Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 159879 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:11

320. Oisha roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan na tilla va na kumush va na qo‘y va na tuya qolgandir. Roviy dedilar: Oisha va na qul va na cho‘ri ham dedilarmi, yo demadilarmi? Lekin boshqa rivoyatlarda bordir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:21

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNI TUShDA KO’RMOQLIK HAQIDAGI HADISLAR

Tushda bir narsani ko‘rmoq uch turli bo‘ladi. Birinchi, yaxshi tush, ya’ni, muborak xob — bu Alloh Taolo tarafidan bir bashorat bo‘ladi. Ikkinchi, odam qo‘rqadigan tashvishli tush — bu shayton tarafidan bo‘ladi. Musulmonga ozor bermoq uchun ko‘rsatiladi. Uchinchi — insonning o‘z xayollari va vasvasalari tushda ko‘riladi.

Bir musulmon agar Janobi Rasululloh sollallohu vasallamni tushida ko‘rsa, haqiqatda Janobning o‘zlarini ko‘rgan bo‘ladi. Shaytonda Janobning suratlariga o‘tib turib ko‘rinish qudrati yo‘qdir.

321. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Kimki tushida meni ko‘rsa, u odam haqiqatda meni ko‘rgan bo‘ladi, chunki shayton mening suratimga o‘tib ko‘rina olmas.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:34

322. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Har kim meni tushida ko‘rsa, u albatta, mening o‘zimni ko‘rgan bo‘ladi. Chunki shayton mening suratimda ko‘rinmaydi va menga o‘xshay olmaydi.

I z o h. Alloh Taolo payg‘ambarimizning hayotlarida o‘zlarini qanday shaytonning ta’sirlaridan salomat saqlagan bo‘lsa, vafotlaridan keyin ham suratlarini uning kasridan maxfuz saqlagandir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:42

323. Yazid Forsiy roziyallohu anhu mushaf yozar edilar. Bir kecha tushlarida Rasululloh sallolloxu alayhi vasallamni ko‘rdilar. Ibn Abbos roziyollohu anhumo u zamonda tirik edilar. Tushlarini u zotga bayon qildilar. Ibn Abbos dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam degandilarki, shayton o‘zini menga o‘xshatib ko‘rila olmas. Kimki meni tushida ko‘rsa, u haqiqatda meni ko‘ribdi. Keyin ibn Abbos Yazid Forsiyga dedilar: Sen o‘sha tushda ko‘rgan odamingning shakllarini bayon qila olasanmi? Yazid Forsiy dedi: Ha. Bayon qila olaman: u zot qomatda ham jismda ham mo‘‘tadil bir zot edilar. (Ya’ni, na uzun va na qisqa, na semiz va na oriq, o‘rta bir holda edilar). Muborak ranglari oqqa moyil, bug‘doyrang edi. Ko‘zlari surma qo‘yilgan, og‘izlari kulib turgan, yuzlarining mudavvirligi yarashgan, soqollari qalin, yuzlarini ixota etgan va siynalarini yopgan edi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Agar sen u Janobni uyg‘oqligingda ko‘rgan bo‘lsang ham, bundan ziyoda ravshan, ta’rif qila olmas eding. (Ya’ni, tamomi o‘z shakllarini mukammal bayon etding). Albatta, Janobning o‘zlarini ko‘ribsan.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:50

324. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Har kim meni tushida ko‘rgan bo‘lsa, albatta, mening o‘zimni ko‘rgandir. Chunki, shayton mening suratimda ko‘rina olmas, va mo‘min bandaning tushi nubuvvatning qirq oltidan biri bo‘ladi".

Imom Termiziy raximaxulloh bu muborak kitoblarini salaf imomlaridan ikki buyuk zotning haqiqatda buyuk nasixatlar bo‘lmish asarlari bilan xatm qiladilar. Birinchisi shuki, bir narsaga xukm qilinadigan bo‘lsa, gumon va taxmin bilan qilinmasin, balki dinimizning madori bo‘lgan itbo’i sunnat bilan ish ko‘rilsin. Ikkinchisi, har bir kas va nokasdan ilm olinmasin, balki dindor insondan ilm olinsin. Dini yo‘q insonga ergashmoq — xalokatning o‘zidir. U ikki asar bulardir:

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:58

325. Abdulloh ibn al-Muborak raximahulloh dedilar: Ey, musulmon, agar qozi yoki hakam bo‘lib qolsang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kirom roziyollohu anhum yullaridan ajralmagin.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:43:14

326. Imom ibn Sirin raximahulloh dedilar: "œDin ilmlarini kimlardan olayotganingizga qaranglar" degan so‘zlar hadisdandir.

I z o h. Hadis, tafsir, fiqh, tavhid, axloq va boshqa tamomi diniy ilmlar haqiqatda dindir. Bular vositalari bilan inson o‘z dinidan ilm, ta’lim oladi, dindorlik hukmlarini o‘rganadi. Shuning uchun din olmoqda, dindor taqvolik ustozini bilib, tanib, undan ilm kasb etish lozimdir. Ustoz va shogirdga asari buyuk bo‘ladi. Suxbat asari ko‘p zamon qolib ketadi. Bir bor o‘zgarib qolgandan keyin, tuzalmoq mushkul bo‘ladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:43:37

 Bu asar mutarjimi Sayyid Maxmud Tiroziy tarjimasi quyidagi so‘zlar bilan xatm qiladilar: Haq SUBHONAHU VA TAOLO DARGOHIGA bexisob hamd va beadad shukrlarimni arz etamanki, bu qadar zaiflik va xastalik va bedastyorlik hollarimda va HARAM sharif darslari bilan masrufiyatim zamonlarida o‘z lutfi va karami bilan bu muborak kitob ShAMOILI TYeRMIZIYning Turkistoncha tarjimasini to‘rt oy zarfinda Madinai Toyyibada soxibi ShAMOIL ALAYHIS-SALOTU VAS-SALLAM jivorlarida itmomiga muvaffaq ayladi. Karamidan umidim shulki, biz aftoda muhojirlarga bu kitob bilan amal davlatini nasib aylasin, OMIN

SAYYID MAXMUD TAROZIY. 1354 XIJRIY

Qayd etilgan


Doniyor  14 Sentyabr 2006, 08:00:45

MUNDARIJA

Bismillahir rohmanir rohim
Muhri nubuvvat haqida
Payg‘ambarning sochlari haqida
Payg‘ambarning sochlarini taraganliklari haqida 
Payg‘ambarning soqol va sochlariga tushgan oqlar haqida
Payg‘ambarning surma iste’mol qilishlari haqida
Payg‘ambarning liboslari haqida
Payg‘ambarning mahsi, kavushlari haqida
Payg‘ambarning uzuklari va uzuk taqishlari haqida
Payg‘ambarning qilichlari, zirra va qalqonlari haqida
Payg‘ambarning salla, rido va izorlari haqida
Payg‘ambarning yurish va o‘tirishlari haqida
Payg‘ambarning suyangan narsalari va suyanishlari haqida
Payg‘ambarning taom tanovul qilishlari va qanday nonga odat qilganliklari haqida
Payg‘ambarning non yoki burunj bilan tanovul qiladigan taomlari haqida bayon qilinadi
Payg‘ambarning taom tepasida tahorat olishlari haqida
Payg‘ambarning taomdan avval va keyin aytiladigan duo va zikrlari haqida
Payg‘ambarning suv ichadigan piyolalari haqida
Payg‘ambarning qanday mevalarni tanovul qilishlari haqida
Payg‘ambarning ichadigan narsalari va ichishlarining tariqasi haqida
Payg‘ambarning xushbo‘y iste’mol qilishlari haqida
Payg‘ambarning xulq bilan so‘z qilishlari haqida
Payg‘ambarning kulishlari haqida
Payg‘ambarning hazillari haqida
Payg‘ambarning she’r haqida aytgan so‘zlari
Payg‘ambarning kechqurunlari qilgan hikoyalari haqida
Ummu Zar' hikoyasi
Payg‘ambarning uyqulari haqida
Payg‘ambarning ibodatlari haqida
Payg‘ambarning qiroatlari haqida
Payg‘ambarning yig‘laganliklari va zorilari haqida
Payg‘ambarning to‘shab yotadigan yotoqlari haqida
Payg‘ambarning tavoze’lari haqida
Payg‘ambarning axloq va odati sharifalari haqida
Payg‘ambarning qortuq bilan qon oldirganliklari haqida
Payg‘ambarning nom va laqablari haqida
Payg‘ambarning hayot kechirishi haqidagi voqealar
Payg‘ambarning muborak yoshlari haqida
Payg‘ambarning vafotlari haqida
Payg‘ambarning meroslari haqida
Payg‘ambarni tushda ko‘rish haqida

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyun 2009, 02:55:29

Shamoili Muhammadiy



Muallif: Abu Iso Muhammad at-Termiziy
Hajmi: 268 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan