Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307580 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 15:45:48

ILK O‘RTA ASRLARDA VATANIMIZNING IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI

1. Qadimgi Turon diyorida yuksalish qaysi davlatlar ravnaq topgan davrda boshlangan edi?
A) Eftallar davlati va Turk xoqonligi
B) Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari
S) Xorazm va Qang‘ davlatlari
D) Qang‘ davlati va Kushon podsholigi

2. Ilk o‘rta asrlarga o‘tish davrida Turon zaminida ro‘y bergan dehqonchilik yutuqlarini aniqlang.
1) sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 2) dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 3) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni mamlakatlarga chiqarila boshlandi; 4) suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalaklar kabi suv inshoatlari kashf etildi; 5) qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi; 6) dehqonchlikda uch dalali almashlab ekishni joriy etilishi; 7) g‘allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi; 8 ) davlatning tashkil topishi xom ashyo yetkazuvchi qishloq xo‘jaligining o‘sishi bilan bo‘g‘liq bo‘lib qoldi.
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 3, 5, 7
S) 1, 4, 5, 7
D) 1, 2, 6, 8

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:46:28

3. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib bordi?
A) shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmand-chilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida
B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida
S) dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida
D) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida

4. Ilk o‘rta asrlarda mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi?
1) yirik o‘rta asr davlatlari shakllana boshladi; 2) ziroatkor maydonlarga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshladi; 3) sex hunarmandchiligiga va o‘ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo‘lgan o‘rta asr shaharlari vujudga keldi; 4) o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi; 5) xalqlarning buyuk ko‘chishlariga olib keldi; 6) ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholinining o‘troq hayotga o‘tishining kuchayishi; natijasida obikor yerlaga bo‘lgan muhtojlik oshib bordi; 7) ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 8) katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi.
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 3, 6, 8
S) 1, 2, 4, 6, 7, 8
D) 1, 3, 5, 7

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:46:58

5. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?
A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida
B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va vorisiy mulkiga aylanishi natijasida
S) chorvadorlarning ko‘psonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida
D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi

6. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olar edilar. Bu yo‘l bilan ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lardilar?
A) barcha sug‘orish inshoatlarini egasi bo‘lish
B) suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq ziroatkor mehnatkashlarining yerlariga yetarlicha suv yetkazib berish
S) dehqonchilikda faqat o‘zlari uchun suvdan bemalol foydalanish
D) suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:47:25

7. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar qishloqlarda o‘z ta’sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. O‘sha zamonda ular nima deb atalgan?
A) kashovarzlar
B) kadivarlar
S) dehqonlar
D) ziroatkorlar

8. Ilk o‘rta asrlarda kimlar to‘g‘on boshi atrofidan o‘ziga tegishli yer maydonlarini ajratib olib, suv taqsimotini nazoratga olishi natijasida qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan?
A) ixshidlar
B) kashovarzlar
S) kadivarlar
D) sarkorlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:47:45

9. Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan aholi tabaqasining yuqori vakili ko‘rsatilgan?
A) qishloq oqsoqoli
B) kadivar
S) chokar
D) dehqon

10. "œUlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do`kon-u rastalaridan iborat kattagina xo`jalikka ega edilar, qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko`shk va istehkomli qo`rg`onlar, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo`lardi". Ushbu so`zlar ilk o`rta asr aholisining qaysi tabaqasiga mansub?
A) urug‘ va qabila boshliqlari
B) kadivar
S) dehqon
D) kashovarzlarlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:48:16

11. Chokarlar — bu "¦
A) ziroatchi oddiy qo‘shchilar
B) qishloq hokimi
S) dehqonning hayotini va mol-mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon
D) qishloqning dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan ahli

12. "œUlar baquvvat va abjir hamda o`z hojasiga sadoqatli o`spirinlardan tanlab olingan, xojasi vafot etganda hatto u bilan birga tiriklayin ko`milishi lozim bo`lgan’. Gap kimlar haqida ketmoqda?
A) xalfalar
B) kadivarlar
S) chokarlar
D) shadlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:48:40

13. Kadivarlar kimlar?
A) ziroatchi oddiy qo‘shchilar
B) qishloq hokimi
S) qishloqning dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan ahli
D) dehqonning hayotini va mol-mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon
E) ekin maydonlariga ishlov beruvchilar

14. Quyidagi qaysi javob ilk o‘rta asrlarda shakllangan aholi tabaqasining vakili chokarlar uchun taaluqli?
1) dehqonning hayoti va mol-mulkini qo‘riqlagan; 2) xojasi vafot etganda u bilan birga tiriklayin ko‘milishi lozim bo‘lgan; 3) qishloq jamoalarida yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan; 4) qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma’lum bir ulushi ularning qo‘liga o‘tgan va vorisiy mulkiga aylanardi; 5) ular dehqonchilikning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari edi; 6) ular bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan;
7) ular viloyat hokimining o‘rinbosari hisoblangan.
A) 1, 2, 6
B) 2, 3, 5, 7
S) 1, 2, 5
D) 2, 4, 6

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:48:59

15. Ilk o‘rta asrlarda kimlar dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylangan?
A) kadivarlar
B) chokarlar
S) dehqonlar
D) sarkorlar

16. Ilk o‘rta asrlarda qishloq hokimi nima deb atalgan?
A) kashovarz
B) dehqon
S) kadivar
D) tudun

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:49:17

17. V asrning o‘rtalarida ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi "¦
A) qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi
B) mulkdor dehqonlar qo‘l ostida edi
S) kadivarlar qo‘l ostida edi
D) erkin ziroatchi kashovarzlar qo‘l ostida edi

18. Ilk o‘rta asrlarda qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi nima deb atalgan?
A) kashovarz
B) chokar
S) kadivar
D) sarkor

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:49:37

19. Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) dehqon — qishloq hokimi
B) kadivar — erkin ziroatchi
S) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar
D) chokar — dehqon qo‘riqchisi

20. Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi?
A) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi
B) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi
S) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi
D) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi

Qayd etilgan