111. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi yillarda va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod bo‘ldi.
A) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida
B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida
S) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zabasi natijasida
D) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda Turk xoqonligi zarbalari natijasida
112. Eftaliylar davlati barham topgach, uning hududlari qaysi davlatlar o‘rtasida va qay tariqa taqsimlanadi?
A) Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizgacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi
B) Eron va Vizantiya o‘rtasida taqsimlanib, chegara Talikon yaqinida belgilandi
S) Sirdaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo‘ylab Kaspiy dengizgacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi
D) hududlar Vizantiya va Arab xalifaligi o‘rtasida taqsimlanib, chegara Amudaryo qilib belgilandi