Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 214312 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 15:59:41

61. Sosoniylar davlatida kimlarning hukmronligi davrida eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan?
A) Kubod va Anushervon
B) Shopur II va Pero‘z
S) Shopur I va Shopur II
D) Ardasher I va Shopur I

62. Ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati hisoblangan Eftaliylar davlati qachon tashkil topgan?
A) V asrning II yarmi va VI asrning boshlarida
B) IV asrning oxiri va V asrning boshlarida
S) V asr o‘rtalarida
D) V asrning I yarmida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:59:52

63. Ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati hisoblangan Eftaliylar davlati qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?
1) O‘rta Osiyo; 2) mo‘g‘uliston; 3) Sharqiy Eron; 4) Shimoliy Hindiston; 5) Vizantiya; 6) Sharqiy Turkiston; 7) Shimoliy Afg‘oniston; 8) Shimoliy Xitoy.
A) 1, 3, 4, 6
B) 1, 3, 6, 8
S) 1, 2, 4, 7, 8
D) 1, 2, 3, 7

64. Eftaliylar so‘zi qaysi so‘zdan olingan?
A) "œEftalon" deb yuritilgan shoh nomidan
B) eftal nomli ko‘chmanchi chorvador qabila nomidan
S) "œXeptal" deb yuritilgan qabila sardori nomidan
D) Xeptal daryosi nomidan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:00:34

65. Eftaliylarning asosiy mashg‘uloti nima bo‘lgan?
A) chorvachilik
B) ziroatchilik
S) savdo-sotiq
D) hunarmanchilik

66. Eftaliylar davlatida qaysi hududlar dehqonchilik va bog‘dorchilik markazi hisoblangan?
A) Toxariston va Sug‘d
B) Chag‘oniyon va Badaxshon
S) Kobul va Koshg‘ar
D) Marv va Balx

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:00:43

67. V-VI asrlarda O‘rta Osiyoning qaysi hududlarida g‘alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan?
A) Sirdaryoning quyi oqimi va Orol bo‘ylarida
B) Amudaryoning quyi oqimida
S) Sirdaryo bo‘ylari va Farg‘ona vodiysida
D) Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida

68. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysi o‘zining qanday hususiyati bilan mashhur edi?
A) sifatli chinnilari bilan
B) ziravorlari bilan
S) zotli otlari bilan
D) bog‘dorchilik markazi bo‘lganligi bilan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:00:52

69. Nima sababdan ilk o‘rta asrlarda qishloq jamoasining kashovarz (erkin qo‘shchi)lari qaram kadivarlarga aylana borgan?
A) dehqonchilikda kadivarlarning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylana borishi
B) ekin yer maydonlarining ma’lum bir qismi dehqonlar qo‘lida to‘plana borishi
S) ekin yer maydonlarining ko‘pgina qismi qishloq jamoalari qo‘lida to‘plana borishi
D) ekin yer maydonlarining ma’lum bir qismi qishloq oqsoqoli qo‘lida to‘plana borishi

70. Ilk o‘rta asrlarda yaylovlarning asosiy qismi kimlarning tasarrufida bo‘lgan?
A) qabila va urug‘ jamoalari va ularing oqsoqollari xvabulari
B) qishloq oqsoqollari
S) yirik chorvadorlar
D) dehqonlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:00:59

71. Hozirgi vaqtda Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari qachon barpo etilgan?
A) XV asrda
B) V asrda
S) XVIII asrda
D) milodiy III asrda

72. Ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan Darg‘om kanali hozirda O‘zbekitonning qaysi hududida asosiy suv ombori hisoblanadi?
A) Qashqadaryo viloyati va Surhondaryoning shimoliy tumanlarida
B) Farg‘ona vodiysida
S) Samarqand viloyati janubiy tumanlarida
D) Xorazm va Orol bo‘yi atrofida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:01:08

73. V asrda O‘zbekiston hududida barpo etilgan kanallar nomini aniqlang.
1) Ulug‘nor; 2) Shahrixonsoy; 3) Zog‘ariq; 4) Yangiariq; 5) Bo‘zsuv; 6) Darg‘om; 7) Tuyatortar.
A) 3, 5, 6
B) 1, 3, 6, 7
S) 2, 4, 5
D) 1, 2, 4

74. Eftaliylar davlati "œBuyuk Ipak yo`li" orqali qaysi davlatlar bilan xalqaro savdoda faol qatnashardi?
A) Xitoy, Hindiston va O‘rtayer dengiz davlatlari bilan
B) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan
S) Xitoy, Eron va Bolqon yarimoroli davlatlari bilan
D) Hindiston, Vizantiya va Franklar qirolligi bilan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:01:16

75. V-VI asrlarda Ipak yo‘li savdosida asosan kimlar sosoniy savdogarlari bilan raqobatda vositachilik rolini o‘ynardi?
A) usmonli turklar
B) xitoyliklar
S) xioniylar
D) sug‘diylar

76. Eftaliylar dastavval ichki va tashqi savdo munosabatlarida kimlarning kumush tangalaridan keng foydalandilar?
A) kidariylar
B) xitoyliklar
S) sosoniylar
D) xioniylar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:01:23

77. V-VI asrlarda chaqa tangalar O‘rta Osiyoning qaysi hududlarida chiqarilgan?
1) Buxoro 2) Poykand 3) Toxariston 4) Vardona 5) Naxshab 6) Chag‘oniyon 7) Samarqand; 8) Xorazm; 9) Badaxshon
A) 1, 3, 5, 7, 9
B) 1, 2, 4, 5, 7, 8
S) 2, 4, 6, 8, 9
D) 2, 3, 6, 7, 8, 9

78. Eftaliylarda davlat boshqaruvida qonun va qoidalarning qaror topishiga asosiy sabab nima edi?
A) aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi
B) qishloqlarda dehqonlar nufuzining ortib ketishi
S) aholining tabaqalanishi
D) mamlakatda o‘zaro ichki kurashning avj olishi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:01:31

79. V-VI asrlarda O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalariga kelib o‘rashishi natijasida "¦
A) dehqonlarga qaram bo‘lgan kadivarlar tabaqasi ko‘paya bordi
B) shaharlarning soni ko‘paya bordi
S) dasht udumlari va e’tiqodiy tasavvurlari o‘troq aholining hayotiga kirib bordi
D) sug‘orish inshoatlari takomillashdi

80. V-VI asrlarda O‘rta Osiyoning qaysi vohalarida ko‘chmanchilar tezda o‘troqlasha olganlar?
A) Quyi Amudaryo va Xorazmda
B) Buxoro va Naxshab
S) Farg‘ona vodiysida
D) Toxariston va Sharqiy Sug‘dda

Qayd etilgan