Топ рейтинг www.uz O'zbekiston islom obidalari

O'zbekiston islom obidalari  ( 6967 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  07 Iyun 2008, 16:32:34

                        Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Hazrati Imom maqbarasi
      XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o'g'li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan. Amir Temur ko'rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad Shayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag'dodiy "nomi bilan mashhur bo'lgan. Majmuaga Amir Temur o'zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o'n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan.

Qayd etilgan


Robiya  07 Iyun 2008, 16:33:24

                    Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Gumbazi Sayyidon maqbarasi
      XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan Gumbazi Sayyidon maqbarasi o'ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. Gumbazlariga naqshinkor bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo Ulug'bek avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko'rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib kirilgan. Bu keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib kelgan. Binoning asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan mayda xonalardan iborat.

Qayd etilgan