ISLOMDA oiladagi muomala  ( 56639 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Mahdiyah  30 May 2008, 11:31:29

Assalamu alaykum!

Bu mavzuni ochishdan maqsad hozirgi kundagi oilalarda (xoh yosh oila bo'lishsin, xoh ko'p yillik oila...) muomila madaniyatidan asar ham yo'q. Yaxshi so'zlar, chiroyli gaplar, go'zal muomilalar ko'chadagi begonalar uchun bo'lib qolgan. Agar ularga ham ertaga ishimiz tushmasa edi balki ularga ham bu muomilani qilmasmidik... Bu mavzu orqali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oilada qanday bo'lganlar, oilaviy muomilada qanday bo'lganlar, sahabolar qay holatda ahli oilalari bilan muomilada bo'lganlar, shular haqida yozamiz.
Inshaolloh bu bilan o'zimiz ham sal bo'lsada ularga o'xshashlikka harakat qilamiz.

Bu mavzu qizlarga ham yigitlarga ham bir xil tegishli.
Qars ikki qo'ldan chiqadi.
Ertaga farzandlarimiz bizdan o'rnak olishadi, va shu bilan o'zlari ham bir oilaga bosh bo'lishadi.
Oilada muomila 1 o'rinda turadi.
Qo'polroq qilib aytganimizda inson zoti yaxshi muomilaga o'ch bo'ladi.
Shirin so'zga ilon ham inidan chiqadi degan maqol bejizga emas.
Bugun biz tilimizda, muomilamizda, amalimizda ahli oilamizga, yaqinlarimizga go'zal muomilada bo'lsak Inshaolloh buning savobini bu dunyoda ham, qiyomatda ham olamiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sadaqaning eng afzali ahli oilasiga qilinganidir". Shuning uchun avvalo o'zimizdan, oilamizdan go'zal muomilani boshlaylik...

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2008, 16:08:33

Eng avval o'zim yaxshi ko'rgan hadisni joylamoqchiman.

Oisha roziyallohu anho dedilar: "œPayg’ambar alayhissalomning safarlarining birida birga chiqdim. Men u kunlari nozik, hali semirmagan edim. Payg’ambar alayhissalom odamlarga "œSizlar oldinda ketinglar", dedilar. Odamlar ilgarilab ketdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga "œKeling chopishamiz", dedilar. Men u kishi bilan chopishdim va o’zib ketdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamay qo’yaverdilar. Vaqt o’tib, menga ham et kirib, semirdim. Yana safarlarning birida hamroh bo’ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga "œSizlar oldinda ketinglar", deb, menga "œkelin chopish musobaqasi o’ynaylik", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan o’zib ketdilar va kulib "œBunisi avvalgisi bilan teng bo’ldi", dedilar".
Imomi Ahmad rivoyati

P.S. Sizlardan ham shu kabi hadislarni va sahobalar hayotidan o'rnakli mavzularni kutamiz.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2008, 13:36:02

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamiz bilan payg’ambarlar qissalari haqida suhbatlashib o’tirardilar. Bir kuni Yusuf alayhissalom qissalari haqida gapirib turib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "œYusuf alayhissalomning yuzlarida parda bo’lgan. Yusuf alayhissalom juda go’zal bo’lganlaridan yuzlarini parda bilan berkitib yurardilar", dedilar.
Shunda Oisha onamiz "œO’zlarichi? O’zari pardadan behojatmilar?" dedilar. "œNima uchun siz parda qilmaysiz, Siz Yusuf alayhissalomdan ko’rkamroqmasmisiz?" dedilar Oisha onamiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qildilar. Uyalib kuldilar. So’ng pastga qarab o’tirdilarda, bir fursta o’tirgandan keyin "œYa Oisha! Qani menga qarang-chi" dedilar.
Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaradilaru, behush bo’lib yiqilib qoldilar. O’zlariga kelgandan keyin "œYo Rasululloh! Meni kechiring" degandilar, Nabiy alayhissalom "œYusuf alayhissalom o’zlari parda qilib yurgan bo’lsalar, Alloh taolo meni O’zining ilohiy pardasi bilan to’sib turadi". dedilar.
Oisha onamiz "œDod" dedilar. "œYo Rasululloh! Hech qachon bu pardani olmasinlarki, inson bolasi toqat qilolmaydi" dedilar.

Ma'ruzadan

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2008, 13:38:17

Assalamu alaykum!

