Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307592 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:34:21

157. Temuriylar davrida sug‘orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq nima deb atalgan?
A) "œushr"
B) "œxiroj"
S) zakot
D) begor

158. Xiroj qay tartibda to‘langan?
A) faqat pul holida
B) faqat mahsulot holida
S) hunarmand buyumlari holida
D) mahsulot yoki pul holida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:34:31

159. Xiroj nimaga qarab belgilangan?
A) mansabga qarab
B) bajarilgan ishiga qarab
S) hosilga va yerning unumdorligiga
D) soliqlarni to‘lab borilishiga qarab

160. Temuriylar davrida daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug‘oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning qancha miqdorida olingan?
A) oltidan bir (16,5%)
B) uchdan bir qismi (33 foiz)
S) sakkizdan bir (12,5%)
D) o‘ndan bir qismi (10%)

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:34:41

161. Temuriylar davrida lalmikor yerlardan hosilning qancha miqdorida soliq undirilgan?
A) oltidan bir (16,5%)dan to sakkizdan bir (12,5%)
B) uchdan bir qismi (33 foiz)
S) o‘ndan bir qismi (10%)
D) to‘rtdan bir (25%)

162. Temuriylar davrida mulk yerlarining bir qismidan hosilning o‘ndan bir qismi (10%) miqdorida olingan soliqni aniqlang.
A) "œxiroj"
B) targ‘u
S) kalon
D) ushr

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:34:49

163. Qanday yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma’rifati va ma’naviy hayotida muhim nufuzga ega bo‘lgan ulamolar va mashoyixlar tasarrufida bo‘lgan?
A) ushr yerlar
B) mulk yerlar
S) mulki devoniy
D) mulki vaqf

164. Temuriylar davrida chorva mollaridan qancha miqdorda zakot olingan?
A) to‘rtdan bir (25%)
B) oltidan bir (16,5%)
S) qirqdan bir (2,5%)
D) sakkizdan bir (12,5%)

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:34:55

165. Temuriylar davrida mehnatkash aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug‘orish inshoatlarini hamda yo‘l qurilish va tuzatish ishlarida tekinga ishlab berish majburiyati nima deb atalgan?
A) barot
B) begor
S) kalon
D) qopchur

166. Temuriylar davrida ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi qanday nom bilan atalgan?
A) dehqon
B) muzoriy
S) kadivar
D) kashovarz

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:35:07

167. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash uchun kerakli asbob-uskuna va yetarli yemaklarni "¦
A) davlat omborxonasidan olishi kerak edi.
B) maxsus biriktirilgan amaldorlardan olishi lozim edi.
S) o‘zi bilan olib kelishi lozim bo‘lgan.
D) tarxon egasidan olishi kerak edi.

168. Movarounnahrning qaysi shaharlari temuriylar davrida hunarmandchilik markaziga aylanadi?
A) Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi
B) Sayram, Jand, Sig‘noq, Toshkent, Andijon, O‘zgan
S) Xo‘jand, Termiz, Balx, Kobul, Peshovar, G‘azna
D) Samarqand, Buxoro, Toshkaent, Hirot, Isfaxon, Dahiston

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:35:15

169. Temuriylar davrida ko‘pgina shaharlarda qanday hunarmandchilik mahallalari bo‘lgan?
A) to‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik
B) temirchilik va binokorlik
S) zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtarashlovchilar, shishasozlar,
ko‘nchilik
D) uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilar

170. Temuriylar davrida qaysi hunarmandchilik sohalari yetakchi o‘rinni egallagan edi?
A) to‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik
B) uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilar
S) zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik
D) shishasozlar, ko‘nchilik

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:35:23

171. XV asrda metall buyum yasovchilarining aksariyati kimlardan iborat edi?
A) to‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik buyumlari yasovchilar
B) zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik buyumlari yasovchilar
S) uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilardan
D) zeb-ziynat yasovchilar

172. Temuriylar davrida qaysi shaharlarda zargarlik rivoj topadi?
A) Samarqand va Buxoroda
B) Samarqand va Hirotda
S) Hirot va Buxoroda
D) Samarqand va Balxda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:35:30

173. Temuriylar davrida shahar zargarlari orasida qanday mohir ustalar soni ko‘payadi?
A) uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilar
B) to‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik buyumlari yasovchilar
S) zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik buyumlari yasovchilar
D) oltin, kumush va jez qotishmalaridan turli xil zeb-ziynatlar va qimmatbaho buyumlar yasaydigan va ularga badiiy ishlov beruvchi

174. Nima uchun temuriylar davrida naqshinkor badiiy buyumlar faqat mulkdor tabaqalargagina mansub edi?
A) chunki ular haqiqiy san’at shaydolari edi.
B) chunki mulkdor tabaqalar zeb-ziynat yasovchilardan iborat edi.
S) chunki ular boylik hashamlari hisoblangan.
D) chunki mulkdor tabaqalar bunday buyumlarni hukmdorga tortiq qilish huquqiga ega edi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:35:38

175. O‘rta asr hunarmandchiligida eng rivoj topgan sertarmoq sohani aniqlang.
A) to‘qimachilik
B) kulolchilik
S) chilangarlik
D) zargarlik

176. Kulolchilik qanday tarmoqlarga bo‘linadi?
A) kosagarlar, xum va xumchasozlar va tandirsozlar
B) uy-ro‘zg‘or buyumlari va qishloq xo‘jaligi buyumlari yasovchilar
S) chaynaksozlar va piyolasozlar
D) xum va xumchasozlar, piyolasozlar

Qayd etilgan