Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701473 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 15:11:39

TERMIZSHOHLAR — Termiz va uning viloyatini boshqargan merosiy hukmron sulola (V-VII a. oxirlari). Arablarning Shimoliy Toxaristonga qilgan yurishlari (VII a. oxiri — VIII a. boshi) munosabati bilan arab-fors yozma manbalarida (Tabariy, Balozuriy, Ibn Xurdodbeh) qayd etilgan. Buddaviy rohib Syuan-Szan (taxm. 630-y.)ning ma’lumotiga ko‘ra, Tami (Termiz) mulki hududi g‘arbdan sharqqa tomon 600 li (180-300 km), shimoldan janubga tomon esa, 400 li (120-200 km) masofani tashkil etgan, ya’ni Termizdan tashqari Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlarni ham qamragan. Shaharda buddaviylik hukmron mavqega ega bo‘lib, unda 12 ta monastir va 1000 ga yaqin rohib, shuningdek, stupalar, budda haykallari bo‘lgan. Termizshohlar hokimiyat tepasiga mil. 5-a.da kelganlar, bunga ular zarb etgan mis tangalar guvohlik beradi. Tangalar VII a. oxiriga qadar zarb etilgan. Termizshohlarning etnik kelib chiqishi noaniq, eftaliylar yoxud kidariylar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol.689-690-yillarda Termizni arablarning qaysiylar qabilasi sardori Muso ibn Abdulloh egallagan va shahardan termizshohni quvib yuborib, xalifalikdan ajrab chiqib, 15 yil mustaqil hokimlik qilgan. Termizshohning turkiylar yordamida taxtni qaytarib olish uchun qilgan harakatlari zoe ketgan. 704-yili Usmon ibn Mas’ud 15 ming kishilik lashkar bilan kelib shaharni Ummaviylar tobeligiga qaytarishga erishgan. Termizshohlar hokimiyati xalifalik tomonidan nomigagina bir muncha muddat tiklangan, Termiz butunlay xalifalik tomonidan idora etiladigan bo‘lgan, shahar arablarning asosiy tayanch punktiga aylangan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:11:57

TERRAKOTA (italyancha terra-yer, tuproq, cotta — qizdirilgan) — tor ma’noda — loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilamgan mayda haykalchalar; keng ma’noda — loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda qizdirilgan badiiy va amaliy ahamiyatga ega sirlangan sopol buyumlar (idishlar, ko‘za, haykalcha, o‘yinchoq, koshin va boshqalar). Qizdirilgan so‘ng o‘ziga xos tus (sarg‘ish, qizg‘ish-jigarrang, qora) va sirt (faktura)ga ega bo‘ladi. Terrakota neolit davridan ma’lum bo‘lgan. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududidan ko‘plab nodir terrakota namunalari topilgan.