Birodarlar! Bu mavzuda aynan hadis yoki bir rivoyat joylash shart emas.
Mana shu mavzu haqida hayotiy misollar ila o'z fikringizni ham bildirsangiz bo'ladi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 06:47:17

 :as:

OILAVIY HAYOT

Payg’ambar xonadonidan namunalar



Muallif: Xolid ibn Abduraxmon
Tarjimon: Ne’matjon Adxamjon o’g’li


Bismillahir Rohmanir Rohiym
SO’Z BOSHI

Alloh taologa xamdu sanolar, Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, ahli baytlariga va ashoblariga hamda qiyomatgacha ularga chiroyli sur’atda ergashganlarga Allohning salotu salomlari bo’lsin.
Birodarimiz Xolid ibn Abdurrahmon Shoyi’ning «Oilaviy hayot» deb nomlangan kitobini er-xotinlik mavzusida juda foydali va nozik did bilan yozilgan deb o’ylayman.
Bu kitobda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hidoyatlaridan uzoq bo’lish hamda xotinlar bilan muomala qilishni bilmaslik oqibatida vujudga keladigan muammolar xususida so’z boradi. Shuningdek, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ayollari va qizlari bilan qilgan muomalalari, ayollar tarafidan sodir bo’layotgan noma’qul hatti harakatlar, nikoh to’ylari kabi marosimlarni shariatga muvofiq xursandchilik bilan o’tkazish lozimligi, ayollar tarbiyasiga qattiq e’tibor berish, qizlarning otasi ustidagi haqqi, ko’pxotinlik hamda ularni orasida adolat, taqsimot ishlari va er xotin o’rtasida sodir bo’lgan mushkulotlarni qanday bartaraf etish xususida so’z boradi.
Darhaqiqat, bu risola Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotidan yorqin suratni bizlarga taqdim qiladi-ki, bu bilan ko’p xonadonlardagi oilalar xayoti mustahkamlanadi.
Payg’ambarimizga Allohning salovot va salomlari bo’lsin.

Solih ibn G’onim As-Sadlan.


Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 06:57:19

Tiriklikda ham vafot etgandan keyin ham
er-xotinlik haqlariga rioya qilish

Oisha roziyallohu anhodan: «Men Nabiy sollallohu alayhi va sallam ayollari ichida Xadicha roziyallohu anhoga — garchi u kishini ko’rmagan bo’lsam ham — rashk qilganimchalik birontasiga rashk qilmaganman. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni ko’p eslardilar. Agar qo’y so’ysalar, uni bo’laklarga bo’lar, so’ng Xadichaning dugonalariga ham jo’natar edilar.
Bir kuni men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga "œGo’yo dunyoda Xadichadan boshqa ayol yo’qday!"- degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ha, (dunyoda) Xadichadek ayol bo’lmagan! U juda ajoyib edi. Undan farzandlarim ham bor»
,- dedilar. (Buxoriy rivoyati)


Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oliyjanob xislatlari, go’zal sifatlari, halimligi va ayollariga nisbatan - vafot etib ketgan bo’lsa ham - muhabbati hamda o’sha ayolidan ko’rgan yaxshiliklarini unutmaganligi zikr qilingan.

2) Hadisda Xadicha roziyallohu anhoning fazli va u muhtaramaning Nabiy sollallohu alayhi va sallamga qanchalik aziz, ham suyukli bo’lganliklari bayon etilgan.

3) Kishi ayolining qadr-qimmmatini tirikligida ham vafot etgandan keyin ham unutmasligi lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlarning eng yaxshingiz o’z oilasiga yaxshi bo’lganingiz. Men esa sizlarning orangizdagi o’z oilasiga eng yaxshi kishiman". (Termiziy, Axmad va Ibn Moja rivoyati, sahih hadis Alboniy)

4) Rashk1ning  er-xotin orasida mavjudligiga isbot bor. Rashk eng fozila ayollardan ham sodir bo’lishi mumkin.
Imom Tabariy aytadi:
«Rashk ayollar tabiatida bo’lgani uchun rashk qilish mumkin, lekin Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarga o’tib ketmasligi lozim».

5) Yaxshi ko’rgan kishingizning yaxshi ko’rganlarini ham yaxshi ko’ring.

6) Ayrim kishilar ikkinchi xotinga uylangandan keyin, avvalgi xotinining yaxshiliklarini esdan chiqaradilar. Bu xato, albatta.

