Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 701458 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 140 B


muxbir  26 May 2008, 15:44:25

VII-VIII ASRLAR — Toxariston aholisining yarmi mahalliy, yarmi turklar bo‘lgan. Aholisi budda diniga sig‘ingan, qator ibodatxonalari va kohinlari bo‘lgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. 25 harfli yozuvi ko‘ndalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan.

VII-VIII ASRLAR — O‘rta Osiyoda raqs, qo‘shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san’atning boshqa turli sohalari ham kamol topgan. Buxoro aktyorlari, Samarqand naychilari, Toshkent o‘yinchi yigit va raqqosa qizlari, Xo‘jand surnaychilari va Kucha bastakorlari bilan shuhrat topgan.

VII-VIII ASRLAR — Termiz yaqinidagi Zangtepa yodgorligida qayin po‘stlog‘iga bitilgan qo‘lyozma topiladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:44:33

VII-IX ASRLAR — Buxoro, Yettisuv, Samarqandda yashagan nasoroiylar haqida arabnavis mualliflar qayd etadilar.

VIII ASR — Buxoro 5 qismdan iborat bo‘lib, u besh qator devorlar halqasi bilan o‘ralgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan.

VIII ASR — Buxoro vohasidagi qadimgi Poykand shahri xarobalari ostida dorixona qoldiqlari kovlab ochilgan.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:44:43

VIII ASR — Choch va Eloq birlashib, yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligini tiklab oladi.

VIII ASR — Chochda kumush dirhamlar Eloqning kumush konlarida zarb etilgan.

VIII ASR — Samarqandda mitropolit nasoroniy, jamoalariga rahnamolik qilardilar.

XI ASR — Nodir yozma manba sanaladigan Mahmud Koshg‘ariyning "œDevoni lug‘otit turk" asarida "œTo‘yin burxonqa yuqundi, to‘ytin sanamga topindi", ya’ni to‘tin butxonaga kirdi va sanamga topindi deb, ta’kidlanadi.

XVII ASR — Runik yoki ko‘kturk bitiklari (qadim turk manbalari) Sibir, mo‘g‘uliston, Oltoy va O‘rta Osiyoda topilishi. Mo‘g‘ilistonda topilgan To‘ntuquq, Qultegin, Bilga xoqon va Ongin bitiklari O‘rta Osiyo aholisi tarixini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:21:57

II BOB

O‘RTA OSIYONING ARABLAR
TOMONIDAN FATH ETILISHI, UNING
OQIBATLARI, XALQ OZODLIK QO‘ZG‘OLONLARI

ARABLARNING O‘RTA OSIYONI FATH ETISHI


Islom dini. Arablar somiy qabilasiga mansub bo‘lib, ularni badaviylar — sahroyilar deb atashgan. VII asrning boshida urug‘chilik tuzumi inqirozga uchrab, arablarda yangi ijtimoiy tuzum — yer egaligi munosabatlari shakllana boshlandi. Arablarni birlashtirish — ijtimoiy va iqtisodiy zaruriyat edi. Vujudga kelgan vaziyatda islom dini arablarni birlashtiruvchi omilga aylandi. Islom dinining asoschisi Muhammad alayhissallom (570-632) bo‘ldilar. 610-yilda Muhammad alayhissalom o‘zini payg‘ambar deb e‘lon qiladi. Islom — "œitoat", "œtobelik" va "œbo‘yin egish" ma‘nolarini anglatgan. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o‘zlarini "œmuslim" (bo‘yin eguvchi) xudo oldida teng ekani, rizq-ro‘zni barchaga Yaratguvchining o‘zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ‘ib etadilar. 622-yil 16-iyulda Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qiladilar. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida hijriy yil hisobi boshlanadi. Qur‘oni Karim — islom dinining muqaddas kitobi bo‘lib, 23 yil davomida nozil bo‘lgan. 630-yilda arablarning ko‘pchiligi islom dinini qabul qiladi.

Muhammad alayhissalom vafot etgach, xalifalik davri (632-1258 ) boshlandi. "œXalifa" — "œo`rinbosar" demakdir. Dastlabki to`rt xalifa xulafoyi roshidiyn — to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi xalifalar hisoblanadi. Bular Abu Bakr (572-634), Umar (582-644), Usmon (576 656), Ali (598-661)dir. Ular hukmronlik qilgan davrda Arabistonda islom dini to`la g`alaba qozonib, o`ta markazlashgan musulmon davlati — Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:22:14

Movarounnahrning zabt etilishi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya‘ni "œdaryoning narigi tomoni" deb atardilar. Shimoliy Afg‘oniston, shimoliy-sharqiy Eron va janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan yerlar Xuroson deb atalardi. Uning markazi Marv shahri edi. Movarounnahrga bo‘lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi ikki bochqichdan iborat bo‘lgan: birinchi bosqichda (651-705) arablar harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash, ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida yurish qiladi. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi qilib tayinlanadi, unga Movarounnahrda arab xalifaligi hukmronligini o‘rnatish vazifasi topshiriladi. Shu tariqa O‘rta Osiyoni arablar tomonidan bosib olinishining ikkinchi bosqichi (705-715) boshlanadi. Ikkinchi bosqichni ahamiyatli tomoni Movarounnahrni arablar tomonidan istilo etish va islom diniga kiritish edi.

