BLITS SAVOLLAR tanlovini o'tkazish quyidagicha rejalashtirildi:
Ma'lum bir vaqtni (soatni) belgilasak ba'zi userlarimizga qiyinchilik tug'dirishi va kam sonli insonlar ishtirok etishi mumkin. va buning ustiga faqat Ziyouz.com Forumiga a'zo userlargina qatnashishi mumkin bo'lib qoladi. Buning oldini olish uchun, ya'ni barcha qatnasha olishi uchun tanlov quyidagi tartibda o'tkaziladi:
- Tanlov haftaning ma'lum bir kunida bo'lib o'tadi. Bunda o'sha kuni savollar joylashtiriladi va javoblarni yuborish uchun 24 soat vaqt beriladi. Bu muddat ichida kelgan barcha javoblar qabul qilinadi.
Masalan:
Savollar Shanba kuni soat 08:00 da Forumga kiritilsa, demak Yakshanba kuni 08:00 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi.
- Tanlovda barcha: Forum a'zolari va a'zo bo'lmaganlar ishtirok eta oladi. Bunda javoblarni a'zolar
Y_U_R_I_S_T ga PM xati orqali, a'zo bo'lmaganlar esa
[email protected] manziliga yuborishlari mumkin.
- Tanlovda har bir blits savoli 3 ta savoldan tashkil topgan bo'ladi. Agar siz uchala savolga ham javob bersangiz
5 ball, ikkitasiga javob bersangiz
3 ball, bittasiga javob bersangiz
1 ball beriladi.
Masalan:
1-savol:1. Dunyoda rasmiy poytaxti yo'q yagona davlat?
2. Undan qancha olsang kattalashadi, qancha qo'shsang kichrayadi. U nima?
3. U kasb egalarining kiyimlari eng qimmat hisoblanadi. Bu qaysi kasb?
Bunda uchala savol yaxlit bitta hisoblanadi.
- Tanlov 10 tur bo'ladi. Har bir turda 10 tadan savollar guldastasi beriladi. Demak har bur turda 30 dona Blits savol, umumiy tanlovda esa 300 ta savol ishtirok etadi.
- Tanlovning qolgan masalalari yana ma'lum qilinadi.