Imom al-Buxoriyning "Jome'us Sahih" kitoblarini kiritish loyihasi  ( 4743 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  25 May 2008, 11:43:35

Assalomu alaykum!
Hozirgacha forumimizda Qur'oni karim (Alovuddin Mansur tarjimalari) va bir qancha mo'tabar diniy manbalar kiritib bo'lindi.

Imom al-Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" to'plamlarining 2 ta (1- va 3-jildlar) jildi ham forumga kiritilgan.

Shu kitoblarning 2- va 4-jildini kiritish ham boshlandi.

Sizlardan bu xayrli ishga qo'shilishingizni so'rayman.

Kimda shu kitoblar bo'lsa, men skaner qilingan variantini jo'nataman, asl kitobga qarab, tahrir qilib, so'ng forumga joylasak, inshaalloh barchamiz uchun xayrli bo'lardi.

Takliflaringini kutaman.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  26 May 2008, 08:03:41

Va alaykumussalam!

G'oyatda hayrlik ishni boshlabsizlar.

Mumkin bo'lsa, biron bobini menga ham jo'natsangiz, inshaalloh yordam berardim.

Alloh hammamizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyun 2008, 09:02:10

Assalomu alaykum!

Kecha Akbar 4-kitobni oldilar.

Inshaalloh Akbar ushbu xayrli loyihada faol ishtirok etadilar.

Qayd etilgan


secretman  14 Avgust 2008, 00:31:19

sizlarga omad tilayman juda hayrli ishni boshlabsizlar. Alloh sizlardan O'zi rozi bo'lsin.

Qayd etilgan