KO‘HANDIZ (fors. — eski, qadimgi) — ko‘hna, diz-qal’a, qasr, saroy, ark. qal’aband maxsus istehkom. Asosan, qal’aning tarkibida saqlangan qad. qismi.
KO‘SHK (ko‘chik) — to‘rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog‘ochdan qurilgan yengil inshoat, istehkomli baland qo‘rg‘on.. Kelib chiqishi jihatidan oddiy o‘tovga borib taqaladi. O‘rta asrlar Sharq me’mroligida keng tarqalgan. Dastlab qadimgi ko‘chmanchi xalqlarning ko‘chib yurishiga qulay uy (ko‘chik) sifatida paydo bo‘lgan. Arava ustiga o‘rnatilgan ko‘shklardan ham foydalanilgan. Keyinchalik ko‘shklar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bog‘lar ichida qurilgan. Tarixiy manbalarda ko‘shk namunalari haqida ma’lumotlar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568-yilda O‘rta Osiyo ko‘chmanchilarining xoqoni o‘rtasida 4 tovus haykalini ko‘tarib turgan ko‘shkni ko‘rgani haqida yozgan. 738-yilda Termiz yaqinida arab sarkardasiga oltin va kumush bilan bezatilgan 2 ko‘shk taqdim etilgan va boshqa X-XV asrlarda ko‘shk me’morligi rivojlanib, aksari bog‘ ichkarisidagi sinchkori yengil qurilmalar (ko‘shklar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziynatli, hashamatli, ko‘rkam imoratlari bilan ko‘zga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bog‘lar ichidagi ko‘shklar shaklu shamoyili bilan me’moriy taraqqiyotida yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (XIV-XVI asrlar) bog‘-rog‘lar ichidagi ko‘shklar haqida tarixiy manbalar aniq ma’lumot beradi. Samarqanddagi Ko‘ksaroy, Shahrisabzdagi Oq saroyni Bobur ko‘shklar qatoriga kiritgan.
LABIRINT (yunoncha labyrinthos) — xonalari behad ko‘p, yo‘laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino. Xorazmning janubida devorning qoq belida mustahkam labirint bo‘lgan. Dalon, g‘ulom gardish; darvoza og‘zi istehkomi.