdan yoki chiqir xandaqdan suv botirgich ko‘za.

dulob — charxparrak; quduqdan suv chiqaradigan charx.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:25:26

EFTALIYLAR, eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, ye-da — O‘rta Osiyoning shim.-sharqidan Movarounnahr-ning ichki viloyatlariga kirib, mil. V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari hunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Ularning kelib chiqishi tog‘risida turli fikrlar bayon etilgan. A.N. Bernshtamning fikricha, eftaliylar tarkib topgan yerlar o‘rta va quyi Sirdaryo hamda Amudaryoning yuqori havzasidir; A.P. Tolstov esa ularni Orol bo‘ylaridan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Garchi eftaliylarning tarkib topgan joyi qat’iy aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular turkiy etnik elementlar aralashgan o‘rta osiyolik qabilalar (asosan jangovar ko‘chmanchi qabilalar) negizida shakllanganligi ma’lum. Eftaliylar otashparast bo‘lganlar, lekin ular orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar ham bo‘lgan. Eftaliylar yozma manbalarda fetal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. "œEftal" degan nom ilk bor "œxeptal" shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida "œEftalon" deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvor deb ham ataganlar, u eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shim.-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shim. hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning ikkinchi yarmida ko‘payib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. V asrda ular Qang‘ davlatini mag‘lubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun eftaliylar Eron bilan qattiq urush olib borgan. VI asrning oxirlarida Eftaliylar davlati inqirozga uchraydi. Turk xoqonligi Movarounnahrni egallaydi. Eftaliylarning jangovar qismi Afg‘oniston va Hindistonning shimoliy mintaqalariga chekinib, ularning keyingi avlodlari shu yerlardagi xalqlarga aralashib, ular bilan qorishib ketadi. Eftaliylarning O‘rta Osiyoda qolgan qismi keyinchalik o‘zbek, turkman xalqlari tarkibiga singib ketadi. Turkmanlar tarkibida va anatoliyalik turklarning tarkibida abdal nomi bilan eftaliylarning keyingi avlodlari saqlanib qolgan. Eftaliylar otashparast bo‘lganligi ma’lum, lekin ularning orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar soni ham orta boshlagan.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:25:43

ELChI — bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil elchigina emas, balki yalavoch, yalafar, rasul atamalari bilan ham ifodalangan. Muxtor vakil hisoblanmish elchi zimmasiga diplomatik aloqalar o‘rnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish, hamkorlikdagi harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshlig‘i yoki hukmdor sulola a’zolarining vafoti munosabati bilan ta’ziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi mas’uliyatlar yuklatilgan. Oltin O‘rda xonligida elchining bosh vazifalari sirasiga hukumat xazinasiga tobe yurtlardan yig‘ilgan o‘lponni o‘z muddatida yetkazish ham kirgan. XI a. yozma obidasi "œQutadg‘u bilig"da elchi etib tayinlanadigan shaxsning bir qator talablarga javob berishi ta’kidlangan. Xususan, uning bilimli, zakovatli, sadoqatli, ko‘zi to‘q, bosiq, uyat-andishali, keng qamrovli, zehnli, dono, ziyrak, ichimlik ichmaydigan, ko‘rkli, mard, shirin so‘zli bo‘lishi talab etilgan. "œElchi" atamasi ilk bor qadimgi turkiy Enasoy runiy bitigida qayd etilgan bo‘lsa, «yalavoch» atamasi birinchi marta Oltinko‘l yaqinidan topilgan Enasoy yodnomasida ko‘zga tashlanadi. Mazkur qadimgi turkiy bitigda 711 yilning avgust-sentyabrda Tibetga Turk xoqonligidan kelgan diplomatik vakilning tashrifi xususida gap boradi. Chingiziylar davrida elchilar darajasiga qarab oltin, kumush, cho‘yan, jez va yog‘och payza bilan ta’minlangan. Elchi o‘z vataniga qaytishdan oldin diplomatik vakolati tugayotgan davlat boshlig‘idan maxsus yorliq — ijozat qog‘ozi olishi lozim hisoblangan. Elchining o‘ldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatik munosabatlarning keskinlashuviga, ba’zan uzilishiga olib kelgan. Jumladan, O‘trorda mo‘g‘ul elchilarining Xorazmshoh tomonidan qatl qilinishi Movarounnahrning Chingizxon boshliq istilochilar tomonidan zabt etilishini tezlashtirdi. Amir Temur va Temuriylar davrida Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor berilgan. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va elchilik aloqalarini o‘rnatgan. Tashqi savdoni kengaytirishda temuriylarning turli mamlakatlar (Xitoy, Tibet va Hindiston va b.) bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  23 May 2008, 17:26:03

etnik munosabatlar — aholining o‘zaro munosabatlari.

Galereya (fransuz. qalerie) — 1) Peshayvon, bostirma; binolarda yon devorlaridan biri o‘rniga ustunlar o‘rnatilgan usti yopiq, uzun, ensiz ayvonli qurilma; uzun balkon; 2) Yon devorlarining biri oynavand qilib qurilgan uzun zal; 3) O‘rta asrlarda saroy va uylarning rasm va haykallari bilan bezatilgan yo‘laklari.

Guvokor — ilk o‘rta asrlarda So‘g‘ddagi savdogarlar.

Qayd etilgan