Ota o’z qizini solih kishiga «uylaning», deb
taklif kilishi
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan: «Xafsaning eri Xunays1 ibn Xuzofa as-Saxmiy vafot etganidan keyin Umar roziyallohu anhu aytadi: «Men Usmon roziyallohu anhuning oldiga borib, unga qizim Xafsani taklif qildim. U: «o’ylab ko’raman»,- dedi. Oradan bir necha kun o’tdi. So’ng shu kunlarda uylanolmasligini aytdi. Abu Bakrga bordim, unga: «hoxlasangiz, qizim Xafsani sizga beray»,- dedim. Abu Bakr biron narsa demadi. Men Usmondan ham ko’ra Abu Bakrdan ko’p hafa bo’ldim. Oradan bir necha kun o’tgach keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sovchi qo’ydilar. So’ng Xafsani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nikohlab berdim. Bir kuni Abu Bakrni uchratib qoldim. Abu Bakr: «(Ey Umar) menga qizingiz Xafsani taklif qilganingizda, xech narsa demaganimga hafa bo’lgandirsiz?»- dedi. «Ha» dedim. Abu Bakr: «Boisi shuki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sirlarini fosh etgim kelmadi, agar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uylanmaganida, men albatta taklifingizni qabul qilar edim»,- dedi.
Buxoriy rivoyati Hadisdan olinadigan saboqlar
Bu hadisdan ota qizini yoki qo’l ostidagi cho’rilardan birini solih kishiga taklif qilishi mumkinligi ma’lum bo’ladi. Bu ishi o’z qiziga qilgan yaxshiligidandir.
Ota qizini solih kishiga taklif qilishida zarar yo’q. Umar roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiqga qizini taklif qkildi. Xolbuki, Abu Bakrning boshqa xotini bor edi. Xafsaning ham yoshi Abu Bakrdan yigirma yoshlar chamasi farq qilar edi. Chunki Xafsa risolatdan besh yil oldin tug’ilgan.
Ba’zi ayollarning «xotin ustiga yana boshqasini olishni istagan kishiga turmushga chiqish joiz emas. Chunki bu oldingi xotiniga nisbatan zulmdir», degan tushunchalari xatodir. Umar roziyallohu anhu qizi Xafsani Abu Bakr va Usmondek turmush qurgan kishilarga taklif qildi-ku!
Musulmonlarning biri-biriga sovchi qo’yish yoki uylanish kabi solih amallarni qilishi Alloh izni bilan savobli ishdir.
«(Ey mo’minlar), yaxshilik va taqvo ishlarida bir-birlaringga yordam beringlar». [Moida/2]
Xozir fitnalar avjiga chiqqan bir davrda uylanish shartlarini yengillashtirish lozim. Chunki kundan kunga ayollar soni ko’payib bormoqda.
Ko’p kishilarning beva ayollarga -hox eri o’lgan, hox ajrashgan bo’lsin- uylanishdan boshtortishlari katta xatodir. Chunki bu ayollar oilaviy va ijtimoiy xojatlarini ado etadigan kishilarga muxtojlar.
Shuningdek ayollar ham o’zlariga sovchi ko’yayotgan kishilardan diniga va hulqiga rozi bo’lganiga — garchi uylangan bo’lsa ham- rozi bo’lishlari lozim. Ular o’zlarini himoya qiladigan va oilaviy muammolarini hal qilib beradigan solih kishining qo’l ostida bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.
_______________________________________________
1Xunays - sahobiylardan, Madinada vafot etgan