Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701304 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 15:33:01

SHARQIY TURK XOQONLIGI — Janubiy Sibir, mo‘g‘uliston, Shimoliy Xitoy hududlarini o‘z ichiga olgan ilk o‘rta asr davlati. Uning markazi O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston) bo‘lgan. Sharqiy turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirida Turk xoqonligining ikki qismga bo‘linib ketishi natijasida tashkil topgan. Sharqiy turk xoqonligi Shibi xoqon (609-619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615-yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi Turk xoqonligi qo‘liga o‘tadi. 618-yilda Suy sulolasini ag‘darib, uning o‘rnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha kidan va shivey qabilalarini, Janubiy-G‘arbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon o‘lkasini bo‘ysundirgach, Xuanxe daryosini kechib o‘tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga El xoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620-630) o‘tiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. ikki marta, 624-626-yillarda poytaxt Chan’anni qurshab oladi. Uning o‘limidan so‘ng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga qaram bo‘lib qoladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:33:37

SHOSHTEPA, CHOCHTEPA — ko‘p qatlamli arxeologik yodgorlik. Toshkent shahri hududida qad ko‘targan eng qadimiy qishloq va ilk qo‘rg‘on — Chochkatning xarobalari (mil. av. VI a. — mil. XVI asrlar). Yodgorlik Jo‘nariqning chap va o‘ng sohillarida joylashgan. Biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 ga. Jo‘nariqning so‘l sohilida joylashgan balalandligi 18-19 m li tik tepa (maydoni 150-120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi bo‘lib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qadimiy dehqonchilik madaniyatining so‘nggi bosqichi (mil. av. VI-IV asrlar)da yashagan o‘troq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan. Arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, mil. av. III asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan janubga tomon siljigan ko‘chmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimiy Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar. Mil. avv. II — I asrlarda Shoshtepada qadimiy qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o‘rab olingan doira shaklidagi qal’a-qo‘rg‘on qad ko‘targan. Qalinligi 4 m li qo‘rg‘on devori yirik xom g‘ishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 m li qo‘rg‘on devorining ichki aylanasi bo‘ylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yo‘lak bino qilingan. Yo‘lak qismlarga bo‘lingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi bo‘lgan. Qo‘rg‘onning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad ko‘targan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yo‘laklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shim. qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning ikki biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qo‘rg‘on binosining umumiy tarhi: yo‘lakli aylanma tashqi devori-yu, xochsimon markaziy binosi, ravoqli peshtoqi-yu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta o‘ylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir me’moriy obidalaridan hisoblangan. Shoshtepaning madaniy qatlamlaridan ko‘pdan-ko‘p ashyoviy topilmalar qayd etildi. Ular orasida uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari: xum, xumcha, ko‘za, bir quloqli va jo‘mrakli ho‘qachalar, ikki quloqli sopol qozonlar, tova, suvdonlar, ho‘kiz boshli kabob qo‘ralar, yoysimon yorg‘uchoqlar, temir pichoq, o‘roq va hakozadan iborat. Topilmalar orasida 2 ta nodir buyum: fil suyagidan yasalgan qadahning bir bo‘lagi va suyakdan ishlangan qalam, ayniqsa, diqqatga sazovordir. hajmi 5 — 3,5 sm.li suyak qadah parchasida boshida ulkan kuloh, keng peshonali, ot yuzli, qirraburun, bodom qovoq, sersoqol va mo‘ylovli o‘rta yoshdagi kishining siymosi qabartma qilib tasvirlangan. Suyak qalamning uzunligi 15 sm. Bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi tomoni esa ilonni boshidek romb shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilmalar mil. birinchi ikkinchi a.larga mansub bo‘lib, Chochda ham qadimda xat-savod bo‘lgani hamda shoshtepaliklar karvon yo‘li orqali Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlari bilan aloqada bo‘lganidan dalolat beradi. Topilmalar ko‘chmanchi dasht bilan o‘troq dehqonchilik vohasi chegarasida uzoq asrlar davomida yonma-yon yashagan hamda bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qadimiy qavmlarning yaratgan o‘ziga xos madaniyatining mahsuli edi. Bu madaniyat fanda qovunchi madaniyati deb ataladi. Istehkomli qishloq sifatida qad ko‘targan Shoshtepa mil.avv. II — I asrlarda ilk shaharcha qiyofasiga kirib, u Sirdaryoning o‘rta oqimida tashkil topgan Qang‘ davlatining dasht bilan Toshkent vohasiga tutashib ketgan chegarasidagi istehkom, hunarmandchilik markazi, ko‘chmanchi chorvador aholi bilan o‘troq dehqonlar o‘rtasida olib boriladigan o‘zaro savdo bozori vazifasini o‘tagan. V a. o‘rtalarida chorvador eftaliylarning jan.ga tomon siljishi oqibatida Sh.da qadimdan o‘tparastlik ibodatxonasi bo‘lgan xoch shaklidagi markaziy bino qabristonga aylantirilgan. VI-VIII asrlar boshlarida Shoshtepada hayot yana ancha yuksalgan. Arab xalifaligi istilosi natijasida Shoshtepa vayron bo‘lgan. XI-XII asrlarda undagi hayot birmuncha jonlansa-da, ammo XVI asrda Shoshtepa deyarli xarobaga aylangan. Garchi Shoshtepada qad ko‘targan qo‘rg‘on to‘la shahar qiyofasida shakllanmagan bo‘lsa-da, biroq u Toshkent vohasida shaharsozlik madaniyatini shakllanishi va rivoji tarixini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:33:49

