65. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketligini aniqlang.
1) Abu Muslim Marv shahrini egalladi 2) Marvon taxtdan ag‘darildi 3) Abu Muslim Xurosonga keldi 4) Arab xalifaligida abbosiylar hokimiyati o‘rnatildi 5) Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettirdi
A) 3, 5, 1, 2, 4
B) 1, 3, 5, 2, 4
S) 2, 4, 5, 1, 4
D) 1, 5, 3, 2, 4
66. Ma‘lumki, Abu Muslim qo‘zg‘olonchilari turli tabaqa vakillaridan tashkil topib, ularning maqsadlari ham turlicha edi. Shulardan mahalliy hukmdorlarning asosiy maqsadi nima edi?
A) xalifalik hokimiyatini abbosiylarga olib berib, mamlakatda o‘z mavqelarini ko‘tarish
B) o‘z mamlakatini xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilish
S) Ummaviylar zulmidan qutulish
D) qullik kishanlaridan qutulish