7)
Ayol o’zining yurish turishi va chiroyli muomalalari bilan erining muhabbatini qozonishi lozim. Zero, yaxshi xotin eriga hayot quvonchini taqdim etib, go’zal muhit yaratib beradi. Yaxshi ayol oilani bog’-bo’stonga, yomon ayol esa cho’l-biyobonga aylantiradi.


______________________________________________________
1 Rashk bir kishiga tegishli bo’lgan narsadan boshqa birovning sherik bo’lishi natijasida qalb hayajonlanishidan olingan. Bu ko’proq er-xotinlar o’rtasida bo’ladi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 07:06:46

Ayollar bilan muloyim muomala qilib, ular muhabbatini qozonmoq lozim

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Xabashlar nayzalari bilan masjidda o’yin ko’rsatishardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Ey Xumayro1  ularni tomosha qilishni hoxlaysizmi dedilar. Men: «Ha» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam eshik yonida turdilar, men esa yonlariga keldim-da iyagimni muborak yelkalariga ko’ydim va yanog’imni yanoqlariga tekkazdim. Habashlar o’yin ko’rsatib: «Abul Qosim juda yaxshidir»,- deyishardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Yetar endi» dedilar. Men: «Yo Rasululloh shoshmang» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biroz turdilar. So’ng yana «Yetar, endi» dedilar. Men yana «Yo Rasululloh, shoshmang» dedim. Habashlarni tomosha qilishni hoxlamas edim, lekin men ayollarga Rasulullohning men uchun turganliklari va meni qadrlashlari ayollarga yetib borishini hoxlardim.

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Bu hadisda ayollarga muloyim muomala qilib, ular muhabbatini qozonish bayon qilingan.

2) Hayit kunlari oilaga har xil badan rohatlanadigan, Alloh ta’olo halol qilgan narsalarga sharoit yaratib berish shariat ruxsat etgan amallardan ekanligi bayon qilinadi. Chunki hadisda zikr kilingan voqea hayit kunida bo’lgan edi.

3) Hayit kunlari xursandchilikni zoxir qilish din ibodatlaridan sanaladi.

4) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’z ahli ayollariga va boshqalarga qilgan yaxshiliklari, chiroyli hulqlari, mehribonchiliklarini har-bir er kishi o’zida mujassam qilishi lozimligi bayon qilingan.

5) Oisha roziyallohu anhoni Nabiy sollallohu alayhi va sallam qanchalik yaxshi ko’rishlari bayon qilingan. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «Odamlar orasida eng yaxshi ko’rgan kishingiz kim?»- deb so’raganlarida «Oisha» deganlar. (Muttafaqun alayh)

6) Har kimni o’zi yaxshi ko’rgan ism bilan chaqirish ham lutfga kiradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhuni «Ey Xumayro», deb erkalatib chaqiryaptilar. Ba’zan: «Ey Oish, Jabroil sizga salom yo’llayapti», (Muttafaqun alayh) deb oxirgi harfini tushirib aytganlar.

______________________________________________
1Xumayro — Xijozliklarning tilida qizil sochlilarga aytiladi, bu o’rinda erkalash ma’nosidani bildiradi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 13:54:14

Oilaviy hayotda ba’zi xatolardan ko’z yumish

Ummu Salama roziyallohu anhodan: «Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblari bilan Oisha roziyallohu anhoning uyida o’tirgan edilar. Ummu Salama onamiz bir idishda taom olib keldilar. Shunda Oisha roziyallohu anho kiyimini beliga bog’lab olgan xolda qo’lida bir tosh bilan keldi-da u bilan idishni urib ikkiga bo’lib qo’ydi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bo’lingan idishni ikkala bo’lagini birlashtirib sahobalarga: «Olinglar! Yeyaveringlar, onangiz rashk qildi» dedilar, ikki marta. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha onamizning idishlarini oldilar va Ummu Salama onamizga berdilar, Ummu Salamaning idishni Oisha roziyallohu anhoga berdilar». (Nasoiy rivoyati)

Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning go’zal hulqlari va halimligi bayon qilingan.

2) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning halimligiga qarang! Oisha roziyallohu anhodan sodir bo’lgan xatoni malomat qilmasdan, ayollarning rashkchi ekanligini bilganlari uchun «Onanglar rashk qildi»,- deb ma’zur tutyaptilar.