SHUG‘NON — Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

SHUMAN — Toxaristondagi eng kuchli va nufuzli bo‘lgan viloyat, uning mahalliy hukmdorlari harbiy kuchlar zarur bo‘lgan paytlarda 50 minggacha chokar to‘play olardi.

CHAG‘ONIYON (arabcha Sag‘oniyon) — Surxondaryo (Chag‘onrud)ning o‘rta va yuqori oqimi bo‘ylarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (mil.avv. 630-yil) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qadimgi izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Mil.avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Mo‘lalitepa), mil.avv. I mingyillik o‘rtasida esa ilk shahar (Qiziltepa) vujudga kelgan. Mil.avv. I asr — milodiy I asrda Chag‘oniyon yuejiylar davlatining asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Milodiy I-III asrlarda Chag‘oniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Chag‘oniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq topgan, ko‘plab shahar va qishloqlar vujudga kelgan, Tovar-pul munosabatlari, sug‘orma dehqonchilik, turli kasb-hunarlar, tasviriy va amaliy san’at (ayniqsa, haykaltaroshlik) rivojlangan (Xolchayon, Dalvarzintepa). Milodiy III-IV asrlarning ikkinchi yarmida Chag‘oniyon sosoniy kushonshohlar qo‘l ostida bo‘lgan. Milodiy V asrning ikkinchi yarmi — VI asrda viloyat avval Eftaliylar, so‘ngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. VI asrning ikkinchi yarmidan — VIII asrning ikkinchi yarmigacha Chag‘oniyonni mahalliy sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari — turkiy yabg‘ularga bo‘ysungan. Chag‘oniyonning ayrim hukmdorlari — xidevlar yoki chog‘onxudotlarning ismlari yozma, epigrafik va numizmatik ma’lumotlar bo‘yicha aniqlangan: Fag‘anish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Milodiy VII asrning ikkinchi yarmida Chag‘aniyonga arablar kirib kelgan, ular VIII asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. IX asrning o‘rtasi yoxud ikkinchi yarmidan XI asr boshigacha Chag‘oniyon — somoniylarning eng qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan bo‘lgan hokimlarning merosiy mulki bo‘lgan. Bu sulola amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941-yilda vafot etgan), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad — Abu Ali Chag‘oniy (955/956-yil) Somoniylar saroyida eng muhim ma’muriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipoxsolarlik) egallaganlar, Muhtojiylar davrida Chag‘oniyon tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyotidan tashqari Tojikistonning shimoliy-g‘arbidagi Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan. Chag‘oniyon poytaxti ham Sag‘oniyon deb atalib, Denovdan 6 km janubiy-sharqda Budroch shahri xarobasi o‘rnida bo‘lgan. Chag‘oniyon (Sag‘oniyon) shahrining bu davrda O‘rta Osiyoning eng yirik va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Chag‘oniyon amiri Ahmad bin Muhammad esa ko‘plab buyuk shoirlar (Daqiqiy, Faruhiy, Manjuqiy) homiysi (mamdux) sifatida Sharqda shuhrat qozongan. XI asrning I-yarmida Chag‘oniyon ma’lum darajada qoraxoniylarga qaram bo‘lgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. XI asrning ikkinchi yarmi — XII asrning birinchi yarmida Chag‘oniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. XII asrning ikkinchi yarmi — XIII asrning boshida Chag‘oniyonni qoraxoniylar, qarluqlar, g‘uriylar, xorazmshohlar idora etgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng XIII asr o‘rtasida Chag‘oniyon Chig‘atoyxonning nabirasi Esun Tuvaning, so‘ngra uning o‘g‘li Baroqning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda yangi shahar ilgarigi rabod o‘rnida vujudga kelib, XVI asr boshiga qadar mavjud bo‘lgan, so‘ngra Shayboniyxon tomonidan bosib olingan. Shundan so‘ng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov) ga ko‘chgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:34:04

CHIG‘ATOY OQTEPASI — arxeologik yodgorlik, istehkomli qishloq xarobasi (V-VIII asrlar, X-XII asrlar). Toshkentning shimoli-g‘arbida, Kaykovus kanali bo‘yida joylashgan. Tik yon bag‘irli tepalik shaklida saqlangan ark xarobasining diametri 30 metr, balandligi oltinchi 8 metr bo‘lib, atrofida mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralmagan qishloq joylashgan. Chig‘atoy oqtepasi hududi hozir tepalik shaklida saqlanib qolgan.

