Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 527709 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 15:08:37

OTASHKADA — zardushtiylik dini ibodatxonasi. Gushtapning farmoni bilan qurila boshlangan. Otashkadalar turli tabiiy ofatlardan muhofaza qilish maqsadida balandlikka, tepa ustiga yoki xarsang toshlardan yasalgan 3-4 m lik tagkursilar ustiga qurilgan. Dastlab otashkada diniy marosim va ibodatlarni bajarish maskani bo‘lgan. Asta-sekin otashkadaning vazifalari o‘zgara borib, sosoniylar davrida jamoa yig‘inlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylangan. Barcha harajatlar podsholik tomonidan otashkadaga vaqf qilingan yer, chorva, bog‘-rog‘lardan olinadigan daromadlar hisobiga qoplangan; Otashkadalar bir necha hujra, tolor (zal) lardan iborat bo‘lgan. Bino oldida doim olov yonib turadigan otashkada maydoni bunyod etilgan. Isfaxon, Yazd, Koma (Hindiston) shaharlarida eng qadimgi otashkadalarning xarobalari mavjud. Otashkadalarda 7 xil musiqa asbobi jo‘rligida Gohlarni yodlattiradigan maxsus go‘shalar bo‘lgan. Otashkadalar diniy udum va marosimlarni o‘tkazadigan manzil bo‘lish bilan birga ma’naviy, ma’rifiy ishlar markazi hisoblangan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:09:03

OTLIQ ASKARLAR — qo‘shin turi. G‘arbiy Yevropada XI-XII asrlarda armiyaning asosiy zarbdor qismini risarlardan tuzilgan otliq askarlar tashkil qilgan. Suvoriy risar qilich, og‘ir nayza, qalqon, dubulg‘a va zirh bilan qurollangan. XII asrning ikkinchi yarmidan jangovar otlar ham maxsus zirh bilan ta’minlangan. Qadimiy Rus davlati (IX-X asrlar) qo‘shinida knyaz drujinalaridan tashkil qilingan otliq askarlarning soni piyoda askarlarga nisbatan ancha kam bo‘lgan. Turk-mo‘g‘ul davlatlari armiyasining asosini tashkil etuvchi otliq askarlar o‘zining tashkiliy hamda jangovar qobiliyati bilan alohida ajralib turgan. hunlar davrida otliq askarlarning soni 240 mingtaga yetgan. Turkiylar tomonidan jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib suvoriylar safining joriy qilinishi (har bir otliq askar orasidagimasofa 20 m, jangovar qatorlar soni 10 ta) otliq qo‘shinning dushman ustidan to‘la ustunligini ta’minlagan. Turk xoqonligining (VI-VIII asrlar) sovutli muntazam otliq askarlari nafaqat tekislikda, shuningdek, tog‘lik hududlarda ham muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, ko‘p vaqtlar davomida unga teng keladigan raqib topilmagan. Nayza bilan jang qilish san’atini mohirona egallagan turk otliqlari xitoylik piyoda nayzabozlar va eronlik otliq o‘qchilar (kamonkashlar) bilan bo‘lgan muhorabalarda, aksar hollarda, zafar qozongan. Turk suvoriysi ko‘krak qismida dumaloq qalqoni bo‘lgan zirh bilan ta’minlangan, boshiga temir dubulg‘a kiygan, qilich, shoxsimon yoy, to‘qmoq va nayza bilan qurollangan. Og‘ir qurolli otliq askarlar zodagon hamda tajribali jangchilardan tashkil etilgan jangda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Tobe yurtlarning askarlaridan tuzilgan yengil otliq askarlar, asosan, razvedka hamda ayg‘oqchilik vazifalarini bajargan. Zarur paytlardagina jangga kirgan. Chingiziylar armiyasida yengil qurolli otliq askarlarning mavqe baland bo‘lgan. Mo‘g‘ul jangchilari otda yurish, kamon, qilich va arqon bilan muomala qilish san’atini mukammal egallagan. Ular janggohda ustalik bilan manyovr-harakat qilgan, soxta chekinish, pistirma qo‘yish san’ati kabi taktik amaliyotlarni muntazam qo‘llagan. Amir Temur armiyasining zarbdor qismini yengil va og‘ir qurollar bilan qurollangan otliq askarlar tashkil etgan. Dubulg‘a, sovut, qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og‘ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g‘animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasi shularga bog‘liq bo‘lgan. yoy, sadoq va qilich bilan qurollangan yengil otliq askarlar, asosan, soqchilik va razvedkaga mo‘ljallangan. o‘ta zarur chog‘dagina yov bilan jang qilish huquqiga ega bo‘lgan. Yevropa mamlakatlari armiyasida o‘t sochish qurolining rivojlanishi (XIV asr) hamda piyodalar rolining oshib borishi bois (XV asr) otliq askarlarning mavqe sekin kamaya boradi. XX asrning 50-yillari o‘rtalarida ommaviy qirg‘in qurollarining rivojlanishi va armiyalarning to‘liq motorlashtirilishi tufayli otliq askarlar qo‘shin turi sifatida barham topdi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:09:21