3) Oisha roziyallohu anhoning idishni sindirganiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam indamadilar. Chunki Ummu Salama roziyallohu anho Oisha roziyallohu anhoning uyida o’tirgan Rasululloh va ashoblariga taom chiqarish bilan, Oisha roziyallohu anhoning rashkiga sababchi bo’lgan edi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishni to’latish bilangina cheklandilar. Taomni  esa to’latmadilar, chunki bu taom hadya edi. Boshqa shunga o’xshash xodisada «Idishga idish, taomga taom» deb taomni ham to’latganlari rivoyat qilingan.

4) Mana bunday hikmat va halimlik oila hayotidagi to’siqlardan beshikast o’tishga imkon beradi. Ko’p xotinli kishilar Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan o’rnak olib, ayollariga nisbatan hamisha hikmat va halimlik maqomida turib, barcha xolatlarda adolat bilan ish tutsinlar. Ana shunda xech kimga zarar yetmaydi. Ayollarining faqat bittasiga moyil bo’lib, qolganlarini tashlab qo’ygan kishi quyidagi taxdidni yodida tutsin.
«Kimning ikki xotini bo’lib, ularning biriga moyil bo’lib qolsa qiyomat kuni bir tarafga moil bo’lib (qiyshaygan) xolda keladi». (Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyati)


Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 14:10:04

Er-xotin orasidagi tuyg’ularga e’tibor

Oisha roziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: «Men sizning rozi bo’lganingizni ham, jahlingiz chiqqanini ham bilaman»,- dedilar. «Qayerdan bilasiz?»- deb so’radim.
- Agar mendan rozi bo’lsangiz «Yo’q Muhammadning robbisiga qasamki»- deb gap boshlaysiz, agar mendan g’azablansangiz «Yo’q Ibrohimning robbisiga qasamki»,- deb gap boshlaysiz dedilar.
- Allohga qasamki to’g’ri aytdingiz, faqat ismingizni tark etaman xolos»
,- dedim. (Buxoriy rivoyati)


Hadisdan olinadigan saboqlar

1) Agar er-xotin bir birini diqqat bilan kuzatsa, qachon g’azablanishi-yu qachon rozi bo’lishlarini bilib oladilar. Biz bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhoning his-tuyg’ularini, birgina qasamining o’zidanoq bilib olganlarini mulohaza qilamiz.

2) Goxo er-xotin o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lib turadi. Bunday xollarda bir-biridan arazlashish oraga sovuqlik tushishiga sabab bo’lmasligi kerak. Shariat ruxsat bergan yo’llar bilan nasixat qilish kabi choralarni qo’llash kerak. Agar nasixat kor qilmasa unda er joyini bo’lak qilishi mumkin.

3) Oisha roziyallohu anhoning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qilgan g’azabi kechirildi. Aslida, xech kimning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g’azab qilishi joiz emas. Oisha roziyallohu anhoning g’azabiga rashk turtki bo’lardi. Rashk esa muhabbatga dalolat qiladi. Shuning uchun ham Oisha roziyallohu anho g’azablanganda ham, qasam ichganda ham «Ibrohimning rabbisiga qasamki», deb chegaradan o’tib ketgani yo’q. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qasamga qo’shib aytilishda insonlarning eng munosibidir. Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bog’liq chegaradan uzoqqa chiqib ketmadi. Er-xotin bir-biridan g’azablangan vaqtda o’rtaga sovuqlikni tushirmaydigan ishlarni qilsinlar.

4) Ba’zilar Allohdan boshqa narsa bilan qasam ichadilar. Qasam ichilayotgan narsa hox Ka’ba, hox Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nomlari yoki boshqa narsalar bo’lsin, bunday qasam harom va shirkdir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim qasam ichsa, Allohning nomi bilan ichsin, bo’lmasa jim tursin». (Muttafaqun alayh)
«Kim omonatni o’rtaga qo’yib qasam ichsa, bizdan emas».
«Kim Allohdan boshqa narsa bilan qasam ichsa, darhaqiqat shirk keltiribdi». (Ahmad rivoyati)

Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 16:18:10

Alloh rozi bo'lsin va davomli qilsin...
Tashakkur, sizga :)...

Albatta, Musulmon uchun, payg'ambarimiz  :sw: ummati uchun eng ibrat olurlik inson bu payg'ambarimiz Muhammad Mustafo  :sw: va ularning ahli oilalaridir...

Qayd etilgan