V ASRNING IKKINCHI YARMI VA VI ASRNING BOSHLARI — O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va sharqda Turkiston yerlarini birlashtirgan Eftallar davlati tashkil topishi. Eftallar davlati siyosiy jihatdan Kushon podsholigiga nisbatan mustahkam bo‘lmasa-da, ammo maydoni jihatidan undan katta edi.
V-VI ASRLAR — Dehqonchilik vohalari tevarak-atrofiga kelib o‘rnashgan ko‘chmanchi eftallarning ommaviy ravishda o‘troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida obikor yerlarga bo‘lgan muhtojlik ortdi. Daryo vodiylari bo‘ylab katta-kichik sug‘orish kanallari qazib bitkazildi. Minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi. Sug‘orma dehqonchilkning kengayishi bilan sug‘orish texnikasi murakkablashib bordi. Shoxariqlar chuqurlashtirilib, sersuv va sershoxa sug‘orish tarmoqlariga aylanadi. Ular daryodan suvni bog‘lab oluvchi va yuqoriga ko‘tarib beruvchi suv inshooatlari bilan jihozlanadi. Chag‘oniyon, Termiz, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naqshab va Toshkent atroflari to‘la o‘zlashtirilib, alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllandi.
V-VI ASRLAR — diniy e’tiqot va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san’at koroplastika ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash va ularga topinish keng yoyilishi.