OZOD — ilk o‘rta asr mulkdori.

OZODKOR — ilk o‘rta asr hunarmandlari.

PANDUS (fransuzcha pante douce — nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvozasiga kiriladigan nishab maydoncha, maxsus ko‘tarma; ba’zan zinapoya vazifasini o‘taydi. O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi shahar qal’a va ko‘shklarga panduslar orqali ko‘tarilgan. Tog‘lar orasida joylashgan turar joylarga maxsus panduslar ishlangan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:09:30

QABO — ustki kiyim, uqali uzun va keng guldor yopinchiq.

QAM-SHOMON — Ko‘k Tangriga sig‘inuvchi yakka xudolik dini.

QASR — saroy, oliy va hashamatli bino.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:10:02

QORA budun — Turk xoqonligida qora xalq.

QUBO — ilk o‘rta asrlarda Farg‘onadagi yirik markaziy shahar. Quboda hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.

QUVA BUDDA IBODATXONASI (VII-VIII asrlar) — qadimiy Shahriston yodgorligining shimoliy tomonidagi rabod qismida bunyod etilgan ibodatxona. Arxeologik tekshirishlar natijasida shu aniqlandiki, VII asr oxiri — VIII asr boshlarida Shahristonda uy-joy va aholi ko‘payib, undan tashqaridagi hududni o‘zlashtirishga ehtiyoj tug‘ilgan. Ushbu joyda 80 dan ortiq xona, 5 ta ko‘cha va ular bilan bog‘liq markaziy maydon qazib ochilgan. Uning shim.da esa VII-VIII asrlarda foydalanilgan budda ibodatxonasi qoldiqlari kavlab o‘rganilgan. Ibodatxona 2 ta katta zaldan iborat bo‘lib, biri sig‘inish uchun, ikkinchisi ibodat qilishga mo‘ljallangan. birinchi xonada iloh (xudo)larga qurbonliklar (gul, meva-cheva va boshqa) keltirilib, o‘rtadagi tagkurasiga qo‘yilgan va ibodat qiluvchilar aylanib chiqib ketishgan. Uning yonginasida asosiy ibodat bajariladigan xona bo‘lib, uni yarmi saqlangan xolos. Kuchli yong‘in natijasida binolar va ulardagi buyumlar kuyib yo‘q bo‘lib ketgan. Shunga qaramay, 2 otliq va ular yonidagi jangchilar haykallarining parchalari saqlangan. haykallar, tasvirlar majmuasida yovuzlik ilohi Mara, yaxshilik ilohi va budda himoyachisi Shri-devi, Manjushra siymolari yaxshi saqlanmagan. Quva budda ibodatxonasi o‘zining me’moriy yechimi bilan O‘rta Osiyodagi Budda inshoatlaridan ayrim belgilariga ko‘ra bir oz farq qiladi. Xususan, Budda ibodatxonalariga xos va diniy marosimo‘tkazishda foydalanilgan ayrim me’moriy belgilar bunda uchramaydi. Quva budda ibodatxonasi qurilishida ko‘proq mavjud shart-sharoit va mahalliy qurilish an’anasidan foydalanilgan. Yana bu yerdan topilgan haykallar tasvirlarida, ayniqsa, yuz tuzilishida bir oz bo‘lsa-da, turkiylashgan qiyofa berishga harakat qilingan. Bu ibodatxona va topilmalar mutaxassislar tomonidan ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Bu inshoat budda dinidagi mustaqil oqim — vadjrayana yo‘nalishiga taalluqli yagona yodgorlik deb talqin etilmoqda. Bu oqim ko‘proq hinduizm ta’sirida bo‘lib, o‘rta Osiyoda faqat Quva budda ibodatxonasida kuzatilgan. Quva budda ibodatxonasi topilmalari hindiston va Sharqiy Turkistonda aniqlangan materiallarga o‘xshashligi bilan, o‘rta asrlardagi madaniy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlanganini, madaniyat va san’atni yuksalganini ko‘rsatadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:10:20