TOXARLAR, TO‘XORLAR — O‘rta Osiyoning qadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunon-rim manbalarida toxar, tagur (mil. av. I — mil. I asrlar), keyinroq esa, ilk o‘rta asrlarda hind manbalarida tukxara, xitoy yilnomalarida tuxolo, qadimiy turk manbalarida toqar, toxri shakllarida qayd etiladi. Ko‘pchilik olimlar toxarlarni hind-evropa tillari oilasining alohida tarmog‘i hisoblaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar esa ularni hind-evropa til oilasining eron guruhiga kiritadilar. Yunon manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, toxarlar mil. av. II a. o‘rtalarida bir guruh ko‘chmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, janubiy-g‘arbda Yunon-Baqtriya podsholigini bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. I asr) toxarlarni "œBaqtriyaning eng katta xalqi" sifatida tilga oladi. Ilk o‘rta asrlarda Baqtriya o‘lkasining Toxariston nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining ko‘p sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini ko‘rsatadi. Baqtriya o‘lkasi qadimiy Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar so‘zining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar. Toxarlarning ilk vatani masalasi bahsli. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti Shimoliy Qora dengizbo‘yi yoki Volgabo‘yi dashtlari bo‘lib, mil. avv. 3-ming yillikda Old Osiyo orqali Sharqqa, O‘rta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, toxarlarning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston bo‘lib, ular bu yerning tub joy aholisi bo‘lgan va mil. av. so‘nggi asrlarda O‘rta Osiyo va Baqtriyaga ko‘chib o‘tishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qadimiy Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunon-rim manbalaridagi toxarlarni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hozirgi Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini ta’kidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida toxarlarga mansub braxmiy xatida bitilgan ko‘plab qadimiy yozma yodgorliklar topilgan. Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. V-X asrlarda yaratilgan bo‘lib, aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor ko‘li atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. III-IV asrlarga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha so‘zlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini ko‘rsatadi. Z.Validiy fikricha, ular asli ural-oltoy xalqlariga mansub bo‘lib, keyinchalik toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga ko‘chib kelgan hind-evropaliklarning bir guruhi uchun qo‘llanila boshlagan. Xususan, toxar etnonimining yasalishi Ural-Oltoy tillariga xosdir. Ushbu til oilasiga mansub xalqlarda -ar (er) "œodam" ot yasovchi qo‘shimchasi asosida ko‘plab etnik nomlar vujudga kelgan. Jumladan, avar, majar (mojor), bulg‘ar (bulg‘or), tatar, xazar, sabar kabi. Toxar etnonimi ham xuddi shu shaklda paydo bo‘lgan, ya’ni toxar=»tox+ar». Shuningdek, Dunxuandan topilgan ilk o‘rta asrlarga taalluqli "œSak-Xo‘tan-Brahma" yozuvli "œqavmlar va geografik nomlar ro‘yxati"da sharqiy turklarning besh tardush urug‘idan biri tugara etnonimini toxar bilan tenglashtiradilar. O‘g‘uzlarning bir urug‘i bo‘lgan to‘gar nomini ham toxar etnonimi bilan bog‘laydilar. Bular qatoriga turk-mo‘g‘ul qabilasi bo‘lmish jaloyirlarning bir urug‘i toxraut, Old Osiyoda yashagan oqqo‘yunli turklarning tuxarlu singari etnonimlarini qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, fors til guruhiga mansub osetinlarning yana bir nomi digor deb yuritiladiki, tadqiqotchilar uni toxar etnonimining izlaridan biri hisoblashadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:12:15

TUDUN, TUTUN — Turk xononligi boshqaruvidagi unvonlardan biri. Xoqon xonadoniga mansub va bo‘ysundirilgan viloyatlardagi hokimlar faoliyatini nazorat qilib, o‘lpon va soliqlar yi"œgishni tashkil etish maqsadida tayinlangan noib unvoni. Xitoyning Tan-shu yilnomasida VII asrning 40-yillaridan to VIII asrning 40-yillarigacha hukm surgan Choch hukmdorlari tudun unvoni bilan qayd etiladi. Ushbu yilnomada Chochni turli yillarda idora qilgan 4 nafar tudun haqida so‘z boradi.

TUPROQQAL’A DEVORIY RASMLARI VA HAYKALLARI — O‘rta Osiyo hududida saqlangan qadimiy san’at obidalaridan. Tuproqqal’adagi Xorazm shohlari saroyi majmuasi devorlariga ishlangan rasmlar va haykallar mil. I-III asrlarga mansub. Arxeologlar "œShohlar xonasi" (haykallar guruhida ajdodlar ilohiylashtirilgan bo‘lsa kerak), "œg‘alaba xonasi" (goreleflarda shoh shon-shavkati ifodalangan), "œAskarlar xonasi" (shohlar ulkan, jangchilar kichik hajmda aks ettirilgan) va boshqa ramziy atalgan saroy xonalari haykallar, bo‘rtma tasvirlar hamda rangtasvir bilan bezatilgan; rangtasvir haykaltaroshlik hamda monumental bezaklarda keng qo‘llanilgan. Tasvirlar O‘rta Osiyoda keng tarqalgan usulda — quruq ganch suvoqqa mineral bo‘yoqlarga yelim qo‘shib ishlangan: tasvir oq zaminni butunlay qoplab ishlanib, qora bo‘yoqda tasvirning shakli aniq qilib chizib chiqilgan, so‘ng shakllar ichi kerakli ranglar (qora, ko‘k, zangori, qizil, binafsha, pushti va boshqa) bilan bo‘yalgan. Tuproqqal’a devoriy rasmlari va haykallari, asosan, quyidagicha kompozisiya tuzilishiga ega: kengligi 0,5-0,7 m bo‘lgan bezak hoshiyadan iborat pastki qism (mas., moviy suv to‘lqini uzra suzayotgan qizil baliqlar), asosan, tabiiy kattalikda ishlangan turli jonzotlar, odamlar tasvirlari, ov manzaralaridan iborat asosiy qism hamda devor bezagini yakunlovchi ganch bezakli friz ko‘rinishidagi yuqori qism. Asosiy qismda tasvirlangan ov sahnalari, odamlar tasvirlari diqqatga sazovor, mavzuli lavhalar o‘simliksimon naqshlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Yaxshi saqlangan ayrim tasvirlar Xorazm rangtasviri (mas., arfa chalayotgan ayol tasviri)ning ishlanishini kushon-gandxar an’analari bilan bog‘lash imkonini beradi, shuningdek, shunday qiyofalar ham uchraydiki, bu qiyofalar Suriya-Misr yoki Shim. qora dengiz bo‘yi xalqlarining rim davri san’atida uchrashini tadqiqotchilar aniqlagan. Barcha tasvirlar o‘ta erkinlik va haqqoniylik bilan yaratilgan bo‘lib, qadimiy Xorazmning yuksak badiiy madaniyatidan darak beradi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:12:28

TURK, turkiylar — jahondagi eng qadimiy va yirik etnoslardan birining nomi. So‘nggi davrda jahon olimlari, jumladan, o‘zbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimiy xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu atama bundan 3,5-4 ming yil muqaddam rasmsimon ierogliflar bilan yozilgan bitiklarda «tiek» va «tiauk» shaklida uchraydi. Turk so‘zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimiy Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur ko‘zli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb ko‘rsatiladi. Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar ko‘p marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi o‘zgarib turgan. Mil. avv. II asrdan — mil. III asrgacha bo‘lgan davrda turklar hun xoqonligi tarkibida bo‘lganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan. VI asrda turklarda bo‘lgan Ashina avlodi kuchayib turk xoqonligini barpo etgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, IX asrda tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uyg‘ur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uyg‘ur xoqonligi tugatilganidan so‘ng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan. Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi ko‘kturk deb ham ataladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘kturk so‘zi tangriga, ya’ni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, ko‘k bo‘ri totemi bo‘lgan turklar kabi ma’nolarni anglatgan. O‘rta Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida ko‘plab uchraydi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:12:43

TURKASHLAR, TURGASH, TURGESH — ilk o‘rta asr turkiy xalqlaridan biri. Turkashlarning qadimiy ajdodlaridan birini yuechji qabilalari tashkil qilgan. Turkashlar to‘g‘risida ilk ma’lumotlar VII asrning ikkinchi choragidan uchraydi. Ular, asosan, Yettisuvda yashagan. Bu davrda turkashlar g‘arbiy Turk xoqonligi hududida yashagan dulu qabilaviy ittifoqiga kirgan. VII asrning oxirida turkashlar o‘z davlati — Turkash xoqonligini barpo etdi. Turkashlar ikki katta guruh — qora va sariqlarga bo‘lingan. Ular o‘rtasida vaqt-vaqti bilan o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Gardiziyning ma’lumotiga qaraganda, turkashlar ikki urug‘: tuxsi va azlarga bo‘lingan. 766-yili qarluqlar kuchayib Turkash xoqonligini tugatdilar va turkashlarning asosiy qismini o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Turkashlarning qolgan qismi uyg‘urlarga qaram bo‘ldi. L.N.Gumilyovning fikricha, bu voqeadan so‘ng turkashlar xalq sifatida tugatildi. Ularning bir qismi qarluq nomini qabul qildi, qolgani esa uyg‘urlar tarkibiga singib ketdi. Ammo, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, turkashlarning nomi IX asrda ham manbalarda uchraydi. Az va tuxsi urug‘larining nomi esa keyingi asrlarda ham manbalarda tilga olingan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:12:54

