So'rovnoma

Siz uchun ON-LINE BLITS SAVOLLAR tanlovi qaysi kuni bo'lgani ma'qul?


Dushanba
  2 (11.1%)
Seshanba
  1 (5.6%)
Chorshanba
  2 (11.1%)
Payshanba
  1 (5.6%)
Juma
  3 (16.7%)
Shanba
  3 (16.7%)
Yakshanba
  6 (33.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 14



Ziyouz.com da BLITS SAVOLLAR tanlovi: fikr va mulohazalar  ( 22098 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ulugbek-Uz  10 Iyun 2008, 11:39:57

BLITS SAVOLLAR tanlovini o'tkazish quyidagicha rejalashtirildi:

Ma'lum bir vaqtni (soatni) belgilasak ba'zi userlarimizga qiyinchilik tug'dirishi va kam sonli insonlar ishtirok etishi mumkin. va buning ustiga faqat Ziyouz.com Forumiga a'zo userlargina qatnashishi mumkin bo'lib qoladi. Buning oldini olish uchun, ya'ni barcha qatnasha olishi uchun tanlov quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Иштирокчиларни албатта маълум бир вақтда он-лайн тсплаш қийин, лекин шундай қилинганда сйин шиддатли ва адолатли бсларди. Бир кунга вақт берилса билмайдиган, ёки ёддан кстарилган саволларни ҳам топиш мумкин-ку?!

   Масалан юқоридаги саволлар. 1-савол. Бир вақтлар билардим, жавобини сслолмадим
                                                     2-савол. Кеча саволни сқиганда 2-3 та вариатлар пайдо                                                                             бслди бирдан. Лекин аниқ жавоб бугун ёдимга                                                                              тушди :) . Жавоб-Чуқур. Ўра.
                                                     3-савол. Саволни сқиганимданоқ жавобини топдим.                                                                                      Жавоб- Космонавтлар.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  10 Iyun 2008, 11:42:51

Masalan:
Savollar Shanba kuni soat 08:00 da Forumga kiritilsa, demak Yakshanba kuni 08:00 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi.

Бу вақт масалан шахсан манга ноқулай. :))  Якшанба куни умуман истисно қилинсин.

Соатга келсак 8 - дан 8 гача смас. 10.00 бошланса, 11, 12, ва ҳ.з.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Iyul 2008, 17:08:59

ON-LINE BLITS SAVOLLAR tanlovi qachon boshlanadi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Iyul 2008, 18:41:50

ON-LINE BLITS SAVOLLAR tanlovi qachon boshlanadi?


Xozir shu xususida o'ylayapmiz. Men administratorga murojaat qilib tanlovni sentyabr oyidan(o'qishlar boshlanganda) o'tkazish taklifini aytgandim. Ular rozi bo'ldilar. Yaqin orada saytda tanlov reklamasi ham chiqib qlsa ajabmas. (Har xolda va'da bergandilar)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Avgust 2008, 14:00:24

ON-LINE BLITS SAVOLLAR tanlovi:

Tanlovning o’tkazilish kuni:

- Tanlov sentyabr oyining 11-sanasidan boshlanadi.

- Tanlov haftaning har Payshanba kunida bo'lib o'tadi. Bunda o'sha kuni soat 12:00 da savollar joylashtiriladi va javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt beriladi. (kelasi Payshanba kuni soat 12:00 gacha) Bu muddat ichida kelgan barcha javoblar qabul qilinadi.
- Javoblar bir hafta o'tib e'lon qilinadi va keyingi tur savollari kiritiladi.


Tanlov ishtirokchilari:

- Tanlovda barcha: Forum a'zolari va a'zo bo'lmaganlar ishtirok eta oladi. Bunda javoblarni Forum a'zolari Y_U_R_I_S_T ga PM xati orqali, a'zo bo'lmaganlar esa javoblar@mail.ru manziliga yuborishlari mumkin.


Tanlov shartlari va ochkolarni hisoblash:

- Tanlovda har bir blits savoli 3 ta savoldan tashkil topgan bo'ladi. Agar siz uchala savolga ham javob bersangiz 5 ball, ikkitasiga javob bersangiz 3 ball, bittasiga javob bersangiz 1 ball beriladi.

