Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307417 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 15:53:40

41. Toxarlar kimlarning avlodlari hisoblanadi?
A) kushonlarning
B) parfiyaliklarning
S) saklarning
D) massagetlarning

42. V asr 20-yillarida kidariylar Amudaryo havzasi hamda g‘arbiy va janubiy Sug‘d yerlarini ishg‘ol etib qaysi davlatning janubiy qismida o‘z hukmronligini o‘rnatdilar?
A) Xorazm davlati
B) Xioniylar davlati
S) Eftaliylar davlati
D) Sosoniylar davlati

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:54:14

43. Quyidagi qaysi shahar ilk o‘rta asr davlati bo‘lgan Kidariylar davlatining poytaxti hisoblanadi?
A) Marv
B) Balx
S) Yangikent
D) Naxshab

44. Ilk o‘rta asr davlati hisoblangan Kidariylar davlatining nomi qanday kelib chiqqan?
A) Kidar ismli hukmdor nomidan
B) toxarlar qabilasining muqim aholisi kidariylar nomidan
S) ko‘chmanchi chorvador kidar nomli qabila nomidan
D) mamlakat poytaxti Kidar shahri nomidan

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:54:38

45. Kidariylar kimlar bilan ittifoqchi sifatida harakat qilgan va tajovuzlarini Janubga tomon kengaytirishga intilgan?
A) turklar
B) sosoniylar
S) eftaliylar
D) xioniylar

46. Qachon kidariylar bilan sosoniylar o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo‘lib qolgan?
A) V asr 60-70-yillarida
B) V asr 20-yillarida
S) VI asr boshlarida
D) V asr 30-50-yillarida

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:55:11

47. 456-yilda "¦
1) kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar; 2) xioniylar Sug‘dga bostirib kirdilar;
3) O‘rta Osiyoda kidariylar hukmronligi barham topdi;
4) O‘rta Osiyoga eftaliylar hujumi boshlandi;
5) eftaliylar Xitoyga elchi yubordilar; 6) xioniylar eftaliylar bilan bo‘lgan jangda qaqshatqich zarbaga uchradilar; 7) Pero‘z eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi
A) 1, 3, 5
B) 2, 3, 7
S) 1, 4, 5, 7
D) 2, 4, 6

48. Kimlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda kidariylar O‘rta Osiyoni tark etishga majbur bo‘ladilar?
A) xioniylar
B) sosoniylar
S) turklar
D) eftaliylar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:55:38

49. V asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoda kimlarning hukmronligi boshlandi?
A) arablar
B) turklar
S) eftaliylar
D) kidariylar

50. O‘rta Osiyoni tark etgan kidariylar Shimoliy Hindistonda necha yil hukmronlik qiladilar?
A) 120 yil
B) 75 yil
S) 47 yil
D) 140 yil

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:56:23

51. Ma’lumki, "œeftal" degan nom ilk bor "œxeptal" shaklida uchraydi. Bunday ma’lumotlarni qanday manbalarda uchratish mumkin?
A) V asr arman manbalarida
B) Behistun yozuvida
S) Avestoda
D) IV asr turk manbalarida

52. Vaxshunvar kim?
A) sosoniylar shohi
B) "œEftalon" deb yuritilgan shoh
S) eftaliylar hukmdori
D) B va S

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:56:48

53. Nima sababdan sosoniylar Eftaliylar davlatiga qarshi yurish qiladi?
A) sosoniylarning tobora kuchayib borayotgan eftaliylar hujumidan havfsirashlari sababli
B) eftaliylarning sosoniylar bilan tuzgan savdo shartnomasini buzganliklari sababli
S) eftaliylar shohining sosoniylar shohi Pero‘zga nisbatan haqoratli maktub yo‘llashi sababli
D) eftaliylarning sosoniylar davlati tasarrufidagi hududni bosib olishlari sababli

54. Eftaliylar va Sosoniylar o‘rtasidagi jang-u jadallar qaysi sosoniy shohi hukmronligi davrida ayniqsa kuchaydi?
A) Pero‘z
B) Kubod
S) Anushervon
D) Shopur II

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:57:32

55. Sosoniylar shohi Pero‘z (459-484) Eftaliylarga qarshi necha marta yurish qiladi va necha marta g‘alaba qozonadi?
A) 4 marta yurish, 2 marta g‘alaba
B) 3 marta yurish qiladi, ammo har galgisida mag‘lubiyatga uchraydi
S) 6 marta yurish, 4 marta g‘alaba
D) 3 marta yurish, 2 marta g‘alaba

56. Ma’lumki, Eftaliylar davlatiga qarshi yurish qilgan Sosoniylar shohi Pero‘z dastlabki janglardayoq mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Pero‘z kim tomonidan yuborilgan o‘lpon evaziga asirlikdan ozod etiladi?
A) Pero‘zning vorisi Kubod tomonidan
B) Vizantiya imperatori Zenon tomonidan
S) Turk xoqonligi hukmdori Bumin tomonidan
D) Vizantiya imperatori Yustinian

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:58:16

57. Sosoniylar shohi Pero‘zning eftaliylarga qarshi ikkinchi yurishida qaysi davlat unga ittifoqdoshlik qiladi?
A) Franklar qirolligi
B) Xitoy
S) Vizantiya imperiyasi
D) Turk xoqonligi

58. Ma’lumki, eftaliylarga ikkinchi marta asirga tushgan sosoniylar shohi Pero‘z 30 xachirga yuklatilgan kumush dirhamlar bilan o‘lpon to‘lash majburiyatini oladi. Ammo 20 xachirgagina yuk bo‘ladigan mablag‘i bo‘lgan Pero‘z qay tarzda tutqunlikdan ozod etiladi?
A) shohning Anushervon ismli nevarasi Pero‘zning o‘rniga eftaliylar yurtiga garovga yuborilib, to‘rt yil davomida eftaliylarga katta o‘lpon to‘lab turiladi
B) ittifoqdosh Vizantiya imperatori Zenon 10 xachirga yuklatilgan kumush dirhamlar bilan o‘lpon qarzini to‘laydi
S) shohning Kubod ismli yosh o‘g‘li Pero‘zning o‘rniga eftaliylar yurtiga garovga yuborilib, ikki yil davomida eftaliylarga katta o‘lpon to‘lab turiladi
D) Eftaliylar davlatini bir qismini qo‘lga kiritish maqsadida Xitoy hukmdori 10 xachirga yuklatilgan kumush dirhamlarini yuborishi natijasida Pero‘z tutqunlikdan ozod etiladi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 15:58:55

59. Sosoniylar shohi Pero‘zning eftaliylarga qarshi 484-yilgi yurishi qanday oqibatga olib keladi?
A) eftaliylarning tor-mor etilishi va juda og‘ir miqdorda o‘lpon to‘lash majburiyatini yuklanishiga
B) Eron tomonidan Eftaliylar davlatining egallanishiga
S) eftaliylar va sosoniylar o‘rtasida do‘stlik bitimining tuzilishiga
D) Pero‘zning halokati, eftaliylar tomonidan Marvning ishg‘ol qilinishi, Eron ustiga juda og‘ir o‘lpon yuklanishiga

60. Sosoniylar shohi Kubodning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 309-379-yillar
B) 531-579-yillar
S) 459-484-yillar
D) 488-531-yillar

Qayd etilgan