TURON — tarixiy-geografik atama. O‘rta asrlar adabiyotlarida (Tabariy, Beruniy, Firdavsiy) Eron va Turon hududiy chegaralari Amudaryo orqali belgilanadi. Dastlab Avestoda qayd etilgan "œtur" etnonimi keyinchalik O‘rta Osiyo dasht va tog‘ yerlarida yashovchi chorvador aholi bilan bog‘langan. Olimlarning fikriga ko‘ra, "œturlar" tushunchasi — bu sak-massagetlarning dastlabki nomi bo‘lishi mumkin. Sak-massagetlar va ularga yaqin qarindosh qabilalar mil. avv. VI-IV asrlarda Oltoy va Janubiy Sibir dashtlarigacha tarqalgan. Bu haqda arxeologik ma’lumotlar ham dalolat beradi va Shinjon-Uyg‘ur o‘lkasida saklar yozuvlarining tarqalishi ham shu fikrni tasdiqlaydi. Mahmud Koshg‘ariyning ta’kidlashicha, Uyg‘uristonning qashqar tumanida "œkansak" tili saqlangan edi. Sharqiy Turkistondagi Xotan vohasidan topib tekshirilgan yozuvlar "œxotan-sak" hujjatlari nomi bilan atalgan. Demak, Turon — faqat O‘rta Osiyo hududining qadimiy atamasi degan xulosa bahslidir. "œTuron’, "œturonliklar" yurti tushunchasini keng hududlar bilan bog‘lash mumkin. o‘rta asr mualliflari ham "œTuron" geografik tushunchasini turlicha tasdiqlaydilar. Ba’zi tarixchi va geograflarning aytishicha, Turon — bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirib, keyinchalik "œTurkiston" tushunchasiga aylangan. Akademik A.Muhammadjonovning fikricha, "œTuron" atamasi sug‘dcha — yer, tuproq, dala va dasht kabi ma’nolarni bildirgan. Shunga ko‘ra, "œTuron" toponimi pasttekislik, dalayu dashtliklar, ya’ni keng yaylovlar degan ma’noni anglatgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:13:04

TO‘NYUQUQ bitigi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680) ning maslahatchisi va sarkarda To‘nyuquq (taxminan 645-726) sharafiga qo‘yilgan (712-716). Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat bo‘lib, janubiy va shimoliy tomonlarga bir-biriga qaratib qo‘yilgan 2 to‘rt qirrali tosh ustunga yozilgan. Janubdagi ustunning balandligi 170 sm, shimolidagisiniki 160 sm. Bitiktoshda Turk xoqonligining qayta tashkil topishi, bu ishda Eltarish xoqonning xizmati, To‘nyo‘quqning xoqonlik shakllanishi, yuksalishidagi, turli o‘lka va qabilalarga qarshi uyushtirilgan harbiy yurishlardagi qahramonligi, vatanparvarligi batafsil bayon etilgan. Yodgorlik nafaqat badiiy-tarixiy asar sifatida, balki qadimgi toponimlar va etnografizmlarni o‘rganish nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir. Mazkur bitiktoshni 1897-yilda rus etnografi Yelizaveta Klements eri Dmitriy Klements bilan birga Shimoliy mo‘g‘ulistonning Bain-Sokto manzilidan topgan. Dastlab, bitiktoshning fotosurati, transkripsiyasi va nemischa tarjimasi V.V. Radlov tomonidan 1899-yilda nashr ettirilgan. Yodgorlik matni dan (dat), ingliz, rus, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:13:18

