Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307398 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:20:26

17. Temuriylar davrida boshlangan o‘zaro va sulola kurashlari davrida Oltin O‘rdaning nufuzli amirlaridan Idiku qayerni bosib oladi?
A) Xurosonni
B) Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayramni
S) O‘ratepa bilan Farg‘onani
D) Xorazmni

18. Qachon Pirmuhammad vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘ladi?
A) 1407-yil 22-fevralda
B) 1408-yil 22-aprelda
S) 1409-yil 25-aprelda
D) 1405-yil 18-martda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:20:38

19. Kim 1408-yil 22-aprelda Qoraqo‘yunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi?
A) Pirmuhammad
B) Pir Ali Toz
S) Mironshoh
D) Ulug‘bek

20. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo‘lidan ketishining sababini ko‘rsating.
A) Pirmuhammadning o‘z vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘lishi
B) Xalil Sulton Mirzoning o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilishi
S) Mironshohning Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lishi
D) Movarounnahr va Turkistonda Ulug‘bek boshchiligidagi davlatni vujudga kelishi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:20:47

21. Kim 1409-yil bahorida O‘ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi?
A) Amir Xudoydod
B) Mironshoh
S) Pirmuhammad
D) Shohrux

22. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shini kimdan mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa asirga olinadi?
A) Amir Xudoydod
B) Shohrux
S) Ulug‘bek
D) Pirmuhammad

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:20:55

23. Qachon Shohrux Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish qiladi?
A) 1408-yil 22-aprelda
B) 1407-yil 22-fevralda
S) 1409-yil 25-aprelda
D) 1405-yil 18-martda

24. Qanday maqsadda Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko‘pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi?
A) temuriyzodalar va amirlar o‘rtasida sulh tuzilishiga erishish
B) temuriyzodalar va amirlar o‘rtasidagi kurashga xotima berish
S) temuriyzodalar va amirlar tomonidan Xalil Sultonni tan olinishiga erishish
D) Movarounnahr va Xurosonda Pirmuhammad hukmronligini o‘rnatishga harakat qilishi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:21:05

25. Quyidagi sabalardan qay biri Shohruxning Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo‘yib, Mova-rounnahr va Xurosonda o‘z hukmronligini o‘rnatishga hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishga imkon berdi?
A) Movarounnahr va Xurosonda Pirmuhammad hukmronligini o‘rnatishga harakat
B) mamlakat fuqarolarining ko‘pgina tabaqalari tomonidan Shohrux boshlagan harakatni quvvatlanishi
S) Xalil Sulton Mirzoning o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilishi
D) muxolifatchi kuchlarning ajralib chiqish uchun harakat qilishi

26. Shohruxning hukmronligi davrida mamlakat necha davlatga bo‘lingan edi?
A) ikki
B) uch
S) to‘rt
D) besh

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:21:15

27. Shohrux boshchiligidagi Amudaryodan janubda joylashgan davlatning markazi qaysi shahar edi?
A) Marv
B) Balx
S) Hirot
D) G‘azna

28. Shohruxning hukmronligi davrida Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelgan davlatga kim boshchilik qilardi?
A) Xalil Sulton Mirzo
B) Sulton Husayn Mirzo
S) Ulug‘bek
D) Umarshayx Mirzo

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:21:25

29. Shohruxning hukmronligi davrida Samarqand qaysi davlatning poytaxti edi?
A) Movarounnahr va Turkiston
B) Turkiston
S) Movarounnahr
D) Movarounnahr va Xuroson

30. Valiahd — bu "¦
A) mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar
B) toj-u taxt vorisi
S) davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyat.
D) hukmdorning shaxsiy topshirig‘ini bajaruvchi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:21:34

31. Mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar ifodasini beruvchi so‘zni aniqlang.
A) muxolifat
B) valiahd
S) muhassil
D) muhtasib

32. Qachon Shohrux Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi?
A) 1409-yilda
B) 1410-yilda
S) 1411 yilda
D) 1412-yilda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:21:42

33. Ulug‘bekning hokimiyati dastavval faqat qaysi viloyatlar bilangina cheklanardi?
A) Balx, G‘azna va Kandahor
B) Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram
S) Samarqand, Buxoro va Nasaf
D) O‘ratepa bilan Farg‘ona

34. Shohrux avval boshdan Amirak Ahmadga qayerni in’om qilgan edi?
A) Turkiston hamda Farg‘ona
B) Farg‘onadan to O‘zgangacha
S) O‘ratepa bilan Farg‘ona
D) Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:21:52

35. Shohrux Hisori Shodmonni avval boshdan kimga in’om qilgan edi?
A) Amirak Ahmadga
B) Shayx Nuriddinga
S) Amir Abdulholiqqa
D) Muhammad Jahongirga

36. Qaysi hokim na Ulug‘bek va na Shohruxni tan olardi?
A) Hisori Shodmon hokimi Muhammad Jahongir
B) Balx, G‘azna va Kandahor hokimi Pirmuhammad
S) Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram hokimi amir Berdibek
D) Turkiston hokimi Shayx Nuriddin

Qayd etilgan