Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 207446 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 16:01:40

81. Ma’lumki, eftaliylar davri binokorligi va me’morchiligida ikki qavatli qasrlar alohida o‘rin tutgan bo‘lib, qasrlarning yuqori qismiga maxsus ko‘tarma orqali chiqilgan? Bu ko‘tarma nima deb ataladi?
A) pandus
B) to‘brez
S) kuren
D) chohpar

82. Ma’lumki, V-VI asrlarda O‘rta Osiyo aholisi turli tillarda so‘zlashgan. Chorvador aholi o‘rtasida qaysi til muhiti hukmron edi?
A) nog‘ay tili
B) turkiy til
S) sug‘d tili
D) uyg‘ur tili

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:02:06

83. V-VI asrlarda O‘rta Osiyoda qaysi til xalqaro savdo tili edi?
A) nog‘ay tili
B) turkiy til
S) sug‘d tili
D) uyg‘ur tili

84. Quyidagi qaysi til Yettisuv va Farg‘ona orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlargacha kirib borgan?
A) Xorazm tili
B) fors tili
S) sug‘d tili
D) nog‘ay tili

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:02:15

85. Baqtriya yozuvi asosida vujudga kelgan yozuv nomini aniqlang?
A) eftaliylar yozuvi
B) Sug‘d yozuvi
S) Xorazm yozuvi
D) oromiy yozuvi

86. V-VI asrlarda O‘rta Osiyo hududida qanday yozuvlar tarqalgan edi?
1) Sug‘d yozuvi; 2) oromiy yozuvi; 3) Xorazm yozuvi; 4) Baqtriya yozuvi; 5) eftaliy yozuvi; 6) kushon yozuvi; 7) kirill yozuvi.
A) 1, 3, 5
B) 2, 4, 6, 7
S) 2, 3
D) 1, 3, 4

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:02:22

87. Eftaliylar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) Xorazm yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida paydo bo‘lgan; 3) o‘ngdan chapga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 4) 22 harfdan iborat; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 26 harfdan iborat; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan.
A) 1, 3, 5, 7,
B) 2, 4, 6
S) 5, 6
D) 2, 3, 7, 8

88. Qachon o‘rta osiyolik shishasozlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o‘rgatadilar?
A) III asrda
B) IV asrda
S) V asrda
D) XII asrda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:02:30

89. Etnik munosabatlar — bu "¦
A) xalq va elatlarning kelib chiqishi
B) dehqonlar va oddiy o‘rtasidagi munosabatlar
S) urug‘ va qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro munodabatlar
D) aholining o‘zaro munosabatlari

90. Pandus nima?
A) tashqi shahar, karvonsaroy
B) bino yuqorisiga chiqaruvchi maxsus ko‘tarma yo‘l
S) toshotar; harbiy qurol
D) otashparastlar ibodatxonasi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:02:42

91. Qaysi hududda yashovchi turkiy qabilalar Turk xoqonligi davlatiga asos solishdi?
A) Oltoy va Janubiy Sibirda
B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvda
S) Sirdaryo va Orol bo‘ylari
D) Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo‘ylarida

92. Turk xoqonligi davlati qachon va kim tomonidan asos solingan?
A) IV asr o‘rtalarida To‘nyabg‘u tomonidan
B) V asr oxirlarida Istami tomonidan
S) VI asr o‘rtalarida Bumin tomonidan
D) VI asrning ikkinchi yarmida Bumin tomonidan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:02:50

93. 55-yilda "¦
A) turklarning g‘arbga tomon yurishi boshlandi
B) Bumin "œxoqon" deb e`lon qilindi
S) turklar Yoyiq va Itil bo‘ylarini zabt etdi
D) sosniylar Toxariston va Chag‘oniyonni eftaliylardan tortib oldilar

94. VI-VII asrlarda O‘zbekiston hududida qanday davlat mavjud edi?
A) Turk xoqonligi
B) Eftaliylar davlati
S) Arab xalifaligi
D) Kidariylar davlati

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:03:54

95. Turk xoqonligining markazi hisoblangan shahar nomini aniqlang?
A) Toxariston
B) Oltoy
S) Balx
D) Marv

96. Quyidagilardan qaysi biri "œYabg`u xoqon" unvonini olgan?
A) Eltarish
B) Bumin
S) Istami
D) Qoracho‘rin

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:04:05

97. Bumin kim?
A) Istamiga kuyov bo‘lgan fors shohi
B) 618-630-yillarda turk xoqoni
S) g‘arbga tomon yurishlarda turklarga boshchilik qilgan el-yurt hokimi
D) Turk xoqonligining asoschisi

98. Turklarning g‘arbga tomon yurishiga kim boshchilik qilgan?
A) Eltarish
B) Bumin
S) Istami
D) Qoracho‘rin

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:11:56

99. Qachon turklar Sirdaryo va Orol bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydi?
A) 555-yilda
B) 558-yilda
S) 575-yilda
D) 576 yilda

100. Sirdaryo va Orol bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallagan Turk xoqonligi chegaralari qaysi davlat hududlariga borib yondoshadi?
A) Xitoy davlati
B) Sosoniylar davlati
S) Eftaliylar davlati
D) Vizantiya imperiyasi

Qayd etilgan