Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 202409 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:35:46

177. Qaysi davrda tosh yo‘nish, unga sayqallar berib, o‘ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san’ati kamolotga yetadi?
A) Somoniylar
B) Qoraxoniylar
S) Temuriylar
D) Chingiziylar

178. Qaysi joylarda jimjimador naqshlar chizilgan, o‘ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixlar yozilgan?
A) Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Farg‘ona vodiysida Quva xarobalarida devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar o‘sha zamonning yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi.
B) Sayfuddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Shohizinda me’moriy ansamblining asosiy qismi bo‘lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko‘hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug‘vor minora, Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari
S) Bibixonim jome masjidida Qur’onni qo‘yish uchun o‘rnatilgan ulkan tosh lavh, Go‘ri Amirdagi nefrit qabr toshi, Shohizinda sag‘analarga
D) Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:35:54

179. Temuriylar davrida qaysi shaharlarda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi?
A) Samarqand va Buxoroda
B) Hirot va Buxoroda
S) Samarqand va Balxda
D) Samarqand va Hirotda

180. G‘isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar qanday nom bilan yuritilgan?
A) "œustod"
B) "œbanno"
S) "œtamg‘a’
D) "œfulus’

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:01

181. "œUstod" deb kimlar yuritilgan?
A) peshtoq-u ravoq hamda toqilarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar
B) g‘isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar
S) me’moriy obida tarxini chizuvchilar
D) hunarmandning ustozlari

182. Quyidagilardan qaysilar XV asr xalq ustalarining yog‘och o‘ymakorligi san’atidagi eng nodir namunalar-dan hisoblanadi?
A) Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino
B) Sayfuddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Shohizinda me’moriy ansamblining asosiy qismi bo‘lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko‘hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug‘vor minora, Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari
S) Go‘ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari
D) Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Farg‘ona vodiysida Quva xarobalarida devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar o‘sha zamonning yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:09

183. Qayerning qog‘ozi o‘rta asr Sharqi xattotligida g‘oyat mashhur bo‘lib, uning ma’lum bir qismi chet o‘lkalarga chiqarilgan?
A) Samarqand
B) Hirot
S) Buxoro
D) Marv

184. XV asrda Temuriylar qaysi mamlakatlar bilan muntazam savdo-sotiq qilardi?
A) Usmoniylar saltanati, Misr, Suriya, Xuroson
B) Xitoy, Hindiston, Tibet, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi va Sibir
S) Arab xalifaligi, Xuroson, Rusiya, Volga bo‘yi va Sibir
D) Usmoniylar saltanati, Misr, Suriya, Xitoy, Hindiston

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:17

185. Temuriylar davrida Xitoydan Samarqandga asosan nimalar olib kelingan?
A) ipak, shoyi matolar, xususan atlas va parchalar, chinni, la’l, gavhar va mushk
B) nafis oq rangli ip matolar, nil bo‘yoqlar, xushbo‘y ziravorlar
S) surp, marvarid, durlar
D) mo‘yna, teri va mum

186. Temuriylar davrida Samarqandga qayerdan nafis oq rangli ip matolar, nil bo‘yoqlar, xushbo‘y ziravorlar olib kelingan?
A) Xitoydan
B) Rusiya, Tatariston va Sibirdan
S) Tibet va Erondan
D) Hindistondan

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:23

187. Temuriylar davrida surp, marvarid, durlar qaysi mamlakatdan olib kelingan?
A) Xitoydan
B) Rusiya, Tatariston va Sibirdan
S) Erondan
D) Hindistondan

188. Temuriylar davrida Samarqandga Rusiya, Tatariston va Sibirdan qanday mahsulotlar olib kelinar edi?
A) ipak, shoyi matolar, xususan atlas va parchalar, chinni, la’l, gavhar va mushk
B) qimmatbaho mo‘yna, teri va mum
S) ip matolar, nil bo‘yoqlar, xushbo‘y ziravorlar
D) surp, marvarid, durlar

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:31

189. Temuriylar davrida Yevropa mamlakatlaridan Samarqandga nimalar olib kelingan?
A) ipak, shoyi matolar
B) qimmatbaho mo‘yna, teri va mum
S) ip matolar, nil bo‘yoqlar, xushbo‘y ziravorlar
D) gazmollar, movuti, cherkas pichog‘i

190. Temuriylar davrida Samarqanddan chet mamlakatlarga, xususan Rusiya, Tatariston va Sibirga qanday mahsulotlar chiqarilgan?
A) farang gazmollari, movuti, cherkas pichog‘i
B) surp, marvarid, durlar
S) arzon narxli ip matolar, asosan bo‘z, duxoba, shoyi gazlama, qog‘oz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip)lar
D) atlas va parchalar, chinni, la’l, gavhar va mushk

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:40

191. Qaysi mamlakat bilan Ulug‘bek va Shohrux muntazam ravishda elchilar almashib turishgan?
A) Hindiston
B) Xitoy
S) Eron
D) Tibet

192. Movarounnahr va Xuroson elchilari va savdogarlari Xitoyning qaysi shahariga qatnab turishgan?
A) Qoshg‘ar
B) Xo‘tan
S) Bolasog‘un
D) Xonbaliqqa

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:48

193. Qachon Ardasher boshliq Shohrux elchilari Xitoyda bo‘ladilar.
A) 1418-yilda
B) 1419-yilda
S) 1420-yilda
D) 1421 yilda

194. 1419-yilda kimga javoban Li-Do va Jong-Fu Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo‘lib keladilar?
A) Abdurazzoq Samarqandiy boshliq Shohrux elchilariga
B) Ardasher boshliq Shohrux elchilariga
S) Ulug‘bek boshliq Shohrux elchilariga
D) Alouddin Ali Qushchi boshliq Shohrux elchilariga

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:36:55

195. Qayerga 1420-yilda Shohrux va Ulug‘bek 530 nafardan iborat elchilik karvonini jo‘natadilar.
A) Hindistonga
B) Eronga
S) Usmoniylar saltanatiga
D) Xitoyga

196. Qaysi davlatda temuriylarning elchilari ikki yildan ortiqroq bo‘lib, 1422-yilda o‘z vatanlariga qaytib keladilar?
A) Hindistonda
B) Xitoyda
S) Eronda
D) Usmoniylar saltanatida

Qayd etilgan