Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701397 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 15:22:27

TOXARISTON, TO‘XORISTON — hozirgi janubiy O‘zbekiston, janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan tarixiy viloyat. Shimolda Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan tarixiy viloyat. Shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Herirud daryolari, sharqda Pomir bilan chegaralangan. "œToxariston" nomi mil.avv. II asrda Yunon-Baqtriya podsholigi tugatgan ko‘chmanchi qabilalardan biri — toxarlar nomidan olingan. Fors va arab tarixchi, geograflari (IX-XIII asrlar) "œToxariston" atamasini V asrdan XIII asrgacha qo‘llagan. Toxariston milodiy I-IV asrlarda Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning o‘zagini tashkil qilgan. Kushon podsholigi parchalangach, Toxariston alohida mulklarga bo‘linib ketgan. VII asr boshida Syuan Szanning so‘zlariga ko‘ra, Toxariston 27 ta alohida mulk: Balx (Baqtriyaning sobiq poytaxti), Qunduz (Shimoliy Afg‘onistonda), Termiz, Chag‘oniyon, Xuttal va boshqalardan iborat bo‘lgan. V-VI asrlarda Toxariston mulklari eftaliylarga. VII asrda Turk xoqonligiga tobe bo‘lgan. 618-yil turk xoqoni To‘nyabg‘u (618-630-yillar) Toxaristonni to‘ng‘ich o‘g‘li Tardushodga topshirgan. U yabg‘u unvoni bilan Toxaristonda hukmronlik turkiy sulola asoschisi bo‘lgan. VIII asrning birinchi yarmida Toxaristonni arablar zabt etgan. Keyinchalik u Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G‘uriylar davlati tarkibiga kirgan. XIII asr boshida Toxariston mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron qilingan. O‘zbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar Toxariston O‘rta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lganligini ko‘rsatdi. Toxariston O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan. Kushonlar va ilk o‘rta asrlarda Toxariston O‘rta Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol o‘ynagan. IX-XIII asrlarda Toxariston islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:22:57

TUNKAT — o‘rta asr shahar xarobasi (milodiy V-XII asrlar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. Umumiy maydoni 50 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lib, atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan. Tunkat o‘rnidagi qishloq V asr boshlarida chorvador qabilalarning o‘rtoqlashishi tufayli vujudga kelgan. VI asrga kelib qishloq shaharga, VI asr oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor tog‘larida oltin va kumush konlari mavjudligi Tunkatning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. Tunkat arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan ko‘plab metal, shisha va sopol buyumlarning topilishi, Tunkatda hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. Tunkatdan, shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, qurol-yarog‘lar va ko‘plab tangalar topilgan. Tunkatning o‘z zarbxonasi bo‘lgan. Qoraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va Tunkatning savdo yo‘lidan chetga chiqib qolishi natijasida XI asrning ikkinchi yarmidan shahar tanazzulga uchragan. XII asrdan Tunkat kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:27:25

TUPROQQAL’A — qadimiy shahar-qal’a xarobasi; III-IV asrlardagi xorazmshohlar qarorgohi. Hozir Beruniy shahri atrofidagi hududda joylashgan. 1938-50-yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisi-yasi tomonidan o‘rganilgan. Tuproqqal’a tarhi to‘g‘ri burchakli (500А…350 m) bo‘lib, gumbazsimon yo‘lakli va burjli mudofaa devori bilan o‘ralgan. Devorning mustahkam jan. darvozasidan otashkada tomon markaziy ko‘cha o‘tgan. Ko‘ndalang tushgan ko‘chalar shaharni o‘nta kvartal (mahalla)ga ajratgan. Tuproqqal’aning madaniy qatlamidan, milod boshlaridan VI asrgacha bo‘lgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. Tuproqqal’aning shimoliy-sharqiy qismida maxsus ko‘tarma supa (balandligi 14 m, maydoni 80А…80 m) ustiga xom g‘ishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib balandligi 25 m li uch ta minorasi bo‘lgan ark binosi (mayd. 40А…40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan ko‘tarma yo‘lak orqali kirilgan. Tuproqqal’ada 100 ga yaqin turar joy, xo‘jalik binolari va sakkizta saroy xonalari qazilgan. Xonalar devori bo‘rtma naqshlar va relefli rangli haykallar bilan bezatilgan. Tuproqqal’aning sharqiy qismida qurol-aslaha ustaxonasi bo‘lgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli o‘qlar, saroyning yemirilib ketgan ikkinchi qavatidagi podsho arxividan esa teri va yog‘och taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qadimiy xorazmiy tilida bitilgan (I-III asrlar). Tuproqqal’adan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, bo‘yra, rangli gilam, ko‘plab haykal bo‘laklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. Tuproqqal’a sug‘orish inshoatlarining buzilishi, harbiy to‘qnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:27:53

TURFON, TULUFON — Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi shahar, Sizyan-Uyg‘ur muxtor tumanida, Turfon soyligining shimoliy chekkasida joylashgan. Mil.avv. II asrda Turfon xunlarga tobe bo‘lgan, VI asr oxiridan Turk xoqonligi tarkibida, keyinchalik Uyg‘ur xonligi poytaxti. 1209-yilda mo‘g‘ullar egallagan. Mog‘uliston xoni Vaysxon davrida (1418-1425) Turfon iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuksalgan. XV-XVII asrlarda Chig‘atoy xonlari qarorgohi bo‘lgan. 1758-yilda xitoylar bosib olgan va Turfon aholisining ko‘pchiligi Uch shahri (Uchturfon) ga ko‘chirilgan. Turfon shahrida sug‘d yozuvi saqlanib qolgan.

TURK XOQONLIGI (VI-VIII asrlar) — O‘rta Оsiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o‘lkalarni o‘z ichiga оlgan yirik saltanat. Og‘a-ini Bumin va Istami 55-yil Turk xoqonligiga asоs sоladilar. Bumin o‘zini xоqоn deb e’lоn qiladi.

TURKASH XOQONLIGI (699-766) — ilk o‘rta asr turkiy davlatlaridan biri. VII asrning oxirida g‘arbiy Tyanshanda ko‘chib yurgan turkash qabilalarining boshlig‘i Uch-elig (699-706), Yettisuvdagi Tan imperiyasi gumashtasi Xusrav Burishodni quvib chiqardi va Chochdan Jung‘oriyagacha o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Natijada yangi turkiy davlat tashkil topdi. Uch-elig ikki qarorgohga asos soldi. Biri Navokat shahri Chu daryosi bo‘yida, ikkinchisi Kungut shahri Ili daryosi bo‘yida joylashgan edi. Davlat 20 tuman — tutuqlikdan iborat edi. har birini hokim — tutuq boshqarardi. Uch-elig g‘arbiy turklar hukmdorlarining sobiq "œO‘n o‘q eli xoqoni" unvonini qabul qildi. Shu bilan birga u’Turkash xoqon" unvonini ham joriy etdi. Turkash xoqonlari o‘z tangalarini zarb qilganlar. 711 715-yillarda Turkash xoqonligi Sharqiy Turk xoqonligiga qaram bo‘lib turdi. 715-yili Suluk Chobish-churxoqon (715-737) davlat mustaqilligini qaytadan tikladi. U asosan, bosqinchi arab qo‘shinlari bilan urushlar olib borishga majbur bo‘lgan. Uning vafotidan keyin (737) Turkash xoqonligida "œsariq" va "œqora" turkash qabilalari o‘rtasida o‘zaro urushlar boshlanib ketgan va 766-yili davlat qarluqlar tomonidan tugatilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:28:55

USTRUSHONA (tojikcha Istaravshan), — Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, shaharning bunyod etilishi mil.avv. VI asrga to‘g‘ri keladi. Ustrushona ilk o‘rta asrlarda (V-IX asrlar) O‘rta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geografik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning so‘l qirg‘og‘i bilan Sangzordaryo oralig‘idagi hududni o‘z ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-g‘arbiy qismi va O‘zbeksitonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). Ustrushonaning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Mil.avv. VI asrning 30-yillarida qadimgi Ustrushona hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II o‘z davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning so‘l qirg‘og‘i bo‘ylab 7 ta chegara qal’asi qurdirgan. Mil. avv. IV asrda Aleksandr bu qal’alarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Milodiy V asr oxiri — VII asrda Ustrushona hududi eftaliylar va G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Ustrushonani mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Ustrushona mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qo‘shib olingan. 893-yilgacha Ustrushonani xalifalik vassallari bo‘lgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe bo‘lgan. Ustrushona O‘ratepa nomi bilan dastlab Boburning "œBoburnoma" asarida (XVI asr) tilga olingan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:30:35

