Тожик тили  ( 44700 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Munavvara  03 Avgust 2008, 14:31:12

Assalomu alaykum tojik tilini biladigan aka-opalarim sizlardan iltimos tijik tilini o'rgatsangizlar biz ona-tilini qanday o'rgansak tojik tilini ham shunday o'rgatsangiz hursan bo'lardim:)))

Qayd etilgan


The_Alchemist  03 Avgust 2008, 16:51:07

Tojik tili qiyin tilmi? eshitganman lekin hecham hafsala bilan urganishga harakat qilmaganman?
Faqat 'chan pul' deganini urganib olgandim Samarqandga borganimda :)

Qayd etilgan


Mr.Twister  04 Avgust 2008, 15:10:33

Bozorga kirgan ekansizda.
Chan pul qancha degan ma'noda
Chan so`m deb ham aytsa bo`ladi

Qayd etilgan


The_Alchemist  04 Avgust 2008, 15:25:10

Man eshitganman aylanib yurganimda lekin uzim Uzbekcha gapirgandim.
Hech qanaqa muammosiz tushunishgandi.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  04 Avgust 2008, 16:04:58

Man eshitganman aylanib yurganimda lekin uzim Uzbekcha gapirgandim.
Hech qanaqa muammosiz tushunishgandi.


Албатта тушунишади-да.

Якинда Сурхондарёга бориб келдим. Кайтишда Самарканддаги "грибной" деб аталувчи (асосан йуловчилар нон оладиган жой) расталар ёнидан утаётганимизда йулдан олган баъзи нарсалар учун когоз кути олмокчи булиб тушдим. 3- 4 та дуконга кириб сурадим. Кичкина когоз кути топиб беринглар илтимос , йук, умуман йук дейишди, Вахоланки, дкуонлар катта, махсулотлар билан тула, албатта уларни кутиларидан бушатиб пештахтага куйишган. билмадим арзимаган нарсага нимага кизганчиклик килишади (пулини бераман деспман буни устига) адашмасам 4 -дуконга кираверишда кичкина бола бор кути деди. Олишга ичкарига кирсак сна бир стоувчи киз турипти , йук унака нарса дейди. Жахлим чикип кетди. Тожикчасига олдим-ку. :) Аимага унака киласизлар, хозир нима деётгандинг, шу арзимаган нарсага нимага овора киласан, пулини бераманку ахир дедим.. :)) шу захоти об-хаво узгарди :) босги бола ака хозир деб 2-3 тасини кутариб келди , буладими деб, биттасини олдим, нечпул берай ука десам , 100 сум дейди.. :) мана, рахмати калон, соғ бошетон, деб чикиб кетавердим :)
 
Тил билиш шундай пайтлар жуда аскотади-да :)

Qayd etilgan


Mr.Twister  17 Avgust 2008, 11:50:14

OOO zo`r shudasku!

Qayd etilgan


Mr.Twister  21 Avgust 2008, 14:56:45

Manda shunga o`xshash voqea Toshkent shahrida Amir Temur metrosida bo`luvdi:
O`tigandim poyezd kutib, bir kishi keldi, Ko`rinishi tanish, mendan Beruniyga qanday boriladi deb Adabiy tilda Buxoro aksentida gapiryapti:
- Do`stim, Beruniyga qanday borsam bo`ladi!
Men esa:
- Raftem, manam hamun taraf! (Ketdik men ham o`sha tomon) degandim. Xursand bo`lib ketdi.
- Tu a Buxoromi? (Sen Buxorodanmisan)

Shu voqeadan 2 oycha o`tib Buxoroda o`tiruvdim bir kishi menga qarab kulib kelyap, oldiniga tanimadim keyin "Chto` tu Toshkandi" (Qanday Toshkentlik) deb o`tib ketdi. Keyin tanidim bu haligi kishi ekan

Qayd etilgan


Munavvara  21 Avgust 2008, 17:39:03

Ajabo Userlarimiz Tojik tilini o'rgatishvottimi yoki qiziqarli voqealarini etib berishvottimi???

Qayd etilgan


Mr.Twister  11 Sentyabr 2008, 20:17:44

Tojik tilida qiziq voqealarni yozyapmiz!

Qayd etilgan


kamalabloom  12 Noyabr 2008, 14:39:55

Buxoro va Samarqandda gapiriladigan tojik tilining qanday farqlari bor? Men Samarqanddagi tojik tilini sal-pal eplayman, bironta buxorolik bilan solishtirib ko'rishimiz mumkin.

Buxoroda bilmadimu, Samarqandda tojikchaga ko'p ruscha aralashtirishadi. Shunga tojikchani sal-pal o'rganib, bemalol gapirib yurish mumkin :)

Qayd etilgan