Muallif Mavzu: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 501557 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #45 : 23 May 2008, 17:24:37 »
debo — tovlanuvchi nafis ipak mato.

Dehqon — ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi”, yerdor. Ular o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z tazyiqini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o‘z tazyiq doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag‘rida dunyoga kelgan va yanada boyib yer egallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi. “Dehqon” lar odatda shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomi qo‘rg‘onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo‘lardi. Dehqonlar ilk o‘rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer mulkdorlari bo‘lgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #46 : 23 May 2008, 17:25:04 »
Devg‘isht — xalq tilida paxsa bo‘laklari. Yunusobod oqtepasi devorlari devg‘isht (70x70x70) hajmda uzun va qalin homg‘ishtlardan urib chiqilgan.

Doya — ilk o‘rta asrlarda cho‘ri.

digir — charxpalak va chiqirlarga ariqdan yoki chiqir xandaqdan suv botirgich ko‘za.

dulob — charxparrak; quduqdan suv chiqaradigan charx.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #47 : 23 May 2008, 17:25:26 »
EFTALIYLAR, eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, ye-da — O‘rta Osiyoning shim.-sharqidan Movarounnahr-ning ichki viloyatlariga kirib, mil. V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari hunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Ularning kelib chiqishi tog‘risida turli fikrlar bayon etilgan. A.N. Bernshtamning fikricha, eftaliylar tarkib topgan yerlar o‘rta va quyi Sirdaryo hamda Amudaryoning yuqori havzasidir; A.P. Tolstov esa ularni Orol bo‘ylaridan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Garchi eftaliylarning tarkib topgan joyi qat’iy aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular turkiy etnik elementlar aralashgan o‘rta osiyolik qabilalar (asosan jangovar ko‘chmanchi qabilalar) negizida shakllanganligi ma’lum. Eftaliylar otashparast bo‘lganlar, lekin ular orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar ham bo‘lgan. Eftaliylar yozma manbalarda fetal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. “Eftal” degan nom ilk bor “xeptal” shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida “Eftalon” deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvor deb ham ataganlar, u eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shim.-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shim. hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning ikkinchi yarmida ko‘payib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. V asrda ular Qang‘ davlatini mag‘lubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun eftaliylar Eron bilan qattiq urush olib borgan. VI asrning oxirlarida Eftaliylar davlati inqirozga uchraydi. Turk xoqonligi Movarounnahrni egallaydi. Eftaliylarning jangovar qismi Afg‘oniston va Hindistonning shimoliy mintaqalariga chekinib, ularning keyingi avlodlari shu yerlardagi xalqlarga aralashib, ular bilan qorishib ketadi. Eftaliylarning O‘rta Osiyoda qolgan qismi keyinchalik o‘zbek, turkman xalqlari tarkibiga singib ketadi. Turkmanlar tarkibida va anatoliyalik turklarning tarkibida abdal nomi bilan eftaliylarning keyingi avlodlari saqlanib qolgan. Eftaliylar otashparast bo‘lganligi ma’lum, lekin ularning orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar soni ham orta boshlagan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #48 : 23 May 2008, 17:25:43 »
ELChI — bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil elchigina emas, balki yalavoch, yalafar, rasul atamalari bilan ham ifodalangan. Muxtor vakil hisoblanmish elchi zimmasiga diplomatik aloqalar o‘rnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish, hamkorlikdagi harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshlig‘i yoki hukmdor sulola a’zolarining vafoti munosabati bilan ta’ziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi mas’uliyatlar yuklatilgan. Oltin O‘rda xonligida elchining bosh vazifalari sirasiga hukumat xazinasiga tobe yurtlardan yig‘ilgan o‘lponni o‘z muddatida yetkazish ham kirgan. XI a. yozma obidasi “Qutadg‘u bilig”da elchi etib tayinlanadigan shaxsning bir qator talablarga javob berishi ta’kidlangan. Xususan, uning bilimli, zakovatli, sadoqatli, ko‘zi to‘q, bosiq, uyat-andishali, keng qamrovli, zehnli, dono, ziyrak, ichimlik ichmaydigan, ko‘rkli, mard, shirin so‘zli bo‘lishi talab etilgan. “Elchi” atamasi ilk bor qadimgi turkiy Enasoy runiy bitigida qayd etilgan bo‘lsa, «yalavoch» atamasi birinchi marta Oltinko‘l yaqinidan topilgan Enasoy yodnomasida ko‘zga tashlanadi. Mazkur qadimgi turkiy bitigda 711 yilning avgust-sentyabrda Tibetga Turk xoqonligidan kelgan diplomatik vakilning tashrifi xususida gap boradi. Chingiziylar davrida elchilar darajasiga qarab oltin, kumush, cho‘yan, jez va yog‘och payza bilan ta’minlangan. Elchi o‘z vataniga qaytishdan oldin diplomatik vakolati tugayotgan davlat boshlig‘idan maxsus yorliq — ijozat qog‘ozi olishi lozim hisoblangan. Elchining o‘ldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatik munosabatlarning keskinlashuviga, ba’zan uzilishiga olib kelgan. Jumladan, O‘trorda mo‘g‘ul elchilarining Xorazmshoh tomonidan qatl qilinishi Movarounnahrning Chingizxon boshliq istilochilar tomonidan zabt etilishini tezlashtirdi. Amir Temur va Temuriylar davrida Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor berilgan. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va elchilik aloqalarini o‘rnatgan. Tashqi savdoni kengaytirishda temuriylarning turli mamlakatlar (Xitoy, Tibet va Hindiston va b.) bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #49 : 23 May 2008, 17:26:03 »
etnik munosabatlar — aholining o‘zaro munosabatlari.

Galereya (fransuz. qalerie) — 1) Peshayvon, bostirma; binolarda yon devorlaridan biri o‘rniga ustunlar o‘rnatilgan usti yopiq, uzun, ensiz ayvonli qurilma; uzun balkon; 2) Yon devorlarining biri oynavand qilib qurilgan uzun zal; 3) O‘rta asrlarda saroy va uylarning rasm va haykallari bilan bezatilgan yo‘laklari.

Guvokor — ilk o‘rta asrlarda So‘g‘ddagi savdogarlar.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar
« Javob #50 : 23 May 2008, 17:27:59 »
gyol — sopol gardish, sopol uzuk — tunnellar tutqichi.

Ixshid — 1) Sug‘d va Farg‘ona podsholari unvoni (V-VIII asrlar). Ilk o‘rta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Ular turli nomda yuritilgan. Buxoro vohasida — buxorxudorlar va vardonxudotlar, Miyonko‘lda — dabusshohlar, Usrtushonada — afshinlar, Choch va Iloqda — budun va tudun va boshqalar. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulolalariga mansub bo‘lgan. Bu davlatchalar orasida Sug‘d ixshidlari eng qudratli sanalgan. Ularning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Ixshid atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar — chokarlari bo‘lgan badavlat dehqonlar to‘plangan edi. Sug‘d ixshidlari Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshab mulklarini bir ittifoqqa birlashtirgan. Samarqand ixshidlari saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Samarqand ixshidlari yaqin-olis davlatlar bilan elchilik aloqalari olib borganlari ma’lum. Masalan, Afrosiyob devoriy rasmlarida Sug‘d ixshidlari Varxumanning Chag‘oniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlangan. Arab istilochilariga qarshi kurashda Sug‘d ixshidlari Tarxun katta jonbozlik ko‘rsatgan. VIII asr boshida (712) Samarqandni arablar bosib olgach, Sug‘d ixshidlari poytaxtni Ishtixonga ko‘chirganlar. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, ixshid unvoni bekor qilingan; 2) Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935-969-yillar) vakillari unvoni.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #51 : 26 May 2008, 15:05:09 »
IZDAHOM — mehmondorchilik. 1953-1955-yillarda arxeolog L.I. Albaum Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joylashgan Bolaliktepa yodgorligini qazib ochib o‘rganganida kattagina xonaning devorlarida rangli bo‘yoqlar bilan izdahom tasvirlangan.

JORIYA — cho‘ri.
 
KADIVAR — O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda iqtisodiy jihatdan boy tabaqaga butunlay qaram bo‘lib qolgan qishloq ahli. Zamindorlar qishloqlarda o‘z taxyiq doiralarini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlagan. Shuning uchun ham ular ilk o‘rta asrlarda “dehqon’, ya’ni “qishloq hokimi” nomi bilan shuhrat topgan. Ularga qaram kishilar “kadivar” ya’ni “qishloq qo‘rg‘onlarida yashovchilar”, deb atalgan. Qishloq jamoasi ichida o‘z erkidan mahrum bo‘lgan kadivarlar paydo bo‘lgan. Sug‘d, Xorazm va Toharistonda dehqonchilik qiluvchi mahalliy aholining kattagina qismi qaram kadivarlarga aylangan. Kadivarlar bu davrda O‘rta Osiyodagi asosiy ijtimoiy tabaqa hisoblangan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #52 : 26 May 2008, 15:05:35 »
KAMPIRDEVOL — Toshkent atrofini o‘rab turgan mudofaa devor.

