Muallif Mavzu: Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 198579 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Testlar: O'zbekiston tarixi
« : 26 May 2008, 15:45:48 »
ILK O‘RTA ASRLARDA VATANIMIZNING IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI

1. Qadimgi Turon diyorida yuksalish qaysi davlatlar ravnaq topgan davrda boshlangan edi?
A) Eftallar davlati va Turk xoqonligi
B) Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari
S) Xorazm va Qang‘ davlatlari
D) Qang‘ davlati va Kushon podsholigi

2. Ilk o‘rta asrlarga o‘tish davrida Turon zaminida ro‘y bergan dehqonchilik yutuqlarini aniqlang.
1) sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 2) dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 3) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni mamlakatlarga chiqarila boshlandi; 4) suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalaklar kabi suv inshoatlari kashf etildi; 5) qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi; 6) dehqonchlikda uch dalali almashlab ekishni joriy etilishi; 7) g‘allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi; 8 ) davlatning tashkil topishi xom ashyo yetkazuvchi qishloq xo‘jaligining o‘sishi bilan bo‘g‘liq bo‘lib qoldi.
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 3, 5, 7
S) 1, 4, 5, 7
D) 1, 2, 6, 8
« So'nggi tahrir: 26 May 2008, 16:38:04 muallifi muxbir »
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #1 : 26 May 2008, 15:46:28 »
3. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib bordi?
A) shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmand-chilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida
B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida
S) dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida
D) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida

4. Ilk o‘rta asrlarda mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi?
1) yirik o‘rta asr davlatlari shakllana boshladi; 2) ziroatkor maydonlarga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshladi; 3) sex hunarmandchiligiga va o‘ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo‘lgan o‘rta asr shaharlari vujudga keldi; 4) o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi; 5) xalqlarning buyuk ko‘chishlariga olib keldi; 6) ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholinining o‘troq hayotga o‘tishining kuchayishi; natijasida obikor yerlaga bo‘lgan muhtojlik oshib bordi; 7) ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 8) katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi.
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 3, 6, 8
S) 1, 2, 4, 6, 7, 8
D) 1, 3, 5, 7
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #2 : 26 May 2008, 15:46:58 »
5. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?
A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida
B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va vorisiy mulkiga aylanishi natijasida
S) chorvadorlarning ko‘psonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida
D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi

6. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olar edilar. Bu yo‘l bilan ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lardilar?
A) barcha sug‘orish inshoatlarini egasi bo‘lish
B) suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq ziroatkor mehnatkashlarining yerlariga yetarlicha suv yetkazib berish
S) dehqonchilikda faqat o‘zlari uchun suvdan bemalol foydalanish
D) suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #3 : 26 May 2008, 15:47:25 »
7. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar qishloqlarda o‘z ta’sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. O‘sha zamonda ular nima deb atalgan?
A) kashovarzlar
B) kadivarlar
S) dehqonlar
D) ziroatkorlar

8. Ilk o‘rta asrlarda kimlar to‘g‘on boshi atrofidan o‘ziga tegishli yer maydonlarini ajratib olib, suv taqsimotini nazoratga olishi natijasida qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan?
A) ixshidlar
B) kashovarzlar
S) kadivarlar
D) sarkorlar
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #4 : 26 May 2008, 15:47:45 »
9. Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan aholi tabaqasining yuqori vakili ko‘rsatilgan?
A) qishloq oqsoqoli
B) kadivar
S) chokar
D) dehqon

10. “Ular shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do`kon-u rastalaridan iborat kattagina xo`jalikka ega edilar, qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko`shk va istehkomli qo`rg`onlar, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo`lardi”. Ushbu so`zlar ilk o`rta asr aholisining qaysi tabaqasiga mansub?
A) urug‘ va qabila boshliqlari
B) kadivar
S) dehqon
D) kashovarzlarlar
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #5 : 26 May 2008, 15:48:16 »
11. Chokarlar — bu …
A) ziroatchi oddiy qo‘shchilar
B) qishloq hokimi
S) dehqonning hayotini va mol-mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon
D) qishloqning dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan ahli

12. “Ular baquvvat va abjir hamda o`z hojasiga sadoqatli o`spirinlardan tanlab olingan, xojasi vafot etganda hatto u bilan birga tiriklayin ko`milishi lozim bo`lgan’. Gap kimlar haqida ketmoqda?
A) xalfalar
B) kadivarlar
S) chokarlar
D) shadlar
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #6 : 26 May 2008, 15:48:40 »
13. Kadivarlar kimlar?
A) ziroatchi oddiy qo‘shchilar
B) qishloq hokimi
S) qishloqning dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan ahli
D) dehqonning hayotini va mol-mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon
E) ekin maydonlariga ishlov beruvchilar

