II BOB
O‘RTA OSIYONING ARABLAR
TOMONIDAN FATH ETILISHI, UNING
OQIBATLARI, XALQ OZODLIK QO‘ZG‘OLONLARI
ARABLARNING O‘RTA OSIYONI FATH ETISHI
Islom dini. Arablar somiy qabilasiga mansub bo‘lib, ularni badaviylar — sahroyilar deb atashgan. VII asrning boshida urug‘chilik tuzumi inqirozga uchrab, arablarda yangi ijtimoiy tuzum — yer egaligi munosabatlari shakllana boshlandi. Arablarni birlashtirish — ijtimoiy va iqtisodiy zaruriyat edi. Vujudga kelgan vaziyatda islom dini arablarni birlashtiruvchi omilga aylandi. Islom dinining asoschisi Muhammad alayhissallom (570-632) bo‘ldilar. 610-yilda Muhammad alayhissalom o‘zini payg‘ambar deb e‘lon qiladi. Islom — "œitoat", "œtobelik" va "œbo‘yin egish" ma‘nolarini anglatgan. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o‘zlarini "œmuslim" (bo‘yin eguvchi) xudo oldida teng ekani, rizq-ro‘zni barchaga Yaratguvchining o‘zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ‘ib etadilar. 622-yil 16-iyulda Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qiladilar. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida hijriy yil hisobi boshlanadi. Qur‘oni Karim — islom dinining muqaddas kitobi bo‘lib, 23 yil davomida nozil bo‘lgan. 630-yilda arablarning ko‘pchiligi islom dinini qabul qiladi.
Muhammad alayhissalom vafot etgach, xalifalik davri (632-1258 ) boshlandi. "œXalifa" — "œo`rinbosar" demakdir. Dastlabki to`rt xalifa xulafoyi roshidiyn — to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi xalifalar hisoblanadi. Bular Abu Bakr (572-634), Umar (582-644), Usmon (576 656), Ali (598-661)dir. Ular hukmronlik qilgan davrda Arabistonda islom dini to`la g`alaba qozonib, o`ta markazlashgan musulmon davlati — Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi.