269. XV asrda siymolar qiyofasi tasvirlari orasida kimlarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan?
A) Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro
B) Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy
S) Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih, Durbek, Sakkokiy
D) Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur
270. Qaysi mashhur rassom tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham horg‘inlik alomatlari, ham ulug‘vorlik va olijanoblik ko‘zga yaqqol tashlanib turadi?
A) Mahmud Muzahhib
B) Kamoliddin Behzod
S) Mirali Tabriziy
D) Sultonali Mashhadiy