Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308009 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 16:42:37

7. Arab xalifaligi davlatining birinchi xalifasini aniqlang.
A) Umar
B) Usmon
S) Ali
D) Abu Bakr

8. 651-yili arablar "¦
A) jangsiz Marv shahrini egallaydilar
B) Maymurg‘ shahrini egalladilar
S) Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi
D) Franklar qiroli Karl Martell qo‘shinidan zarbaga uchradilar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:42:46

9. Arablar tomonidan nomlangan Xuroson hududini aniqlang.
A) Eronning shimoli-sharqiy qismi va Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar
B) Amudaryodan to Sirdaryo bo‘ylarigacha cho‘zilgan hudud
S) Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manchjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan hudud
D) O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkistonni o‘z ichiga olgan hudud

10. Xurosonning poytaxti arablar tomonidan nechanchi yilda bosib olinadi?
A) 654-yilda
B) 651-yilda
S) 667-yilda
D) 673-yilda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:42:54

11. "œMovarounnhar" so`zi qaysi tildan olingan va uning ma`nosi nima?
A) arabcha "œikki daryo oralig`i"
B) turkiycha "œikki daryo oralig`i"
S) arabcha "œdaryoning narigi tomoni"
D) forscha "œdaryoning quyi qismi"

12. Arablar dastlab Movarounnahrga nima maqsadda yurish qildilar?
A) harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash va turli xil o‘lja-yu boyliklar orttirish maqsadida
B) islom dinini Movarounnahr va unga tutash mamlakatlarga keng yoyish maqsadida
S) bosib olib, arablar hukmronligini o‘rnatish maqsadida
D) boylik orttirish maqsadida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:02

13. Arablarning Movarounnahrga ilk bor hujumlari qaysi shaharlarni bosib olishdan boshlandi?
A) Maymurg‘, Chag‘oniyon
B) Chag‘oniyon, Buxoro
S) Marv, Balx
D) Buxoro, Samarqand

14. 654-yilda arablar qaysi shaharni egallaydilar?
A) Chag‘oniyon
B) Maymurg‘
S) Marv
D) Balx

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:09

15. Arablar kimning boshchiligida ilk bor Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradilar?
A) Muoviya I
B) Qutayba ibn Muslim
S) Ubaydulloh ibn Ziyod
D) G‘urak

16. Arablarning Buxoroga qilgan dastlabki talonchilik yurishlari nechanchi yilda amalga oshirildi?
A) 680-yilda
B) 654-yilda
S) 667-yilda
D) 673-yilda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:18

17. Arablarning Marv shahrini egallashlaridan 10 yil o‘tgach "¦
A) Muoviya I xalifa deb e‘lon qilindi
B) arablar Chag‘oniyon shahrini egalladilar
S) Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlandi
D) Qutayba katta qo‘shin bilan Poykandni qamalga oldi

18. Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng arablar Termiz shahrini egallaydilar?
A) arablarning turli xil o‘ljalar bilan Buxorodan Marvga tomon qaytishi
B) arablarning Poykand va Romitonni egallashlari
S) Qutaybaning Naxshab va Keshni bosib olishi
D) arablarning Marv shahrini egallashlari

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:25

19. 704-yilda "¦ Xurosonga noib qilib tayinlanadi?
A) Ubaydulloh ibn Ziyod
B) Qutayba ibn Muslim
S) G‘urak
D) Abu Ali Chag‘oniy

20. Nechanchi yilda Balx viloyati atroflari va Chag‘oniyon arablar tasarrufiga o‘tadi?
A) 707-yilda
B) 704-yilda
S) 705-yilda
D) 712-yilda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:33

21. Arablar tomonidan 50 kunlik qamal natijasida egallangan shahar nomini aniqlang.
A) Chag‘oniyon
B) Poykand
S) Balx
D) Maymurg‘

22. Qaysi voqeadan so‘ng buxoroliklar har yili xalifalikka boj to‘lash, uylarining yarmini arablarga bo‘shatib berishga majbur etiladi?
A) arablarning turli xil o‘ljalar bilan Buxorodan Marvga tomon qaytishi
B) Qutaybaning Naxshab va Keshni bosib olishi
S) arablar tomonidan Poykandning egallanishi
D) arablarning Marv shahrini egallashlari

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:40

23. Qutayba ibn Muslim Buxoroni egallagach, u yerda qanday ishlarni amalga oshiradi?
1) Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidga aylantirdi
2) Buxoroda arab me‘morchiligiga xos turli xil hashamatli inshoatlar qurdirdi
3) sug‘diy tili xatida bitilgan asarlarni yo‘qotdi
4) buxoroliklarni turli xil soliqlardan ozod qildi
5) mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qildi
6) aholiga turli xil yengilliklardan tashqari asirdagi mahbuslarni ham ozodlikka chiqardi
A) 1, 3, 5
B) 2, 4, 6
S) 1, 2, 6
D) 4, 5

24. Qutayba ibn Muslim Buxorodagi aholini islom diniga kiritish maqsadida qanday ishni amalga oshirdi?
A) masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi
B) masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun davlat oldidagi barcha qarzlardan ozod etilishi haqida qonun joriy etdi
S) masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun barcha boj-u yasoq soliqlaridan ozod etishni joriy etdi
D) masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 10 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:43:49

25 . Qutayba ibn Muslim 710-yilda qaysi shaharlarni bosib oldi?
A) Chag‘oniyon va Buxoro
B) Maymurg‘ va Chag‘oniyon
S) Naxshab va Kesh
D) Marv va Balx

26. Nima sababdan 710-yilda Samarqand hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qutayba ibn Muslimning yurishi amalga oshmay qoladi?
A) Farg‘onada boshangan ichki ziddiyatlarning Qutaybani u yerga qo‘shin tortishga jalb etishi
B) Sug‘d podshosi G‘urakning Qutayba bergan qaqshatgich zarbasi
S) Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlarning Qutaybani Xorazmga qo‘shin tortishga jalb etishi
D) Sug‘dda G‘urak va Divashtich boshchiligida qo‘zg‘olonning ko‘tarilishi

Qayd etilgan