Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 214347 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 16:12:03

101. 558-yilda turklar "¦
A) Etaliylar davlatiga zarba berdilar
B) yangi Turk xoqonligi davlatiga asos soldilar
S) Yoyiq va Itil bo‘ylarini zabt etdi
D) Toxariston va Chag‘oniyonni egalladilar

102. Qaysi voqeadan keyin turklar Qrim yarim oroliga kirib bordilar?
A) turklarning Shimoliy Kavkaz yerlarini egallashi
B) turklarning Yoyiq va Itil boylarini zabt etishi
S) Buminning "œxoqon" deb e`lon qilinshi
D) turklarning eftaliylar bilan to‘qnashishi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:11

103. VI asr oxirgi choragida sosoniylar eftaliylardan qaysi hududlarni tortib oladilar?
A) Parak vodiysi va Choch shahrini
B) Toxariston va Chag‘oniyonni
S) Toxariston va Badaxshonni
D) Samarqand vaXorazmni

104. Qachon turklar Shimoliy Kavkaz yerlarini egallaydilar?
A) 575-576 yillarda
B) 558-yilda
S) 55-yilda
D) 579-583-yillarda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:19

105. Ma’lumki, turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlarni egallagach, Turk xoqonligining eftaliylar bilan to‘qnashishi muqarrar bo‘lib qoladi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni qaysi davlatlar bilan yaqinlashtiradi?
A) Eron va Kidariylar davlati
B) Xitoy va Eron
S) Arab xalifaligi va Vizantiya
D) Eron va Vizantiya

106. Nima sababdan turklarning eftaliylar bilan to‘qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi?
A) sosoniylar eftaliylardan o‘zlarining Marv va Badaxshon hududlarini qaytarib olish kerak edi
B) turklar va sosoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va Chag‘oniyonni olish kerak edi
S) eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi
D) sosoniylar shohi Xusrav I turklarning yabg‘u xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan edi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:26

107. Turklarning Yabgu xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan sosoniylar shohini aniqlang.
A) Xusrav I
B) Shopur II
S) Pero‘z
D) Kubod

108. Sosoniylarning qaysi shaharga hujumi ko‘magida turklar Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar?
A) Badaxshon
B) Marv
S) Balx
D) Chag‘oniyon

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:33

109. Qachon Turk xoqonligi Eftaliylar davlati hududiga bostirib kirdi?
A) 567-yilda
B) 558-yilda
S) 563-yilda
D) 579-yilda

110. Necha kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar sosoniylardan yengiladilar?
A) 7 kun
B) 15 kun
S) 8 kun
D) 3 kun

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:41

111. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi yillarda va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod bo‘ldi.
A) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida
B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida
S) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zabasi natijasida
D) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda Turk xoqonligi zarbalari natijasida

112. Eftaliylar davlati barham topgach, uning hududlari qaysi davlatlar o‘rtasida va qay tariqa taqsimlanadi?
A) Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizgacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi
B) Eron va Vizantiya o‘rtasida taqsimlanib, chegara Talikon yaqinida belgilandi
S) Sirdaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizgacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi
D) hududlar Vizantiya va Arab xalifaligi o‘rtasida taqsimlanib, chegara Amudaryo qilib belgilandi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:49

113. VI asrning 70-80-yillarida qaysi davlat Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo‘li ustidan haqiqiy sarbon bo‘lib oladi?
A) Eron
B) Turk xoqonligi
S) Vizantiya
D) Xitoy

114. VI asrning 70-80-yillarida Turk xoqonligi hududini aniqlang.
A) Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manchjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan hudud
B) Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha bo‘lgan hudud
S) O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlari
D) Janubiy Sibirdan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Xitoydan to O‘rtayer dengizigacha cho‘zilgan hudud

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:12:56

115. Ilk o‘rta asrlardagi turkiy zabon davlatlarining qaysi biri ulkan hududga ega bo‘lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi?
A) Eftaliylar davlati
B) Turk xoqonligi
S) Kidariylar davlati
D) Afrig‘iylar davlati

116. VI asr oxiri -VII asr boshlarida O‘rta Osiyo hududini boshqargan hukmdor nima deb atalgan?
A) podshoh
B) xoqon
S) tamg‘achxon
D) amir

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:13:03

117. Turk xoqonligi hukmdorining hokimiyati "¦
A) qishloqlarda eng nufuzli dehqonlar qo‘lida edi
B) xalq hokimiyatiga asoslangan edi
S) barcha huquqlarga ega bo‘lgan yakka hokimlikka asoslangan edi
D) urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan edi

118. Turk xoqonligi davlatida aholi qanday turlarga bo‘lingan?
A) zodagonlar va qullar
B) ko‘chmanchi chorvador va o‘troq chorvador
S) hunarmandlar va savdogarlar
D) budun va o‘troq dehqon

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:13:11

119. Turk xoqonligida chorvador aholi qanday nomlangan?
A) periyek
B) budun
S) qora budun
D) B va S

120. Ma’lumki, turklarning g‘arbga tomon yurishiga boshchilik qilgan Istemi "œYabg‘u xoqon" unvonini olgan. Yabg‘u xoqon nima?
A) o "œn ming qo‘shin qo‘mondoni
B) xoqon urug‘idan bo‘lgan el-yurt hokimi
S) buyuk hukmdor, podshoh, imperator
D) xonlarning xoni

Qayd etilgan