Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim", debdi Ali. Podshoh ikkala maslahatchining ham donoligiga tan bergan ekan.
Qani Siz ham shu sonlarni topishga xarakat qilib ko'ringchi? Ehtimol podsho sizga ham qoyil qolar.
Savolning javobi 2 va 3. Podshoh Alining qulog'iga 6, Valinikiga 5 degan