URXUN-ENISEY YOZUVI, QADIMGI TURK RUNIK YOZUVI — tosh, metall, yog‘och va boshqalarga o‘yib bitilgan qadimiy turkiy yozuvlar. V-VIII a. (ba’zi manbalarda VIII-X a.)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi ko‘rinishidan got (qadimiy german) yozuviga o‘xshash bo‘lganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuvi haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S.Remezov, keyinroq shved olimi F.Stralenberg hamda nemis olimi D.G.Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuvning turkiy xalqlarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P.Abel-Remyuza (1820), so‘ngra rus olimi N.M.Yadrinsev (1889) isbotlagan. Urxun-Yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar o‘rtasida tan olingan yagona fikr yo‘q. Bu haqdagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv o‘z kelib chiqishiga ko‘ra sug‘d va pahlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuvining paydo bo‘lish joyi va vaqti ham hozircha uzil-kesil hal qilingan masala emas. Mazkur yozuv o‘ngdan chapga qarab yozilgan va o‘qilgan. Urxun-Yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat bo‘lib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Urxun-Yenisey yozuvi turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini o‘rganishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:13:38

UYG‘UR YOZUVI — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harf-tovush yozuvi; sug‘d yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Dastlabki yozma yodgorliklari VIII asrga mansub. Uyg‘ur yozuvida harflar vertikal chiziq bo‘ylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan o‘ngga tomon joylashtirilgan. harfning so‘zdagi o‘rniga (boshi, o‘rtasi, oxiriga) qarab tegishli o‘rinlarda uning alohida shakllari qo‘llangan. Diniy asarlar, odatda, qat’iy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan. Uyg‘ur yozuvi IX-XIII asrlarda budda diniga sig‘inuvchi turkiy qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv asta-sekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin uyg‘ur yozuvi budda ibodatxonalarida XVIII asrda ham qo‘llangan. XVIII asrda uyg‘ur yozuvi mo‘g‘ullar tomonidan o‘zlashtirilgan va hozirda ham mavjud bo‘lgan mo‘g‘ul yozuvi shakllangan; uyg‘ur yozuvi asosida manjur yozuvi ham yaratilgan.

VAG‘N — ilk o‘rta asr ibodatxonasi.

VAG‘NAT — ilk o‘rta asrlarda ibodatxonalarning bosh ruhoniy mulozimi, ya’ni kohini.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:13:58

VAG‘NZE — ilk o‘rta asrlarda kohinlar tasarrufidagi yerlar.

XANDAQ — qadimgi va o‘rta asrlarda shahar, qal’a, qo‘rg‘on va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan, o‘ra, chuqurlik.

XIONIYLAR — turkiy qabila. Ba’zi tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, dastlab Oltoy tog‘lari atrofida yashashgan va IV asrning birinchi yarmida jan.-g‘arbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘iga kirib kelishgan. Bu erda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram bo‘lib qolgan Kushon podsholigi o‘rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan Xioniylar davlatini (IV-V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub bo‘lib, hunlar bilan aralashganligini ta’kidlaydilar (L.N. Gumilev, S.P. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda xioniylar "œoq hunlar" deb atalgan. IV asrning 70-yillarida xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418-438), Yazdigard II (438-457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar o‘rtaga chiqqan. Ular Oltoy tog‘lari va Sharqiy Turkiston oralig‘idan jan.-g‘arbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) sh.ni o‘ziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qo‘shni bo‘lib qolganlar. V asrning ikkinchi yarmida Xioniylar va Kidariylar davlati hududini o‘z ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi o‘rtaga chiqadi va VI asrning 60-yillarigacha O‘rta Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.

Qayd etilgan