Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308137 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 19:31:51

IX-XIII ASR BOSHLARIDA
MOVAROUNNAHR VA
XUROSONDA MUSTAQIL DAVLATLAR

1. Arab xalifaligi qachon og‘ir siyosiy tanglikka uchradi?
A) VII-VIII asrlarida
B) VIII asr oxiri — IX asr boshlarida
S) VIII asr o‘rtalari — X asr boshlarida
D) VII asr oxiri — IX asr o‘rtalarida

2. Quyidagi ko‘rsatilgan omillaridan qaysi biri arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi?
A) Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro urushlar va ichki ziddiyatlar
B) xalifa Ma’munning fitnachilar tomonidan o‘ldirilishi natijasida kelib chiqqan ichki kurashlar
S) Yevropa davlatlarining arab xalifaligiga qarshi uzluksiz uyushtirgan istilolalari
D) Abul Abbos Saffohning xalifalik taxtiga o‘tirishi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:31:59

3. VIII-IX asrlarda mustaqil davlatlarning paydo bo‘lish sababini ko‘rsating.
A) o‘zbek xalqining shakllanishi
B) Movarounnahrda hokimiyatni mahalliy mulkdorlar boshqaruviga o‘tishi
S) Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashuvi
D) Turk xoqonligi barham topishi

4. VIII-IX asrlarda mustaqil davlatlar dastavval qaysi hududlarda tashkil topdi?
A) Xurosonning janubi-g‘arbiy hududlarda, Sirdaryoning chap sohilida
B) Movarounnahrning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida
S) Movarounnahr va Xorazmda
D) Movarounnahrning janubi va janubiy-sharqiy hududlarda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:08

5. Qadimiy turkiy qabilalardan qaysi biri qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan?
A) o‘g‘uzlar
B) qarluqlar
S) yag‘molar
D) saljuqiylar

6. Quyidagi qabilalardan qaysi birlari VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan?
A) o‘g‘uzlar va toxarlar
B) xiyoniylar va jikillar
S) toxarlar va qarluqlar
D) qarluqlar va o‘g‘uzlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:21

7. Qachon va qayerda Qarluqlar davlati tashkil topgan?
A) VII asr boshida Sharqiy Turkistonda
B) VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida
S) IX asr oxirida Movarounnahrda
D) X asrda Xurosonda

8. Ma’lumki, qarluqlar davlatining poytaxti Suyob shahri bo‘lgan. Ushbu shahar qayerda joylashgan edi?
A) Oltoyning g‘arbida
B) Chu daryosidan shimolroqda
S) Irtish daryosining o‘rta oqimida
D) Sirdaryo bo‘yida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:29

9. Qarluqlar davlatining hukmdori qanday nom bilan yuritildi?
A) bug‘roxon
B) tudun
S) arslonxon
D) yabgu yoki jabg‘u

10. Ma’lumki, qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lib, ko‘pgina shaharlarida jome masjidlari bino qilingan. Qarluqlar qachon musulmonlikni qabul qilishgan?
A) IX asr oxirida
B) X asr o‘rtalarida
S) VIII asr o‘rtalarida
D) VIII asr oxiri — IX asr boshida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:37

11. Turk xoqonligi yemirilgach o‘g‘uzlarning kattagina qismi qaysi hududlarda muqim o‘rnashib qoldilar?
A) Issiqko‘lning janubi va Koshg‘arda
B) Sirdaryo havzasi va Orol dengizi
S) Yettisuv va Chag‘oniyonda
D) Oltoyning g‘arbida va Irtish daryosining o‘rta oqimida

12. O‘g‘uzlar davlati qachon tashkil topgan?
A) IX asr oxiri — X asr boshlarida
B) VIII asr boshi — X asr oxiri
S) VIII asr o‘rtalari — IX asr boshi
D) VII asrning ikkinchi yarmi — VIII asr oxiri

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:44

13. Ma’lumki, O‘g‘uzlar davlatining poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan. Ushbu shahar qayerda joylashgan edi?
A) Amudaryo bo‘yida
B) Yettisuvda
S) Oltoyda
D) Sirdaryo bo‘yida

14. O‘g‘uz yabg‘ulari o‘zining poytaxt shahridan nima maqsadda foydalanganlar?
A) janglarda mudofaa vazifasida
B) savdo-sotiq ishlarida
S) qishlov uchun qarorgoh sifatida
D) elchilarni qabul qilish qarorgohi sifatida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:51

15. O‘g‘uzlarning asosiy mashg‘uloti nima bo‘lgan?
A) chorvachilik, xususan qo‘ychilik
B) dehqonchilik, chorvachilik
S) hunarmandchilik, yilqichilik
D) savdo-sotiq, dehqonchilik

16. O‘g‘uzlar davlatiga islom dini kirib kelishiga sabab bo‘lgan omil nima edi?
A) islom dini targ‘ibotchiligining kuchayishi
B) o‘troq vohalarning aholisi bilan savdo aloqalarning o‘sishi
S) o‘g‘uz hukmron doiralarining islom diniga o‘tishi
D) buddaviylik dinining aholi o‘rtasida zaiflashuvi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:32:59

17. O‘g‘uzlar qachondan boshlab islom dinini qabul qiladilar?
A) VIII asr o‘rtalaridan
B) IX asr boshidan
S) X asrdan boshlab
D) XI asrdan

18. X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlatining bo‘linib ketishiga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsating.
A) o‘g‘uzlarni qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrashi
B) hukmron doiralarning o‘zaro ichki nizolari
S) saljuqiylarning O‘g‘uzlar davlatiga bostirib kirishi
D) davlatda muttasil davom etib turgan isyonlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:33:06

19. O‘g‘uzlar davlati bo‘linib ketganidan so‘ng, ular qaysi hududlarga borib joylashadilar?
A) Old Osiyo va Xuroson
B) Shimoliy Kavkaz va Movarounnahr
S) Oltoy va Yettisuv
D) Sharqiy Turkiston va Movarounnahr

20. Bo‘linib ketgan o‘g‘uzlar qaysi sulola boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi?
A) g‘aznaviylar
B) safforiylar
S) qoraxoniylar
D) saljuqiylar

Qayd etilgan