14. Quyidagi qaysi javob ilk o‘rta asrlarda shakllangan aholi tabaqasining vakili chokarlar uchun taaluqli?
1) dehqonning hayoti va mol-mulkini qo‘riqlagan; 2) xojasi vafot etganda u bilan birga tiriklayin ko‘milishi lozim bo‘lgan; 3) qishloq jamoalarida yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan; 4) qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma’lum bir ulushi ularning qo‘liga o‘tgan va vorisiy mulkiga aylanardi; 5) ular dehqonchilikning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari edi; 6) ular bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan;
7) ular viloyat hokimining o‘rinbosari hisoblangan.
A) 1, 2, 6
B) 2, 3, 5, 7
S) 1, 2, 5
D) 2, 4, 6
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #7 : 26 May 2008, 15:48:59 »
15. Ilk o‘rta asrlarda kimlar dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylangan?
A) kadivarlar
B) chokarlar
S) dehqonlar
D) sarkorlar

16. Ilk o‘rta asrlarda qishloq hokimi nima deb atalgan?
A) kashovarz
B) dehqon
S) kadivar
D) tudun
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #8 : 26 May 2008, 15:49:17 »
17. V asrning o‘rtalarida ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi …
A) qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi
B) mulkdor dehqonlar qo‘l ostida edi
S) kadivarlar qo‘l ostida edi
D) erkin ziroatchi kashovarzlar qo‘l ostida edi

18. Ilk o‘rta asrlarda qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi nima deb atalgan?
A) kashovarz
B) chokar
S) kadivar
D) sarkor
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #9 : 26 May 2008, 15:49:37 »
19. Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) dehqon — qishloq hokimi
B) kadivar — erkin ziroatchi
S) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar
D) chokar — dehqon qo‘riqchisi

20. Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi?
A) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi
B) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi
S) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi
D) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #10 : 26 May 2008, 15:49:55 »
21. Milodiy III asrda zaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib qaysi davlat ajralib chiqadi?
A) Xorazm
B) Xiyoniylar davlati
S) Eftaliylar davlati
D) Dovon davlati

22. Quyidagi qaysi davlatda Afrig‘iylar sulolasi hukmronlik qilgan?
A) Turk xoqonligi
B) Qang‘ davlati
S) Dovon davlati
D) Xorazm davlati
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #11 : 26 May 2008, 15:50:18 »
23. Milodiy III asrda Xorazm davlatining poytaxti qadimgi qaysi shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan?
A) Jonbosqal’a
B) Jarqo‘ton
S) Qo‘yqirilganqal’a
D) Turoqqal’a

24. Ilk o‘rta asrda Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulola nomini aniqlang.
A) Afrig‘iylar
B) Anushteginiylar
S) Kidariylar
D) Sosoniylar
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #12 : 26 May 2008, 15:50:37 »
25. Xorazmning qadimgi poytaxti hisoblangan Tuproqqal’a shahar xarobasi hozirgi qaysi hududda joylashgan?
A) Urganch shahri yaqinida
B) Qoraqolpog‘istonning Ellikqal’a tumanida
S) Qoraqolpog‘istonning Mang‘it tumanida
D) Qoraqolpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida

26. Shaharning mustahkam labirintli darvoza og‘zi istehkomi darvozaxonasi bo‘lgan… Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko‘targan. Yuqoridagi ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli?
A) Bolaliktepa
B) Turoqqal’a
S) Yunosobod Oqtepasi
D) Jonbosqal’a
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #13 : 26 May 2008, 15:50:53 »
27. Ilk o‘rta asrlarda Xorazm poytaxti bo‘lgan shaharlar nomini aniqlang.
A) Jonbosqal’a va Tuproqqal’a
B) Urganch va Xiva
S) Turoqqal’a va Ellikqal’a
D) Tuproqqal’a va Kat

28. Xorazmning qadimgi poytaxti Tuproqqal’a shahrining umumiy maydoni necha gektarni tashkil etgan?
A) 15 kektar
B) 34 gektar
S) 18 gektar
D) 26 gektar
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Testlar: O'zbekiston tarixi
« Javob #14 : 26 May 2008, 15:51:09 »
29. Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin …
1) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 2) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga; 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb ettira boshladilar; 6) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi.
A) 5, 6
B) 1, 4, 6
S) 2, 4, 5
D) 3, 4, 5

30. Quyidagi qaysi davlatda betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushriligan kumush tangalar zarb qilingan?
A) Somoniylar davlatida
B) Eftaliylar davlatida
S) Turk xoqonligida
D) Afrig‘iylar davlatida
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

 

Nazira Abduazizova. O'zbekiston jurnalistikasi tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2485
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 00:50:52
muallifi AbdulAziz
Bo'riboy Ahmedov. O'zbekiston tarixi manbalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3367
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 00:16:57
muallifi AbdulAziz
O'zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob. O'zbekiston Chor Rossiyasi mustamlakachil

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 12446
So'nggi javob 25 Aprel 2013, 07:28:58
muallifi AbdulAziz
O'zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davri

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3638
So'nggi javob 25 Aprel 2013, 07:31:15
muallifi AbdulAziz
O'zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8664
So'nggi javob 25 Aprel 2013, 07:32:46
muallifi AbdulAziz