VARAXSHA — Qadimgi shahar xarobasi. Buxorodan 40 km shimoli-g‘arbda, Dashti Urganji ko‘lining qadimgi Ranjfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10-20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, Varaxsha mil. avv. II asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad ko‘targan. Varaxsha xarobalarining shimoli-g‘arbida qadimgi qo‘rg‘onlardan birining tashqi devori hamda yarim doira shaklidagi burji (ichki sahni 4,5x5 m) kavlab o‘rganilgan. Devor (qalinligi 1,8-1,9 m) xom g‘ishtdan (hajmi 37x41x10 sm) qurilgan. Devor va burjlarida paykonsimon nishon tuynuklari (ichki tomoni 38-40 sm, tashqarisi 75-80 sm, kengligi 20-22 sm) ochilgan. Mil. avv. II-I asrlarda va milodiy I-II asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy hayot gullagan. III-IV asrlarda Varaxsha tanazzulga yuz tutgan. V asrda Varaxsha yana tiklanib Buxoroning qadimgi hukmdorlari — buxorxudotlarning qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha mustahkam devor bilan o‘ralgan, uning janubiy qismida ark qurilgan. VIII-X asrlarda ayniqsa obod bo‘lgan. Varaxsha va uning atroflari o‘nikki kanal bilan sug‘orilib, Rajfandun vohasidagi eng yirik va markaziy qal’alardan biriga aylangan. Buxoro va Xorazm oralig‘idagi karvon yo‘li Varaxsha orqali o‘tgan (Istaxriy va Ibn Havqal ma’lumotlari). Har o‘n besh Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. Har o‘n besh kunda Varaxshada bir kunlik, yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (navro‘zi kashovarzon, ya’ni dehqonlar yangi yili) o‘tkazilgan (Narshaxiy). Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. XI-XII asrlarda uning hududi eniga 6 km dan ziyod bo‘lgan. XII asrda Varaxsha vohasidagi hayot to‘satdan noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan. 1949-1954-yillarda Varaxsha tarixi va me’morligi o‘rganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom g‘ishtlardan ko‘shminora tarzida o‘rab chiqilgan tagkursi (balandligi 15 m) larning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yo‘laksimon (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud bo‘lgan. Arkning markazida janubiy tomoni mudofaa devoriga yondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5 x 17 m) va G‘arbiy (6,6x7,25 m) mehmonxona hamda Qizil xona (zal) (8,5x12 m) lardan iborat bo‘lgan. Saroy g‘arb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar o‘rnatilgan hashamatli peshayvon bilan o‘ralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlari va toqilari ganchkori qabartma tasvirlar hamda turli xil girihlar bilan bezatilgan. Saroyning Qizil xona va Sharqiy mehmonxonalari to‘la kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang bo‘yoqlar bilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar, fil mingan shahzoda va chokarlarning old va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishonga kamondan o‘q uzayotgan ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda o‘tirgan hukmdor tasvirlangan. Sharqiy mehmoxona devorida tiz cho‘kib, qo‘lida qadah tutgan malika, belida shamshir, bir qo‘lida qisqich ushlagan podshoh, o‘rtada vazasimon otashgohda yonib turgan muqaddas olov-azarxurro, otashgohdan o‘ngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz cho‘kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulg‘a kiygan, qo‘llarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazor, to‘qay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan ekan. Ko‘plab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlar, yerlkasidan o‘q yegan arxar, yelib borayotgan jayran, bedanalar, ayol boshli baxt qushi — Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bog‘lagan suvoriy hamda ko‘pdan ko‘p ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girih parchalari uchraydi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:31:48

VAXON — Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

XIONIYLAR davlati (IV asrning 70-yillari-V asrning 90-yillari) — Orta Osiyada vujudga kelgan ilk o‘rta asr turkiy davlati. Bu davlat Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. IV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘chmanchi chorvador xion qabilalarining hujumi boshlanadi. Ular 353-yilda o‘z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug‘dga bostirib kiradilar. Xioniylar Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram bo‘lib qolgan Kushon podsholigi o‘rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan Xioniylar davlatini barpo qilishgan. IV asrning 70-yillarida xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So‘ngra o‘zaro sulhga kelishib, ular o‘rtasida ittifoqlik ipi bog‘lanadi. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxshan (418-438), Yazdigard II (438-457) davrlarida Xioniylar davlati Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatiladi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:32:20

XUTTALON — Panj bilan Vaxsh daryolari oralig‘ida joylashgan qadimiy viloyat, XVI asrda Ko‘lob deb atalgan. Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

YOYIQ — Ural daryosi o‘rta asr Sharqida shunday nomlangan.