Movarounnahrga ilk hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I farmoniga ko‘ra, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro yerlariga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengilib, yuzming dirham miqdorda arablarga boj to‘laydilar, bundan tashqari arablar ko‘p o‘ljalarni qo‘lga kiritib, Marvga qaytib ketadilar. 676 yilda Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo‘shinlari yana Buxoro, Samarqand va Termizga bostirib kirib, katta o‘ljalar bilan qaytadi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:22:24

Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik va mahalliy hokimlar o‘rtasidagi nizolar tufayli mahalliy hukmdorlarning o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashishi amalga oshmadi. Bundan esa arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalandi.
Qutayba ibn Muslim 704-yilda Xurosonga noib etib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoygacha bo‘lgan yerlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklanadi. Harbiy yurishni Qutayba 705-yilda Balx viloyatini atroflarini egallashdan boshlaydi. 707-yilda Qutayba Zarafshon vodiysiga yurish qilib, qadimgi va katta shahar bo‘lgan Poykentni qamal qilib egallaydi.
709-yil Qutayba Vardonze (Shofirkon) hukmdori Vardonxudot ustiga yurish qiladi, Vardonze va Buxoroni egallaydi. 710-yil Shuman, Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib oladi.
711 yili Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay vaziyat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb qiladi. Xorazmda Arab xalifaligi o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 712-yilda Qutayba Buxoro va Xorazmda harbiy kuch to‘plab Samarqandga hujum uyushtiradi, ko‘p talofatdan keyin Samarqand taslim bo‘ldi.
713-715-yillarda Qutayba Toshkent, Farg‘ona viloyatlarini bo‘ysundirib, Qashg‘argacha bo‘lgan yerni bosib oladi va arab noiblarini qoldiradi, yangi tartiblar o‘rnatadi. 715-yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaga g‘anim bo‘lgan Sulaymon taxtga o‘tiradi. Qutayba unga bo‘ysunmay qo‘zg‘olon ko‘taradi. Biroq Qutaybaning o‘zi 715-yilda Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:22:36

Movarounnahrning zabt etilishining oqibatlari. Movarounnahrni arablar tomonidan oson zabt etilishining sabablari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1. Mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar. 2. Mahalliy hukmdorlarning sotqinligi. 3. Aholining turli xil diniy g‘oyalarga sig‘inishi.
Arablar Movarounnahrni zabt etishi natijasida dehqonchilik vohalarni, shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj va tovonlar undirib olindi. Bosqinchilar Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o‘z harbiy qismlarini joylashtirib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni jamoa ishlarga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarning yarmi arablar va ular bilan kelgan ajamlarga bo‘shatib beriladi. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun islom dinini aholi o‘rtasida yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Arablar tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:22:55

ARABLAR HUKMRONLIGIGA QARSHI XALQ HARAKATLARI

Qo‘zg‘olonning sabablari.
Arablar sosoniylarning soliq tartibini joriy qildi. Bunga ko‘ra, aholi ekin maydonlaridan 1/4 "œxiroj", chorva, hunarmandchilik va savdo-sotiqdan 40/1 "œzakot" hamda islom dinini qabul qilmaganlar "œjiz‘ya" kabi jonboshi solig‘i to‘lagan. Istilochilar kuch — xirojda deganlar. Yerli xalqlarni avvalgi barcha haq-huquqlardan mahrum bo‘lishi, madaniyatning oyoq-osti qilinishi, zulm, urushlar, talon-tarojlar, islom dini, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi xalq noroziligini kuchaytirdi, natijada qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Gurak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon. 720-yili Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida Sug‘dda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tadi. Xuroson noibi Said ibn Abdulaziz Sug‘dga qarshi muvaffaqiyatsiz uch marta yurish qiladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun qilgan barcha chora-tadbirlari natija bermaydi. 721 yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib etib tayinlanadi. Uning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Gurak boshchiligida Sug‘d mulkdorlarning bir qismi arablar tomoniga o‘tadi. Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarning boshqa qismi Obgar qal‘asida qo‘lga olinadi. Omon qolish sharti bilan qo‘lga tushirilgan Divashtich Arbinjonga (Kattaqo‘rg‘on bilan Karmana oralig‘i) olib borilib, qatl etiladi. 723-yilda Farg‘ona hokimi Shosh, Nasaf va turklar yordamida arablarni Xo‘janddan to Samarqandgacha ta‘qib qilib boradilar. Soliq siyosatiga qarshi 725-yilda Xuttalonda, 728-yilda Sug‘dda, 736-737-yillarda Toxariston va yana Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor moliya islohotini o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etiladi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘iy nazar xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi. Bundan tashqari oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasida qarindoshlik munosabatlar o‘rnatilishi davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlandi. 720-yildan 737-yilgacha davom etgan xalq qo‘zg‘olonlari arab bosqinchilariga qarshi kurashning birinchi bosqichidir. Qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, ularning oldiga qo‘ygan maqsad va talablari ham turlicha edi. Mahalliy hokimlar o‘zlarining hukmdorligini tiklash uchun imtiyozlarga ega bo‘lish uchun, oddiy xalq esa xiroj va jiz‘yadan va zulmdan ozod bo‘lish uchun kurashdilar.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:23:13

Abu Muslim harakati. Ummaviylar davri (661-749) o‘ta zo‘ravonlik va bosqinchilik siyosati bilan ajralib turadi. Ularga qarshi norozilik kuchayib bordi. Ummaviy xalifalikning qo‘pol siyosatidan mazlum xalqlar hamda arab aholisi, ayniqsa mulkdor tabaqasi ham norozi edi. Ularga qarshi kuchlarga Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali boshchilik qildi. Ummaviylar Rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblandi. Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat ummaviylar sababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladi. Ummaviylarga qarshi ommaviy norozilik ayniqsa Xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchayib ketadi. 747-749-yillarda Abu Muslim harakati — Movarounnahrda ummaviylarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Ummaviylarga qarshi tashviqotni Abu Muslim Xuroson aholisining yuqori tabaqasiga murojaatdan boshlaydi. Abu Muslim Kufaning Savad qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, yoshligida gumashta bo‘lib ishlagan, keyin sarrojlik bilan kun kechirgan. Tim qora rang abbosiylar harakatining timsoli sanalgan. Abu Muslim va uning tarafdorlari qora libos kiyib, qora bayroq ostida ummaviylarga qarshi kuchlarni birlashtirishga kirishadilar. 749-yilda qo‘zg‘olon g‘alaba bilan tugab, ummaviylar ag‘darib tashlanadi, ularning o‘rniga abbosiylar vakili Abul Abbos Saffox xalifalik taxtiga o‘tiradi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi bilan mehnatkash aholining ahvolida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. 750-yilda Buxoroda Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olonni Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan bostiradi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan Xitoy qo‘shinlari 751-yilda Talos vodiysiga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin ularni bu yerdan quvib chiqaradi. 755-yilda Abu Muslim xalifa buyrug‘iga ko‘ra o‘ldiriladi. Uni o‘chini olish uchun 755-yilda Nishopurda Sumbad boshchiligida 70 kun davom etgan qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olon xalifa tomonidan bostiriladi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:23:31

"œOq kiyimliklar" qo`zg`oloni. 769-783-yillarda Movarounnahrda "œOq kiyimliklar" qo`zg`oloni bo`lib o`tadi. Qo`zg`olonga Muqanna boshchilik qiladi. Uning asli ismi Hoshim ibn Hakim bo`lib, marvlik matolarga oxor beruvchi hunarmand bo`lgan. U Marv yaqinidagi Koza qishlog`ida tug`ilgan bo`lib, "œMuqanna", ya`ni "œNiqobdor" nomi bilan mashhur bo`lgan. Xurosonda kichik lashkarboshidan vazir darajasigacha ko`tarilgan. Mazdak ta`limotini targ`ib qilib, payg`ambarlik da`vosini qilganligi uchun Bag`dod zindoniga tashlangan. Uning targ`iboti ayniqsa Naxshob va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som qal`asini o`z qarorgohiga aylantiradi. Bu qo`zg`olon ayniqsa Sug`dda avj olib, Iloq va Shoshga ta`sirini o`tkazadi. "œOq kiyimlik"larga zarba berish uchun xalifa Abu Ja`far 775-yilda Jabroil boshchiligida katta qo`shin jo`natadi. Biroq, u qo`zg`olonchilar tomonidan mag`lubiyatga uchratiladi. 776 yilda Narshaxdagi qo`zg`olon bostirilgach, arablar asosiy kuchlarni Samarqand va Keshga tashlaydilar. Xalifa Maxdiy 777-yilda qo`zg`olonga uzil-kesil zarba berish maqsadida harbiy kuchlarni to`plash maqsadida Nishopurga keladi. "œOq kiyimlik"lar va turkiy qabilalar Samarqandda ikki yil jang qilib, qo`zg`olonchilar yengiladilar. Kurashning oxirgi bosqichida Kesh vodiysida janglar qizib ketadi. Muqannaning ukasi Qabzam, Som qal`asining mudofaasiga qo`mondonlik qilgan Sarhama o`z qo`shinlari bilan taslim bo`ladilar. Muqanna arablarga taslim bo`lishni istamay yonib turgan tandirga o`zini tashlab halok bo`ladi.

Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni. "œOq kiyimliklar" qo`zg`oloni mag`lubiyatga uchragach, 806-810-yillarda Rofe ibn Lays boshchiligida Samarqand, Buxoro, Shosh, Naxshob va Xorazm aholisining qo`zg`oloni bo`lib o`tadi. Xuroson noibi Ma`mun (806-819) Somonxudot nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan yordam so`rab qo`zg`olonni bostiradi. Somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari natijasida Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar qo`liga o`tishiga yo`l ochiladi.

Qayd etilgan