KASHOVARZ (yerni omoch bilan ag‘daruvchi) — ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda dehqonchilik bilan shug‘ullangan qishloq aholisi. Kashovarzlar ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a’zosi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarli asosiy qismi qo‘shchi-kashovarzlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi.

KOH — saroy, ichki qal’a, ark, o‘rda.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #53 : 26 May 2008, 15:06:02 »
KORIKOR — ilk o‘rta asr xizmatkori.

KOROPLASTIKA — ma’budalarning sopol haykalchalari.

KULTEGIN BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Eltarish xoqonning o‘g‘li Kultegin sharafiga qo‘yilgan (732-yil 14-avgust). Ulan-Batordan 400 km janubda, Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Bo‘yi 3 metr 15 sm, eni 1 metr 24 sm, qalinligi 41 sm. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bitikni esa Kulteginning jiyani Yo‘llug‘ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xoqon og‘o-inilariga, qarindosh-urug‘lariga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hokimiyatni mustahkamlash, o‘zaro urush-janjallarga chek qo‘yish, ittifoq bo‘lib yashashga chaqirish bo‘lgan. Kultegin bitiktoshini Bilga xoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N.M. Yadrinsev mo‘g‘ulistonning Kosho Saydam vodiysida Ko‘kshin-Urxun daryosi bo‘yidan topgan. Dastlab bitiktoshni hech kim o‘qiy olmagan. Uni Urxun yozuvini o‘rganib chiqqanidan so‘ng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-yil o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, daniya, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #54 : 26 May 2008, 15:06:21 »
KO‘HANDIZ (fors. — eski, qadimgi) — ko‘hna, diz-qal’a, qasr, saroy, ark. qal’aband maxsus istehkom. Asosan, qal’aning tarkibida saqlangan qad. qismi.

KO‘SHK (ko‘chik) — to‘rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog‘ochdan qurilgan yengil inshoat, istehkomli baland qo‘rg‘on.. Kelib chiqishi jihatidan oddiy o‘tovga borib taqaladi. O‘rta asrlar Sharq me’mroligida keng tarqalgan. Dastlab qadimgi ko‘chmanchi xalqlarning ko‘chib yurishiga qulay uy (ko‘chik) sifatida paydo bo‘lgan. Arava ustiga o‘rnatilgan ko‘shklardan ham foydalanilgan. Keyinchalik ko‘shklar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bog‘lar ichida qurilgan. Tarixiy manbalarda ko‘shk namunalari haqida ma’lumotlar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568-yilda O‘rta Osiyo ko‘chmanchilarining xoqoni o‘rtasida 4 tovus haykalini ko‘tarib turgan ko‘shkni ko‘rgani haqida yozgan. 738-yilda Termiz yaqinida arab sarkardasiga oltin va kumush bilan bezatilgan 2 ko‘shk taqdim etilgan va boshqa X-XV asrlarda ko‘shk me’morligi rivojlanib, aksari bog‘ ichkarisidagi sinchkori yengil qurilmalar (ko‘shklar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziynatli, hashamatli, ko‘rkam imoratlari bilan ko‘zga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bog‘lar ichidagi ko‘shklar shaklu shamoyili bilan me’moriy taraqqiyotida yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (XIV-XVI asrlar) bog‘-rog‘lar ichidagi ko‘shklar haqida tarixiy manbalar aniq ma’lumot beradi. Samarqanddagi Ko‘ksaroy, Shahrisabzdagi Oq saroyni Bobur ko‘shklar qatoriga kiritgan.

LABIRINT (yunoncha labyrinthos) — xonalari behad ko‘p, yo‘laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino. Xorazmning janubida devorning qoq belida mustahkam labirint bo‘lgan. Dalon, g‘ulom gardish; darvoza og‘zi istehkomi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #55 : 26 May 2008, 15:06:45 »
LAG‘M — tunel, yer osti yo‘li.