YUNUSOBOD OQTEPASI — arxeologik yodgorlik. Oqtepalar orasida arxeologik jihatidan deyarli to‘la qazib o‘rganilgan. Tepalik ostida dehqon qo‘rg‘oni, qasri va ko‘shkining hamda ularga tutashib ketgan hunrmandchilik mahallalarining xarobalari qayd etilgan. Yunusobod Oqtepasining eng baland qismi 21 metrga, umumiy maydoni 100 gektarga teng. Yunusobod qazib ochilgan dehqon qo‘rg‘oni va qasri tabiiy do‘nglik ustiga o‘rnatilgan tagkursi (platforma) ustiga qurilgan. U ikki qavatli qasr va ko‘shkdan iborat. Birinchi qavatning maydoni — 80x80 metr, ikkinchi qavatning maydoni — 50x50 metrga teng. Ko‘shkining maydoni esa 22x22 metr. Imorat devorlari xalq tilida "œdevg‘isht" deb atalgan paxsa bo‘laklari (70x70x70 sm) hamda uzun va qalin homg‘isht (48x24x10 sm)lardan urib chiqilgan. Binoning tashqi devorining to‘rt burchagida doira shaklidagi to‘rt burji — mo‘lasi bo‘lgan. Mo‘lalar ichkari tomondan ravoqsimon qilib yopilgan uzun yo‘lak — galereya bilan tutashtirilgan. Galereya xalqasi bo‘ylab qator yo‘laksimon kazematlar, toqli eshik o‘rinlari, doira shaklidagi burjxonalar, xona gumabazlari davrimizgacha juda yaxshi saqlangan. Qasr ichida mulkdorning turar joyi, mehmonxona, ibodatxona, omborxona, chillaxona kabi turli xil imoratlar joylashgan. Qazishma jarayonida ko‘plab sopol idishlar, tosh, suyak, metallardan yasalgan buyumlar, qurol-yarog‘, zeb-ziynat, jumladan, temir pichoq, xanjar, bolta, o‘roq, yoy o‘qlarining paykonlari, tosh yorg‘uchoqlar, kumush uzuk kabi ashyolar topildi. Topilmalar orasida nuroniy mo‘ysafidning qiyofasi tushirilgan terrakota ayniqsa diqqatga sazovor. Unda qadimgi Choch (Toshkent) da yashagan aholining etnik qiyofasi mujassamlashgan. Arxeologik topilmalar orasida 18 ta kumush tanga va bir dona mis chaqa topilgan. Ulardan 6 tasi Choch mahalliy hukmdorlaridan sosoniylar shohi Pero‘zning (459-484) dirhamlariga taqlidan zarb etilgan. Ular xalifalikning Ummaviylar xonadoniga tegishlidir. Bulardan tashqari, tepalikdan old tomoniga gajak dumli bars, orqasiga Chochning ayri tamg‘asi va sug‘dcha "œYabg‘u Tarnavch" deb yozilgan Toshkentning mahalliy hokimining tangalari topildi. Ushbu tangalarga asoslanganda Yunusobod qo‘rg‘oni V asrda bino qilinib, VIII asr o‘rtalariga qadar unda hayot bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:32:32

ZANKTEPA YODGORLIGI — Termiz yaqinidagi qadimgi yodgorlik. Zanktepadan VII-VIII asrlarga mansub qayin po‘stlog‘iga bitilgan buddoyi qo‘lyozma matnlari qayt etilgan.

ZOG‘ARIQ — Kanal. Vaqf hujjatlarida Zog‘ shaklida tilga olingan. Ba’zan Zolariq ham deyishadi. Kanal Firdavsiyining "œShohnoma" sida tasvirlangan Zol podshosining nomi bilan atalgan degan fikr bor. Toshkentdagi ba’zi bir toponimlarning kelib chiqishini klassik fors adabiyoti qahramonlarining nomlari bilan bog‘lashadi (Kalkovus — Kaykovus, Bo‘zsuv — Barzu, Zax-Zol va boshqalar). Aniqrog‘i "œsernam", "œzaxkash" ma’nosidagi Zax so‘zi asosida yuzaga kelgan bo‘lishi kerak. Bu kanal hozirgi vaqtda Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlaydi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:32:42

G‘ARBIY TURK XOQONLIGI (589-744) — O‘rta Osiyo, Jung‘oriya va Sharqiy Turkistonning bir qismini o‘z ichiga olgan ilk o‘rta asr davlati. Markazi Yettisuv bo‘lgan. Xoqonning yozgi qarorgohi Mingbuloqda (Isfijob yaqinida), qishkisi Suyob shahrida (Chu daryosi yuqori oqimi sohilida) bo‘lgan. O‘z davrida O‘n O‘q xoqonligi deb yuritilgan. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan. Yarim asrlik hukmronlik jarayonida turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan qorishib ketadi. O‘troq hayotning an’anaviy ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv tartiblari asta-sekin o‘zgaradi. VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiysi esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib taqaladi. Xoqon To‘n yabg‘u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. O‘troq viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "œyabg‘u’ unvoni beriladi. Natijada ular xoqonning noibiga aylanadilar. Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga xoqonlikning vakillari yuboriladi. Bunday vakillar "œtudun" deb yuritiladi. Biroq xoqonlikning ayrim qabilalar o‘rtasidagi xokimiyat uchun tobora kuchayib borgan kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib, bo‘linib ketadi. Vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi qo‘shinlari 657-659-yillarda Yettisuvga bostirib kiradi. Natijada xoqonlik Xitoyga qaram bo‘lib qoladi. G‘arbiy turklarning ularga qarshi muttasil kurashi xoqonlik mustaqilligini tiklab oladi.

Qayd etilgan