Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308030 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:23:50

57. Kim Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida vafot etadi?
A) Ulug‘bek
B) Xalil Sulton
S) Pirmuhammad
D) Shohrux

58. Nima sababdan 1447-yilda Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy larzalarga duchor bo‘ldi?
A) Shohruxning vafot etishi
B) Ulug‘bekning vafot etishi
S) Sulton Muhammad isyoni
D) Alouddavla Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga
olishi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:24:05

59. Ma’lumki, Shohrux vafot etgach odatga ko‘ra Hirot taxtiga Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni kim egallaydi?
A) Abulqosim Bobur
B) Abdulaziz
S) Boysung‘ur
D) Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavla

60. Qachon Alouddavla Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga oladi?
A) 1449-yilning oktabrda
B) 1447-yilning bahorida
S) 1448-yilning bahorida
D) 1447-yilning kuzida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:26:21

61. Ulug‘bek bilan Alouddavla o‘rtasida tusilgan sulhga ko‘ra "¦
A) Abdullatif ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
B) Abdulaziz ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
S) Abdullatif ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Movarounnahrga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
D) Alouddavla Movarounnahr hukmdori deb tan olinadi.

62. Qachon Ulug‘bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo‘shini Hirotga yurish qiladi?
A) 1447-yilning kuzida
B) 1447-yilning bahorida
S) 1448-yilning bahorida
D) 1448-yilning kuzida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:26:31

63. Qaysi jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga kiritiladi?
A) Damashq qishlog‘i yaqinida bo‘lgan jangda
B) Tarnob yaqinida bo‘lgan jangda
S) Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida bo‘lgan jangda
D) Issiqko‘l yaqinida bo‘lgan jangda

64. Movarounnahrda Ulug‘bekka qarshi isyon boshlanganligi sababli "¦
A) Ulug‘bek Abdullatif boshchiligida isyonni bostirish uchun Samarqandga qo‘shin jo‘natadi.
B) Ulug‘bek Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
S) Ulug‘bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o‘zi Samarqandga qaytadi.
D) Ulug‘bek Xurosonni Alouddavlaga qaytarib beradi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:26:55

65. Abdullatifning otasiga nisbatan adovat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bahonani qayd eting.
A) Ulug‘bekning Alouddavla bilan sulh tuzishi
B) Ulug‘bekning Abulqosim Bobur foydasiga Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechishi
S) Ulug‘bek tomonidan Abdullatifni Balxga noib qilib tayinlanishi
D) Alouddavla ustidan qozonilgan g‘alaba to‘g‘risida tevarak-atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal’asidagi xazina Ulug‘bek tomonidan olib qo‘yilgani

66. Abdullatif Hirotda necha kun hokimlik qiladi?
A) olti oy
B) o‘n besh kun
S) uch oy
D) yigirma besh kun

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:27:07

67. Kimning qo‘shinining Xirotga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib Abdullatif poytaxtni jangsiz bo‘shatib, Movarounnahr tomon qochadi?
A) Abulqosim Bobur
B) Alouddavla
S) Boysung‘ur
D) Abdulaziz

68. Ulug‘bek farmoni bilan Abdullatif qayerga noib qilib tayinlanadi?
A) Hirotga
B) Kobulga
S) Balxga
D) G‘aznaga

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:27:38

69. Abdullatif qayerda "œtamg‘a" solig‘ini bekor qilib, savdogarlarni o‘z tarafiga og‘dirib oladi?
A) Hirotda
B) Kobulda
S) Balxda
D) G‘aznada

70. Kim bilan Abdullatif bog‘lanib, uni birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga undaydi?
A) Abulqosim Bobur
B) Alouddavla
S) Boysung‘ur
D) Abdulaziz

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:27:47

71. Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug‘bek old tomondan kimlarning hujumiga duchor bo‘ladi?
A) Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oq o‘rdalik xonzodalardan Chingiz o‘g‘lonlarning
B) Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining
S) Oltin O‘rda hukmdorining
D) Turkiston hokimi Shayx Nuriddinning

72. Ulug‘bek hukmronligi davrida Abulxayrxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar qayerlarni talab, vayron qiladilar?
A) O‘tror, Toshkent, Xo‘jand tevaragidagi qishloqlarni
B) Kat, Urganch, Marv tevaragidagi qishloqlarni
S) Yangikent, Jand, O‘tror tevaragidagi qishloqlarni
D) Toshkent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qishloqlarni

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:27:55

73. Samarqand amirlarining kimga qarshi noroziligi kuchayib, Ulug‘bek uni bartaraf qilishga majbur bo‘ladi?
A) Abdullatif
B) Abdulazizga
S) Alouddavla
D) Abulxayrxon

74. Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, Amudaryodan kechib o‘tib, qayerlarni osongina zabt etadi?
A) Toshkent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro
B) O‘tror, Toshkent, Xo‘jand
S) Yangikent, Jand, O‘tror
D) Termiz, Shahrisabz va Xuzorni

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:28:04

75. Qachon Damashq qishlog‘i yaqinida Ulug‘bek bilan Abdullatif o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi?
A) 1449-yil oktabrda
B) 1448-yilning bahorida
S) 1447-yilning bahorida
D) 1425-yilning erta bahorida

76. Qaysi Samarqand amiri shahar darvozalarini berkittirib Ulug‘bekni ichkariga kirishga qo‘ymaydi?
A) Shamsiddin Muhammad Miskin
B) Mironshoh Qavchin
S) Muhammad Jahongir
D) Amir Abdulholiq

Qayd etilgan