MAZDAKIYLAR HARAKATI (V asrning 90-yillari — VI asr 20-yillari) — Sosoniylar davlatidagi xalq harakati.g‘oyaviy rahbari — Mazdak. Mazdakiylik ta’sirida vujudga kelgan. Mazdakiylar harakati jamoa huquqlarini qayta tiklash, yer-suv va mol-mulkka barobar egalik qilish, hammaning teng huquqli bo‘lishini ta’minlash uchun kurash shiori ostida boshlangan edi. Mazdakiylar harakatining boshlang‘ich davrida sosoniylar podshosi Qubod I (488-531) bu harakatdan o‘z manfaatlari maqsadlarida foydalanishga intilgan va mazdakiylar yordamida yirik yer egalari, zodagonlar va zardusht kohinlarining mustaqilliklarini tugatmoqchi bo‘lgan. Lekin Mazdakiylar harakati kuchayib ketishi, zodagonlar va kohinlarning mol-mulklarini tortib olinishi shohni cho‘chitib qo‘ygan. 528/529-yili Qubod I ning o‘g‘li Xusrav I Anushirvon Mazdakiylar harakatini shafqatsiz bostirgan va Mazdakni qatl ettirgan.

MAZDAKIYLIK — diniy-falsafiy ta’limot. Asoschisi Mazdak. Mazdakiylar harakati davrida Eronda keng tarqalgan. Mazdakiylik ta’limotiga ko‘ra, olamda bo‘ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko‘zlab harakat qiluvchi yaxshilik, yorug‘lik manbai bilan ko‘r-ko‘rona va tasodifiy harakatlanuvchi yomonlik, qorong‘ulik (johillik) manbai o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash “yaxshilik”ning “yomonlik” ustidan g‘alabasi bilan tugallanadi. Mazdakiylikda birinchi o‘rinda sof falsafiy va diniy masalalar emas, ijtimoiy masalalar turadi. Mazdakiylikda asosiy yovuzlik boylikka hirs qo‘yish va kambag‘allik, deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. Mazdakiylikning asosiy g‘oyasi mulkiy tenglikni o‘rnatishdan iborat. Bu tenglik barcha moddiy boyliklarga dehqonlar jamoasi orqali egalik qilish, ya’ni moddiy boyliklar odamlarga teng taqsimlanishi kerak deb tasavvur etiladi. Bu g‘oya xalq ommasi ichida keng tarqalib, mazdakiylik harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Bu ta’limot garchi xayoliy bo‘lishiga qaramay, uning adolatsizlik va zulmga qarshi qaratilgani, tinchlikka chaqirishi ijobiy ahamiyat kasb etdi. Mazdakiylik keyingi asrlar davomida Eron, O‘rta Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlarning va shahar kambag‘allarining (Abu Muslim, Muqanna, Bobak qo‘zg‘oloni) kurash bayrog‘i bo‘lib qoldi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #56 : 26 May 2008, 15:07:07 »
MONIYLIK — III asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kurashni e’tirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko‘ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi) dan iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Moniyda zardushtiylik va xristianlik g‘oyalari mavjud. Moniylik dunyoning ko‘p mamlakatlariga, jumladan, Italyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. VIII asrda Uyg‘ur xonligiga hukmron dinga aylangan. Moniy VIII-IX asrlarda islom tarafdorlarining ta’qibiga uchraydi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u XIV asrga kelib taqiqlandi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #57 : 26 May 2008, 15:07:19 »
MUG‘ QAL’A HUJJATLARI — Mug‘ qal’a xarobalaridan topilgan hujjatlar majmuidan iborat o‘ziga xos arxiv qoldig‘i (milodiy VII asr oxiri — VIII asr boshi). Uning tarkibidagi jami 80 hujjatdan 74 tasi fanda shartli ravishda “milliy sug‘d yozuvi” yoki Samarqand sug‘d yozuvi deb nomlangan yozuvda bitilgan. 3 ta hujjat xitoy yozuvida bo‘lib, mazkur arxiv mazmuniga daxldor emas. Xitoycha matn bitilgan qog‘ozning orqa toza yuzasidan yozuv materiali sifatida foydalanilgan. 2 ta hujjat arab yozuvini kufa usulida bitilgan va arxiv mazmuniga aloqador. 1 ta hujjat teri yuzasiga qadimgi turk-runiy yozuvda bitilgan. Hujjatlar bitilgan materiallar turlicha. 20 dan ortiq hujjat oshlangan teri yuzasida va bir qancha hujjat xitoy qog‘ozlarda yetib kelgan. Hujjatlarning mazmun doirasi xilma-xil, ularning bir turkumi huquqiy (nikoh va bu munosabat bilan oila mulkiy munosabatlari haqidagi masalalarni aks ettiradi) munosabatlarga oid. Hujjatlarning yana biri tegirmon ijarasi, ikkinchisi yer mulkchiligi haqidagi hujjatlardir. Bir turkum hujjatlar diplomatik yozishmalar toifasiga kiradi. Hujjat mazmun e’tibori bilan arab bosqinchiligi voqealari bilan bevosita aloqador, unda xalifalik noibining Movarounnahrdagi omili Abdurrahmon binni Subhning Panch hokimi Devashtichga ogohlantirish va do‘q-po‘pisasi ifoda topgan. Yana biri diplomatik maktub Devashtich tomonidan Rust hokimi Afarunga yozilgan bo‘lib arablarga qarshi harbiy kuchlarni birlashtirish masalasiga ishorat qiladi. Arxiv hujjatlarning kattagina guruhi framandar (xo‘jalik ishlari bo‘yicha nozir) nomiga yozilgan Devashtichning buyruqlaridir. Yana bir qancha hujjatlar Sug‘d davlatining xo‘jalik munosabatlarini aks ettiradi. Ular orasida teri oshlash, charmgarlik, ziroatchilik, bog‘dorchilik va boshqa xo‘jalik sohalarining arab istilosi kunlaridagi ahvolini ko‘rsatuvchi bir qancha hujjat namunalari bor. Yana bir guruh hujjatlarda moliyaviy munosabatlar aks etgan bo‘lib, avvalo, saroy ehtiyojlari uchun xarajatlar ro‘yxati, turli xil to‘lovlar haqidagi axborotlar, soliq va boj yig‘malaria kabi bevosita moliya iqtisod munosabatlari aks etgan. Mug‘ qal” hujjatlarining tarixiy manbalik ahamiyati g‘oyat darajada yuksak baholanadi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #58 : 26 May 2008, 15:07:42 »
MO‘LA — shahar devorlarining burji, minorasi.

NAF — ilk o‘rta asrlarda So‘gdda shahar va qishloq aholisi. Ijtimoiy jihatdan u bir nechta tabaqaga bo‘lingan.

NAJJORLIK — duradgorchilik.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
tarix
« Javob #59 : 26 May 2008, 15:08:16 »
ONGIN bitigi — mo‘g‘ulistondan topilgan marmar bitiktosh, O‘rta Osiyo aholisi tarixini o‘rganishdagi qimmatli manba.

OQTEPA — O‘rta Osiyoda qadimgi binolar qoldiqlari va arxeologik madaniy qatlamlar saqlangan tepaliklar nomi. Masalan, Toshkent shahrining o‘zida bir qancha Oqtepalar mavjud.

OTASHGOH, olovxona — otashparastlar sig‘ingan, doimiy olov yonib turadigan maxsus bino. Har bir shahar va kattaroq qishloqda otashgohlar bo‘lgan. Ular qavm raisi tomonidan tayinlangan ozarbon (otashbon) tomonidan qo‘riqlanib, nazorat qilib turilgan. Xalq doimiy olovdan tutantiriq olib, uylarida olov yoqqan. Qadimda hokimiyatni qo‘lga olgan har bir podshoh o‘z nomidan maxsus otashgohlar qurdirgan. Doro otashgohi, Anushervon otashgohi, Afrosiyob otashgohi yoki Mitra, Anaxita otashgohi deb nomlangan otashgohlar shu tarzda paydo bo‘lgan. Persepol, Isfahon, Yazd, Xuroson (Eron), Xorazm va Surxondaryoda qadimgi otashgohlar topilgan. Doro I zamonidan boshlab otashgohlarni binolarning janub tomon etagiga, aholi gavjum yashaydigan shaharlarning chetrog‘iga qurish rasm bo‘lgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

 

Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 250466
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
O'qishga kiruvchilar uchun yordam

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 33353
So'nggi javob 12 Fevral 2009, 18:02:29
muallifi Abdullоh
O'zbekiston tarixidan nimalarni bilasiz!!!

Muallif asrBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 41289
So'nggi javob 16 Iyun 2009, 12:26:52
muallifi Musannif Adham
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 318218
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Ekran (rabochiy stol) uchun chiroyli rasmlar

Muallif AbdusalomBo'lim Umumiy

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 43712
So'nggi javob 04 Dekabr 2009, 05:59:45
muallifi Mahdiyah