Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308102 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 16:45:21

47. 720-yilda Sug‘dda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon boshchilarini aniqlang.
A) Said Xarashiy va Abu Muslim
B) G‘urak va Divashtich
S) Abu Muslim va Muqanna
D) Abu Muslim va Dovud

48. VIII asrning 20-yillarida qanday omil butun Movarounnahrda bosqinchi arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarilishiga turtki berdi?
A) xalifalik ma‘muriyatining bir yo‘la hammadan jiz‘ya olish haqida buyruq berishi
B) xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan xiroj va jiz‘ya soliqlari olinishining bekor qilinishi
S) xalifa Marvon II ning arab tilini barcha o‘rganishi haqida buyruq berishi
D) xalifalik ma‘muriyatining hammadan bir vaqtning o‘zida mavjud barcha soliqlarni undirish haqida buyruq berdi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:45:29

49. VIII asrning 20-yillarida Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘targan G‘urak va Divashtich qanday lavozimga ega bo‘lishgan?
A) Badaxshon hokimi, dehqon
B) dehqon, tunukasoz
S) Samarqand ixshidi, Panjikent hokimi
D) Badaxshon hokimi, Panjikent hokimi

50. Sug‘ddagi G‘urak va Divashtich boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish va ularni islomga qaytarish vazifasi dastlab kimga topshirilgan edi?
A) Nasr ibn Sayyor
B) Said Xarashiy
S) Dovud
D) Abu Muslim

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:45:37

51. 721 yilda kim Xuroson noibi qilib tayin etilgan?
A) Said Xarashiy
B) Nasr ibn Sayyor
S) Dovud
D) Ashros

52. Quyidagi ishlardan qaysi biri Xuroson noibi Ashros tomonidan amalga oshirilgan?
A) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz‘ya soliqlarini olish bekor qilindi
B) yirik kumush tangalar zarb qilish va muomulaga kiritish joriy etildi
S) aholidan qo‘shimcha ushr solig‘ini yig‘ib olish joriy etildi
D) Sug‘d qo‘zg‘oloni butunlay tor-mor etildi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:45:45

53. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor o‘tkazgan moliya islohati qanday edi?
1) islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozod etildi
2) barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirildi
3) islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘ya va zakot soliqlaridan ozod etildi
4) yer egasining e‘tiqodidan qat‘i nazar aholining xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi
5) mayda mis chaqalar zarb etildi
6) aholidan qo‘shimcha ushr solig‘ini yig‘ib olish joriy etildi
A) 2, 4, 6
B) 1, 2, 4
S) 3, 5, 6
D) 3, 4

54. 738-748-yillarda hukmronlik qilgan Xuroson noibini aniqlang.
A) Said Xarashiy
B) Ashros
S) Nasr ibn Sayyor
D) Umar ibn Abdulaziz

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:45:53

55. VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida "¦
A) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi
B) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi
S) abbosiylar hukmronligi barham topdi
D) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi

56. Arab xalifaligida dastlab kim abbosiylar sulolasi hokimiyatini o‘rnatish maqsadida kurash olib borgan?
A) Marvon I
B) Muhammad ibn Ali
S) Abul Abbos Saffoh
D) Abu Muslim

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:46:01

57. VIII asr 40-yillarida Arab xalifaligidagi Ummaviylar sulolasi abbosiylar tomonidan nimada ayblandi?
A) Muhammad (s.a.v) avlodini qirib tashlashda
B) xalifa Alini payg‘ambar sifatida tan olishda
S) aholiga 40 dan ortiq soliq majburiyatlarini yuklashda
D) Ummaviy xalifalarining o‘zlarini payg‘ambar darajasiga ko‘tarishida

58. Farmon nima?
A) mavjud tartibni o‘zgartirish
B) qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq
S) o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni
D) baxt vat ole xudosi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:46:08

59. Quyidagi atamalar izohi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) tudun — turk xoqonligining viloyat hokimliklaridagi vakili
B) rabod — tashqi shahar, karvonsaroy
S) farmon — mavjud tartibni o‘zgartirish
D) tuman — o‘n minglik harbiy qism

60. Arab xalifaligida Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik qaysi xalifa hukmronligi davrida nihoyatda kuchaydi?
A) Marvon II
B) Umar ibn Abdulaziz
S) Muoviya
D) Abu Sufyon

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:46:15

61. Sug‘dda G‘urak va Divashtich qo‘zg‘oloni boshlanganidan 26 yil o‘tgach "¦
A) Marvon II xalifalik taxtiga o‘tirdi
B) Abu Muslim Xurosonga keldi
S) Nasr ibn Sayyor moliya islohatini o‘tkazdi
D) Muqanna qozg‘oloni boshlandi

62. Abu Muslim qo‘zg‘olonchilarining katta qismi qaysi tabaqa vakillaridan iborat edi?
A) qishloq oqsoqollari
B) dehqonlar
S) qullar
D) savdogarlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:46:23

63. Ma‘lumki, Abu Muslim Shavval qishlog‘ida qullar uchun maxsus joy tashkil ettirdi. Buning asosiy sababi nima edi?
A) qullarni qo‘shinning zahira qism sifatida saqlash lozimligi sababli
B) tajribasiz qullarning harbiy tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi sababli
S) qullarning ko‘psonliligi sababli
D) qo‘zg‘olonchilar tarkibidagi yuqori tabaqa vakillari uchun qullar bilan bir safda turish or tuyulganligi sababli

64. Abu Muslim Shavval qishlog‘idagi qullarga kimni boshliq qilib tayinlaydi?
A) Divashtich
B) Abul Abbos Saffox
S) Dovud
D) G‘urak

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:46:30

65. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketligini aniqlang.
1) Abu Muslim Marv shahrini egalladi 2) Marvon taxtdan ag‘darildi 3) Abu Muslim Xurosonga keldi 4) Arab xalifaligida abbosiylar hokimiyati o‘rnatildi 5) Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettirdi
A) 3, 5, 1, 2, 4
B) 1, 3, 5, 2, 4
S) 2, 4, 5, 1, 4
D) 1, 5, 3, 2, 4

66. Ma‘lumki, Abu Muslim qo‘zg‘olonchilari turli tabaqa vakillaridan tashkil topib, ularning maqsadlari ham turlicha edi. Shulardan mahalliy hukmdorlarning asosiy maqsadi nima edi?
A) xalifalik hokimiyatini abbosiylarga olib berib, mamlakatda o‘z mavqelarini ko‘tarish
B) o‘z mamlakatini xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilish
S) Ummaviylar zulmidan qutulish
D) qullik kishanlaridan qutulish

Qayd etilgan