Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308091 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:32:50

137. Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Turuqband suv ombori qayerda qurdiriladi?
A) Marv shahrida
B) Tus viloyatining yuqori qismida
S) Hirotda
D) G‘azna viloyatining yuqori qismida

138. Turuqband suv omborining qazilishi natijasida qayer suv bilan ta’min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi?
A) Hirot
B) G‘azna
S) Mashhad
D) Marv

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:58

139. Temuriylar davrida xo‘jalikning iqtisodiy hayoti-da dehqonchilik bilan yaylov chorvachiligi muhim o‘rin tutgan. Yaylov chorvachiligining qaysi sohalari ayniqsa muhim ahamiyat kasb etgan?
A) qo‘ychilik va zotdor otlarni yetishtirish
B) yilqichilik, tuyachilik hamda podachilik
S) yilqichilik va qoramol yetishtirish
D) podachilik

140. Butun XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda yer va mulkchilikning asosan necha shaklda bo‘lgan?
A) ikki
B) uch
S) besh
D) to‘rt

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:06

141. Temuriylar davrida dehqonchilik yerlarining eng katta qismi "¦
A) xususiy mulk hisoblangan.
B) davlat mulki hisoblangan.
S) vaqf mulki hisoblangan.
D) jamoa yerlar hisoblangan.

142. Ma’lumki, Temuriylar davrida davlat yerlarini "œsuyurg‘ol" tarzida in’om qilish keng tarqaladi. Odatda qayer suyurg‘ol shaklida in’om etilgan?
A) shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha
B) tuman
S) bir necha qishloq
D) bir necha tuman va viloyat

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:18

143. Temuriylar davrida butun bir shahar yoki viloyatlar odatda kimlarga berilgan?
A) ruhoniylarga
B) mahalliy hokimlarga
S) hukmron sulola namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga
D) zodagonlarga

144. Temuriylar davrida suyurg‘ol yer va mulklar ko‘pincha qay tarzda berilgan?
A) 15 yil muddatga
B) avloddan avlodga meros qilib
S) harbiy yoki davlat lavozimida bo‘lgan vaqtgacha
D) umrbod

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:26

145. Temuriylar davrida suyurg‘ol egasiga qanday huquqlar berilgan?
A) o‘z suyurg‘ol doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash
B) o‘z suyurg‘ol doirasida kengashlar o‘tkazish
S) davlat kengashlarida maslahat ovoziga ega edi
D) boshqa davlatlar bilan elchilik munosabatlarini o‘rnatish

146. Suyurg‘ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat qanday tadbir qo‘llardi?
A) har bir suyurg‘ol egasiga markaziy hokimiyatdan maslahatchilar tayinlanardi.
B) suyurg‘ol yerida mavjud bo‘lgan qo‘shin qo‘mondoni faqat oliy hukmdorga bo‘ysunardi.
S) ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning haq-huquqlarini cheklab qo‘yar edi.
D) markaziy hokimiyat oltin va kumush tangalar zarb qilar edi, suyurg‘ol egasi bunday imkoniyatga ega emas edi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:34

147. Suyurg‘ol egasi markaziy hukumatga bo‘ysun-magan taqdirda "¦
A) suyurg‘ol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi.
B) ularning haq-huquqlarini cheklab qo‘yilar edi.
S) ular tasarrufidagi yer maydonlari qisqartirilar edi.
D) suyurg‘ol egasi davlat kengashlarida ishtirok etishidan mahrum etilardi.

148. Temuriylar davrida yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarga tegishli mayda paykallar ham qaysi mulk qatoriga kirgan?
A) vaqf mulk yerlari
B) xususiy mulk yerlari
S) jamoa yerlari
D) davlat yerlari

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:43

149. Temuriylar davrida bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun nima berish keng tarqaladi?
A) iqto" yorlig‘i berish
B) vaqf yorlig‘i berish
S) tarxonlik yorlig‘i berish
D) iqto" va tarxonlik yorlig‘i berish

150. Tarxonlik yorlig‘ini olgan mulkdorlar qanday imtiyozlarga ega bo‘lgan?
A) amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan.
B) barcha soliq va to‘lovlarni yig‘ish
S) o‘z yerini boshqarish
D) barcha soliq, to‘lov va majburiyatlardan ozod qilingan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:51

151. Tarxonlik yorlig‘i odatda kimlarga berilgan?
A) yirik harbiy va davlat mansabdorlariga
B) hukmron sulola namoyandalariga
S) yirik ruhoniylarga
D) amirlar, beklar, saroy amaldorlari, saidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga

152. Tarxonlik yorlig‘ini olgan mulkdor ismiga qaysi so‘z qo‘shib aytilgan?
A) "œtarxon’
B) "œbek"
S) "œmirzo"
D) "œamir"

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:33:59

153. Qanday yerlar "œmulki vaqf" deb atalgan?
A) masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilgan yer va suvlar, vaqf qilingan do‘kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar.
B) shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha
S) yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari, ziroatchilarga tegishli mayda paykallar
D) qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo‘lgan yerlar.

154. Vaqf mulkidan tushgan daromad nima uchun sarf etilgan?
A) qishloq jamoasining ehtiyojlari uchun
B) yetim-yesirlarni ta’minlash uchun
S) masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta’miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun
D) hukmdor xazinasini to‘ldirib turish uchun

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:34:14

155. Temuriylar davrida jamoa yerlari ko‘proq qayerda keng tarqalgan edi?
A) suvga tanqis tog‘oldi hududlarida
B) vohalarda
S) cho‘llarda
D) zich yashaydigan qishloqlarda

156. Temuriylar davrida kimlar davlat yoki vaqf yerlarida, tarxon yoki suyurg‘ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida mehnat qilishgan?
A) dehqonlar
B) kadivarlar
S) kashovarzlar
D) muzoriylar

Qayd etilgan