CHILONZOR OQTEPASI — Toshkentning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan arxeologik yodgorlik (IV-VIII asrlar; X-XI asrlar). Bo‘zsuv anhori bo‘yida. Chilonzor Oqtepasi balandligi 15 metrli tepalik bo‘lib, atrofida umumiy maydoni 60x75 m2 keladigan qadimgi qishloq xarobasi qoldiqlari joylashgan. Tepalikda olib borilgan qazishmalar natijasida undagi imoratlar majmuasi ustma-ust xom g‘isht va paxsadan qurilganligi aniqlangan. Vazifasiga ko‘ra majusiyalik bilan bog‘liq bo‘lgan, kompozitsiyasi jihatdan bir-biridan farq qiladigan binolar 3-davrga mansubligi aniqlangan. birinchi davrida (IV asr) bino paxsa poydevorning ustiga qurilgan to‘r minorali qasrdan iborat bo‘lgan. Bino kvadrati (13,5x13m2) ichki tomondan gumbazli uzunchoq uch xonaga ajratilgan. ikkinchi davrda (V-VI asrlar) da dastlabki imorat atrofiga yangi xonalar yordamchi xo‘jalik xonalari qurilgan, shinakli qo‘shimcha qal’a devori bilan mustahkamlangan. 3-davr (VII-VIII asrlar) dastlabki imorat qoldiqlari tuproq bilan to‘lg‘azilib, shibbalanishi natijasida vujudga kelgan, 9 metrli tak kursi ustiga qurilgan tepasi ochiq to‘rtburchak 38 x 27 metr 2 hovli ko‘rinishidagi noyob bino bo‘lgan. Hovli sahnining qalin qatlamlaridan organik qoldiqlari, Qovunchi II madaniyatiga xos sopol buyumlar, turkashlarning VIII asrga oid tangasi ham topilgan. Arab Xalifaligi istilosidan so‘ng bino bir qancha vaqt zardushtiylarning dafn etish joyi bo‘lib xizmat qilgan, so‘ngra xarobaga aylangan. Keyinchalik Chilonzor Oqtepasi (X-XI asrlar) xaroba atrofida hayot tiklanib kichik qishloq vujudga kelgan. Hozir Cholonzor oqtepasi atrofida zamonaviy imoratlar qad ko‘targan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:34:25

CHOCH — V-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida hukmronlik qilgan ilk o‘rta asrlardagi davlat. Uning poytaxti Chochkat shahri bo‘lib, podshohi "œtudun" deb yuritilardi. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘ysundiriladi. VIII asrga borganda Choch Eloq bilan birlashib, yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligina tiklab oladi. Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega mamlakat edi. Unda su’gorma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ayniqsa, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. Ilk o‘rta asrlarda Choch vohasi uzil-kesil shakllanib, u 50 ga yaqin sug‘orish shaxobchalari vositasida sug‘oriladi. Dehqonchilikda ko‘proq arpa, bug‘doy va tariq ekilardi. Ayniqsa, Chochning poytaxt shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, yer egaligi qo‘rg‘onlari va ko‘shklari, obod qishloqlar qad ko‘targan edi. Choch va Eloq tog‘lari oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda bu o‘lkada konchilik va unga asoslangan kovlab olishda ayniqsa Eloq O‘rta Sharq mamlakatlarida shuhrat topadi. Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va Eloqda ichki va tashqi savdo-sotiqni kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon beradi. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, g‘alla, quruq meva va yilqilar chetga chiqarilgan. Shahar aholisining bir qismi savdogarchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. VI-VIII asrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o‘rinda turgan. Choch poytaxti tashqi savdo munosabatlarining markazi edi VII-VIII asrlarda Chochda kumush va mis tangachalar yasaydigan zarbxona bo‘lgan. VIII asrda esa kumush dirhamlar hatto Eloqning kumush konlarida ham zarb etilgan. Choch tudunlari old tomoniga mulkdorning portreti, orqasiga gajak dumli sher yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar. Shu davrda zarb etilgan Chochning ayrim tanga pullari orasida podshoh bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu siyosiy hayotda hukmdor ayollarning nufuzini ko‘rsatadi. Chochda turkcha va sug‘dcha so‘zlashuvchi ikki tillilarning safi kengayib boradi. Biroq, Choch o‘lkasi bu davrda Turk xoqonligiga tobe bo‘lishiga qaramay, hali o‘zining tili, yozuvi va qadimiy madaniyati an’analarini saqlab qolgan edi. Bu yerda hali sug‘d tili rasmiy til edi. Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk o‘rta asrlar jamiyatiga xos edi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:34:42

