Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307820 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 16:43:57

27. Qanday omil Qutaybaning Xorazmni egallashiga sabab bo‘ladi?
A) xorazmshoh Chag‘onning Hurzod boshliq qo‘zg‘olondan qo‘rqib, Xuroson tomon qochishi
B) xorazmshoh Chag‘onning ukasi Hurzod boshliq qo‘zg‘olondan qo‘rqib, Qutaybaga yordam so‘rab murojaat qilishi
S) Xorazmda taxt uchun o‘zaro kurashlarning avj olishi
D) Xorazmning ko‘chmanchi turkiy qabilalar hujumi natijasida zaiflashib qolishi

28. Xorazm nechanchi yilda arablar tasarrufiga o‘tadi?
A) 711 yilda
B) 704-yilda
S) 707-yilda
D) 712-yilda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:05

29. Ma‘lumki, 712-yilda Qutayba qo‘shinlari Samarqandga hujum qiladi. Bu davrda Sug‘d podshosi kim edi?
A) Hurzod
B) Tarxun
S) G‘urak
D) Divashtich

30. Arablar qaysi shahar ustiga 2 ming, yiliga 200 ming dirham hisobida boj to‘lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda bironta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni arablarga bo‘shatib berish, masjid bino qilish kabi majburiyatlarni yuklaydi?
A) Samarqand
B) Buxoro
S) Marv
D) Nishopur

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:14

31. Nechanchi yilda Farg‘ona vodiysi arablar tomonidan uzil kesil egallanadi?
A) 715-yilda
B) 713-yilda
S) 720-yilda
D) 717-yilda

32. Arablar bosqini davrida Choch viloyatining poytaxtini aniqlang.
A) Tunkat
B) Madinat ash-Shosh
S) Binokat
D) Koson

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:20

33. Arablar Movarounnahrni zabt etish jarayonida "¦
A) ular rivojlangan Sharq mamlakatlari madaniyatini mahalliy aholi o‘rtasida keng yoyishga harakat qilardi
B) har bir zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidga aylantirdilar va arab me‘morchigiga xos hashamatli binolar qurdilar
S) uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini oyoqosti qilib, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdilar
D) mahalliy aholini bitta qolmay qirib tashlashga harakat qilardi

34. Movarounnahrda arablar qanday soliq turlarini joriy etdilar?
1) xiroj 2) ushr 3) kalon 4) zakot 5) alg‘ut 6) qopchur 7) mushrifona 8 ) jiz’ya 9) tanobona
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 2, 4, 8
S) 1, 3, 5, 8, 9
D) 2, 6, 7, 9

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:28

35. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta‘minlashda qanday ishga alohida ahamiyat berdilar?
A) tarqoq mahalliy hokimliklarni markaziy hokimiyatga birlashtirishga
B) o‘zlari joriy qilgan bir necha turdagi soliqlarni vaqtida yig‘ib olishga
S) aholi o‘rtasida islom dinini yagona din sifatida yoyishga
D) mamlakatdagi doimiy qo‘zg‘olonlarni bostirishga

36. Arablar tomonidan joriy etilgan jiz‘ya solig‘i — bu "¦
A) islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i
B) mol-mulkning 1/40 qismi hajmida oligan soliq
S) idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
D) hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:35

37. Movarounnahrda arablar islom dinini yoyish maqsadida qanday ishlarni amalga oshirganlar?
1) ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi
2) islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi xiroj va jiz‘ya soliqlaridan ozod etilgan
3) otashparastlik diniga e‘tiqod qiluvchilar uchun o‘lim jazosi joriy etilgan
4) islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan jiz‘ya solig‘i undirilgan
5) masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun davlat oldidagi barcha qarzlar va soliqlardan ozod etilishi haqida qonun joriy etilgan
6) jiz‘ya solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan kishilar tutib olinib, bo‘yinlariga "œqarzdor" deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi
7) islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan ushr solig‘i undirilgan
8 ) masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etilgan
A) 3, 5, 6
B) 1, 2, 4, 6, 8
S) 1, 3, 4, 5, 8
D) 1, 2, 4, 7

38. Arablar Movarounnahrda islom dinini qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan qanday soliq undirgalar?
A) zakot
B) xiroj
S) jiz‘ya
D) ushr

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:43

39. Zakot — bu "¦
A) hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i
B) islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i
S) idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
D) mol-mulkning 1/40 qismi hajmida oligan soliq

40. Movarounnahrda arablar joriy etgan hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i nima deyilgan?
A) xiroj
B) ushr
S) qopchur
D) tanobona

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:44:57

41. Quyidagi qaysi soliqning ta‘rifi noto‘gri ko‘rsatilgan?
A) ushr — hosilning 1/5 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i mol-mulkning 1/40 qismi hajmida oligan soliq
B) jiz‘ya — islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i
S) zakot — mol-mulkning 1/40 qismi hajmida oligan soliq
D) xiroj — hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i

42. O‘zbekiston hududida aholi islom diniga nechanchi asrdan buyon e‘tiqod qilib kelmoqda?
A) VIII asrdan
B) VII asrdan
S) VI asr oxiridan
D) IX asr o‘rtalarida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:45:05

43. 717-719-yillarda hukmronlik qilgan arab xalifasini aniqlang.
A) Marvon II
B) Horun ar-Rashid
S) Umar ibn Abdulaz
D) Abu Bakr

44. Qaysi xalifa hukmronligi davida yangi yerlarni zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy isloh o‘tkazish to‘g‘risida farmon beriladi?
A) Abu Bakr
B) Umar ibn Abdulaziz
S) Marvon II
D) Horun ar-Rashid

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:45:14

45. Qaysi voqeadan so‘ng Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanib, arablarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi?
A) xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi
B) xalifalik ma‘muriyati bir yo‘la hammadan jiz‘ya olish haqida buyruq berdi
S) xalifa Marvon II arab tilini barcha o‘rganishi haqida buyruq berdi
D) xalifalik ma‘muriyati hammadan bir vaqtning o‘zida mavjud barcha soliqlarni undirish haqida buyruq berdi

46. Ma‘lumki, xalifa Umar ibn Abdulaziz moliyaviy isloh o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan "¦
A) islomni qabul qilgan yerli xalqlardan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi
B) bo‘ysundirilgan yerli aholining barchasidan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi
S) yirik kumush tangalar zarb qilish va muomulaga kiritish joriy etildi
D) islomni qabul qilgan yerli xalqlardan xiroj va zakot soliqlarini olish bekor qilindi

Qayd etilgan