Masalan:
1-savol:
1. Dunyoda rasmiy poytaxti yo'q yagona davlat?
2. Undan qancha olsang kattalashadi, qancha qo'shsang kichrayadi. U nima?
3. U kasb egalarining kiyimlari eng qimmat hisoblanadi. Bu qaysi kasb?

Bunda uchala savol yaxlit bitta hisoblanadi.

- Tanlov 10 tur bo'ladi. Har bir turda 10 tadan savollar guldastasi beriladi. Demak har bur turda 30 dona Blits savol, umumiy tanlovda esa 300 ta savol ishtirok etadi.


Tanlov g’oliblarini taqdirlash:

- Tanlovda g’olib topilgan ishtirokchiga ajoyib kitoblar jamlanmasini topshirishni niyat qilib qo’ydim. Bu o’zbek va jahon adabiyotiga tegishli bo’lgan, intellektual bilimni oshirishga qaratilgan qimmatli kitoblar bo’lishi aniq.

Xozircha g’olibga topshirilajak kitoblarning taxminiy ro’yxati quyidagicha:

1. "œ"œZakovat" taqdim etadi-2" — Zakovat Intellektual klubi va bilimdonlari haqida ma’lumotlar, qiziqarli fotosuratlar va minglab ajoyib savollarni o’zida mujassamlashtirgan kitobning 2-nashri chiqarilish arafasida turibdi. Xudo xoxlasa tanlov yakunigacha kitob dunyo yuzini ko’rishi tabiiy. Eng avvalo ushbu kitob barcha Zakovat Intellektual klubi a’zolarining dastxati bilan g’olibga topshiriladi.

2. Gabriel Garsia Markes. "œYolg’izlikning  100 yili", "œOshkora qotillik qissasi"

3. Jurjiy Zaydon. "œFarg’ona kelini"

4. Chingiz Aytmatov. "œTanlangan asarlar"

5. Agata Kristi. "œRojdestvo arafasidagi qotillik"

6. Uilyam Shekspir. "œHamlet"

Bu ro’yxat xali yana kengayishi aniq. Agarda ko’ngilli ravishda g’oliblarni taqdirlashga o’z hissasini qo’shish istagida bo’lganlar topilsa, bundan juda xursand bo’lar edik. Ularning har qanday xayrli taklifini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Xozircha shular. Agar sizda biror taklif yoki e’tiroz bo’lsa marhamat, bemalol o’z fikringizni bildirishingiz mumkin. Sizning fikringiz men uchun muhim.

Qayd etilgan


Mars  25 Avgust 2008, 21:25:26

Zo'r bo'libdi rahmat shunisiga astoydil harakat qilib ko'raman.Avvalgi biz islomni bilamizmi degan tanlovga bilimim ozlik qilgandi.Ko'chirgani ham berishmadi.Bunisi oson bo'lsa kerak .Ofarin

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Avgust 2008, 02:40:44

Juma kuni bosa yaxshiro

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 Avgust 2008, 09:23:01

Juma kuni bosa yaxshiro

Siz Juma kuni ham javoblar yozishga ulgurasiz. Payshanba kuni  12:00 da boshlanib Juma kuni 12:00 gacha davom etadi. Bir kun ichida o'z javoblaringizni yozishga ulgurishingiz kerak.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Sentyabr 2008, 12:01:36

BLITS SAVOLLAR TANLOVIDA 1-tur savollari e'lon qilindi.

Ular bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Sentyabr 2008, 21:04:24

Tanlovga o'zgartirish kiritildi:

Ko'pchilikning talab va istaklarini inobatga olib bundan buyon e'lon qilingan savollarga javob berish muddati xuddi Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  tanlovidagidek   bir hafta qilib belgilandi.

Bunga asosiy sabab ko'plab foydalanuvchilar bir kunda internet tarmog'idan foydalanish imkoniyatini topa olmasliklari mumkin.

Ishtirokingiz uchun tashakkur!

Qayd etilgan