CHOCHKAT — Chochning poytaxti. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — "œMadinat ash-Shosh" (Shoh shahri) deb atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan o`rab olinib, maxsus saroy-qal`a qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uy-ro`zg`or buyumlari bu yerda yuksak madaniyat bo`lganidan dalolat beradi. Manbalarga ko`ra, shahar, ichida saroy, ibodatxona bo`lgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari o`rnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat bo`lgan. Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishloqlari, ilk zamindorlik dehqonlarining qo`rg`on va bog`-rog`lari, istehkomlari paydo bo`lgan. Ekinzor yerlar va bog`lar chekkasida — ko`chmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Chochkat hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarog`-aslahalar, zeb-ziynat va ro`zg`or buyumlari yasashgan, konchilik bilan shug`ullanishgan, paxta va jun-shisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni ta`minlashgan. Shahar qizg`in savdo markazi ham bo`lgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:34:56

TARIXIY SANALAR

216-274-YILLAR — Moniy diniga asos solgan bobillik Moniyning hayot faoliyati. Moniy o‘z targ‘ibotini Midiya va Forsda boshlagan.

305-YIL — Beruniyning yozishicha, Xorazmshox Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko‘chirdi. Kat qayta tiklanib uning yonida joylashgan Alfir qasri ichida Shoh o‘ziga yangi saroy qurdirdi. Xorazmning Afrig‘iy podshohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etilib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladi.

309-379-YILLAR — Sosoniylar shohi Shopur II hukmronligi davrida xiyoniylardan mag‘lubiyatga uchrab, o‘zaro sulh tuzishi va ittifoqdosh bo‘lishi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:35:27

353-YIL — Grumbat boshchiligida xiyoniylar So‘g‘dga bostirib kirishi. Ularni Sosoniylar davlati bilan to‘qnashuvi.

456-YIL — Kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchrab, o‘zlarini qayta o‘nglab ololmaydilar. Ular shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi eftallar bilan to‘qnashadilar. Natijada kidariylar O‘rta Osiyoni tark etib, janubga Shimoliy Hindistonga tomon chekinadilar va u yerlarda 75 yil hukmronlik qiladilar.

456-yIL — Eftallar o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida Xitoyga elchi yubordilar.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:35:42

459-484-YILLAR — Sosoniylar davlatida Pero‘z hukmronligi davrida Eftallar o‘rtasidagi jangu-jadallar avjiga chiqdi. Eftallarga qarshi sosoniylarning uch marta mufaqiyatsiz harbiy yurish olib borishi. Pero‘z dastlabki janglardayoq mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon yuborgan o‘lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Ikkinchi marta Pero‘zning harbiy yurishida ittifoqdoshi Vizantiyaning elchisi ishtirok etadi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Pero‘z 30 xachir o‘lpon to‘lash majburiyatini oladi. Biroq uning xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo‘ladigan mablag‘ topiladi. Shohning Kubod ismli yosh o‘g‘li Eftallar yurtiga garovga yuborilib, Pero‘z tutqinlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida shoh aholi boshiga og‘ir soliq solish yo‘li bilan to‘plagan katta o‘lpon Eftallarga to‘lab turiladi.

460-553-YILLAR — Turk xoqonligining birinchi hukmdori Bumin yashagan.

477-YIL — Shimoliy hind yerlarini egallagan kidariy-lar Ganxara viloyatidan Xitoyga o‘z elchilarini yuborgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:35:53

484-YIL — Pero‘z Eftallarga qarshi 3-marta yurish qilib, halok bo‘lishi. Eftallar Marvni ishg‘ol qilib, Eron ustiga juda katta o‘lpon yuklaydi. Pero‘zning Eftallarga qarshi 3-marta yurish qilishiga quyidagilar sabab bo‘lgan: Pero‘z singlisi o‘rniga cho‘rilardan birini yuborib, Eftallar hukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday hiyla-nayrangi bilan uni nihoyatda ranjitgan edi. Eftallar hokimi Kunxa Eron yuborgan 300 harbiy mutaxasislarni bir qismini o‘1dirishga, qolganlarini esa urib mayib qilishga buyuradi.

488-531-yILLAR — Sosoniylarda Kubod hukmronligi davrida Eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, Vizantiyaga qarshi Eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilishgan. Yil sayin kumush hisobida muayyan bojni mutassil to‘lab turishi.

531-579-YILLAR — Sosoniylar hukmdori Xusrav I Anushervon tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Yabg‘u xoqon Istemiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Xusrav I Anushervon hukmronligi davrida Eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, Vizantiyaga qarshi Eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilishgan. Yil sayin kumush hisobida muayyan bojni mutassil to‘lab turgan.

Qayd etilgan