Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307537 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 16:14:32

141. Sarrojlik — bu "¦
A) egar-jabduq yasash
B) zargalik faoliyati
S) arava yasash
D) miskarlik

142. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoning qaysi hududida qo‘rg‘oshin, kumush va oltin qazib olinardi?
A) Farg‘ona
B) Eloq
S) Sug‘d
D) Badaxshon

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:14:41

143. Turk xoqonligi davrida ichki va tashqi savdo-sotiqda kimlarning mavqe baland edi?
A) Farg‘ona savdogarlarining
B) Sug‘d savdogarlarining
S) Yettisuv savdogarlarining
D) Badaxshon savdogarilarining

144. Nima sababdan VII asrda Turk xoqonligi uchun ahamiyatli bo‘lgan karvon yo‘llari janubdan shimol tomonga ko‘chgan?
A) xitoyliklarning doimiy tazyiqi
B) Eron bilan munosabatlarning keskinlashuvi
S) Vizantiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi
D) janubdan arablarning hujumi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:14:51

145. Qachon G‘arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar ayniqsa faollashdi?
A) VII asrning ikkinchi yarmida
B) VII asrning boshida
S) VII asrning birinchi yarmida
D) VI asrning oxirida

146. 627-yilda "¦
A) turklar Yoyiq va Itil bo‘ylarini zabt etdi
B) Buxoroda Abruy boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi
S) Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Usturushonadan birlashgan katta savdo karvoni Xitoyga yetib bordi
D) sosoniylar Toxariston va Chag‘oniyonni eftaliylardan tortib oldilar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:03

147. Buxorodagi Abruy qo‘zg‘oloni qachon bo‘lib o‘tgan?
A) 685-686-yillarda
B) 627-yilda
S) 585-586-yillarda
D) 615-617-yillarda

148. Ilk o‘rta asrlarda ko‘tarilgan Buxorodagi Abruy qo‘zg‘olonining sababi nima edi?
A) qashoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asorati
B) dehqonlar asorati
S) mamlakatdagi 10 dan ortiq turli xil soliqlarning yig‘ilishi
D) doimiy harbiy yurish

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:11

149. Buxoroda Abruy qo‘zg‘oloni davom etayotgan bir paytda turk xoqoni kim edi?
A) To‘nyabg‘u
B) Qoracho‘rin
S) El Arslon
D) Istemi

150. Abruy qo‘zg‘olonini bostirgan turk sarkardasini aniqlang.
A) Qutlug‘xon
B) Divashtich
S) El Arslon
D) Suketu Cherbi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:19

151. Sheri Kishvar kim?
A) 704-yil Xuroson noibi bo‘lgan arab sarkardasi
B) 585-586-yillari Buxoroda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon bohchisi
S) 618-630-yillarda hukmronlik qilgan G‘arbiy turk xoqoni
D) Abruy qo‘zg‘olonini bostirgan sarkarda

152. Ilk o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududida 15 dan ortiq bir qancha hokimliklarning tashkil topishi nechanchi asrlarga to‘g‘ri keladi?
A) V-VII asrlar
B) IV-V asrlar
S) VII-VIII asrlar
D) VII-IX asrlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:26

153. Ilk o‘rta asrlarda mahalliy hokimliklar markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan "¦
A) o‘z mutaqilligini ma’lum darajada saqlab turardilar
B) hokimliklar orasida o‘z mavqeni oshirib olardilar
S) hokimning o‘zgartirilmasligini birmuncha saqlab qolardilar
D) birmuncha vaqtga bo‘lsa-da mustaqil ish yuritardilar

154. V-VII asrlarda O‘rta Osiyodagi mustaqil viloyatlarning hukmdorlari kimlarga tayanardilar?
A) mulkdor dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga
B) urug‘ va qabila boshliqlariga
S) qishloq oqsoqollariga
D) mulkdor dehqonlar va ularning kadivarlariga

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:33

155. Ilk o‘rta asrlardagi mustaqil hokimliklarning eng yirigi qaysi biri edi?
A) Choch
B) Farg‘ona
S) Toxariston
D) Sug‘d

156. Ilk o‘rta asrlarda Sug‘d hukmdorlari nima deb atalgan?
A) tudun
B) xoqon
S) qoon
D) ixshid

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:41

157. Najjorlik — bu "¦
A) qurolsozlik
B) zargalik
S) duradgorchilik
D) chilangarlik

158. Toxaristonning poytaxtini aniqlang.
A) Marv
B) Balx
S) Nishopur
D) Yettisuv

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 16:15:49

159. Toxariston avval eftaliylar, so‘ngra "¦ tomonidan bo‘ysundirilgan.
A) Turk xoqonligi
B) sosoniylar
S) Arab xalifaligi
D) Vizantiya

160. Quyidagi qaysi hudud aholisi budda diniga e’tiqod qilgan?
A) Sug‘d
B) Toxariston
S) Farg‘ona
D) Choch

Qayd etilgan