QO‘RG‘ON — atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan darvozali turar joy.

QO‘SHCHI — ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a’zolari "œkashovarz", ya’ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag‘daruvchi.

RABOD (arabcha) — O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistondagi o‘rta asr shaharlarining savdo va hunarmandchilik do‘konlari, mahallalari joylashgan qismi. Rabodlar VII-VIII asrlarda paydo bo‘lib, shaharlarning arki yoki shahristoni atrofiga qurilgan. XI-XII asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. XIII asr boshida mo‘g‘ullar istilosi natijasida ko‘plab qadimgi shaharlarning arki va shahristoni xarobaga aylanib qolgan bo‘lsa-da, rabodlar hayot davom etgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:10:38

RABOT (arabcha) — o‘rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Tarhi to‘rtburchak, devorlarida minoralari bo‘lgan. Dastlab (Islom dini tarqala boshlagan davrda) g‘oziylarga mo‘l qurilgan maxsus bino. Keyinchalik rabot faqat, istehkom ma’nosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar ham maxsus rabotlarda yashaganlar. O‘rta Osiyoda VIII-X asrlarda ko‘chmanchi aholi yashaydigan hududlar bilan chegaradosh hududlarda ko‘plab rabotlar qurilgan. Ulardan eng mashhuri Raboti Malikdir.

RUNIK bitigi — qadimda turkiy yozuvlar, ya’ni urxun-yenisey yozuvlari.

SARKOR — ish boshi, ilk o‘rta asrlarda "œdehqon’, ya’ni "œqishloq hokimi" nomi bilan shuhrat topgan katta yer egasi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:11:00

SOVUT — jangda tanani o‘q, nayza va qilich zarbidan saqlash uchun kiyiladigan mustahkam harbiy kiyim. O‘rta Osiyo va Sharq qo‘shinlarida ilk o‘rta asrlardan boshlab qo‘llanishda bo‘lgan. Turkiylar tomonidan temir eritishning yo‘lga qo‘yilishi turli jang qurollari qatori sovutning ham ixtiro qilinishiga zamin bo‘lgan. Sovut dastlab to‘r ko‘ylak shaklida po‘lat simdan to‘qilgan. Keyinchalik uning chidamligini yanada oshirish maqsadida ustiga har xil shakldagi metall tangachalar qoplangan. Sovutning yoqasiz va yengsiz turlari ham bo‘lgan, ular yashirin ravishda oddiy kiyim tagidan kiyilgan. Sovut ostidan maxsus paxtali kiyim — hafton kiyilgan. Turk xoqonligi qo‘shinida sovut yaraq (yaraq), qoraxoniylar qo‘shinida yariq (yariq), kuba yariq, quyag‘ (quyag‘), ko‘krak sovuti esa tura so‘zlari bilan ifodalangan. Amir Temur, Bobur va o‘zbek xonlari qo‘shinida sovutning rang-barang turlari mavjud bo‘lgan. Jumladan, simdan to‘qilgan javshan, temir zanjirlardan yasalgan zirh, metalldan yasalgan jubba, ko‘ktemur, po‘latdan yasalgan oha, ko‘ha kabi sovut turlari tarixiy-badiiy asarlarda o‘z ifodasini topgan. Jangovar otlarga va fillarga mo‘l tayyorlangan sovutlar ham qurollanishda bo‘lgan va ular kejim hamda bargustvon deb yuritilgan. Tunda askar tomonidan to‘shak o‘rnida foydalanilgan va ot sag‘risida olib yurilgan yopinchiq bagtar deb atalgan. Askar tizzasi va butini dushman quroli zarbidan saqlovchi sovut turlari tizlik va butluq deb nomlangan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:11:17

SUVORIY — otliq qo‘shin.    

SUG‘D ADABIYOTI — sug‘d tilida yaratilib, bizgacha saqlangan yozma manbalar. Manbalarning asosiy qismi IV-X asrlarga taalluqli bo‘lib, budda, moniylikka tegishli matnlar, kundalik turmushga oid hujjatlar, turli yozishmalar, farmon va yorliqlar, sug‘d astronomik kalendari, O‘rta Osiyo xalqlari eposlarini tashkil etadi. Turli alifboda bitilgan bu yodgorliklar oromiy yozuvlarida yozilgan bo‘lib, Sinszyan hududidan, shuningdek, Mug‘tog‘idan topilgan. Afrosiyob devoriy rasmidagi elchi tasvirida 16 satrdan iborat ishonch yorlig‘i yozilgan. Sug‘d yodgorliklaridan yaxlit bir adabiy-badiiy asar saqlanmagan bo‘lsa-da, turli mazmunlardan tuzilgan qochirim so‘zlar, hikmatli iboralarga to‘la maktub va yorliqlar sug‘dlarda boy adabiyot bo‘lganini ko‘rsatadi. Sug‘d yodgorliklari orasida Rustam haqidagi eposdan parchalar (V-VII asr) katta adabiy qimmatga ega bo‘lib, bularda Rustamning devlar bilan qilgan jangi tasvirlangan. Rustam obrazi avval xalq og‘zaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda yaratildi. Moniylikka taalluqli sug‘d matnlari orasida "œKalila va Dimna’dagi "œSavdogar va marvarid teshuvchi", "œUch baliq haqida’, "œTulki va maymun" masallariga mazmunan yaqin bo‘lgan hikoya va masallar uchraydi. "œXalqlar ro‘yxati" nomli sug‘d hujjati VIII asrga oid. Bunda o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi berilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:11:29

SUG‘D YOZUVI — mil.avv. I-IX asrlarda mavjud bo‘lgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvi; u bir manba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga ko‘ra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shalklanlanib, rivojlangalar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan Sug‘d (Sug‘diyona) viloyatida qo‘llangan. Dastlab unda 22-23 harf mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi qadimgi oromiy alifbosidagi singari bo‘lgan. Keyinchalik, IV asr boshlarida ba’zi harflarning alifbodan chiqib ketishi, ba’zi harflarning alifbodan shaklan bir-biriga yaqinlashuvi, o‘xshab qolishi natijasida harflar soni 17 dan iborat bo‘lib qolgan. So‘g‘d yozuvining milodiy I asrga oid eng qadimgi namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng so‘nggi namunalari esa VIII asr oxiri — IX asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning ko‘pi XX asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808-821 yillarda hukmronlik qilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sug‘d, qadimgi turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. So‘g‘d yozuvi namunalarining aksariyati IV-VIII asrlarga tegishli bo‘lib, ulardan Mug‘ qal’a xarobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va so‘g‘d yozuvining ba’zi boshqa yodgorliklarida sug‘d adabiy tili me’yorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Sug‘d yozuvi, o‘z navbatida, qadimgi turkiy runik yozuvi hamda uyg‘ur yozuvini shakllantirish uchun asos bo‘lgan.

Qayd etilgan