Muallif Mavzu: Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn  ( 430349 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1005 : 25 Noyabr 2006, 19:13:34 »
Aytishlaricha, oqil kishiga amalini isloh etishi va harakatini zoe’ qilmasligi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi:
1.   Ilm. Unga ilmi hujjat bo‘ladi.
2.   Tavakkul. Ibodatda forig‘ va odamlarga qaram bo‘lmasligi uchun.
3.   Sabr. U bilan amalini mukammal qiladi.
4.   Ixlos. U bilan savobga yetadi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1006 : 25 Noyabr 2006, 19:13:56 »
Hasan Basriy aytadilar: “Kishi jannat talabida tinimsiz harakat qiladi, ozib-to‘zib ketadi. Ammo Alloh taologa yo‘liqqunicha, mustaqim bo‘ladi. Allohning:
“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlar” (Fussilat, 31-oyat), degan oyatini eshitmaganmisan?”

Hakimlar aytishadi: “Mustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt alomat bor: u issiqda erimaydi;  sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel oqizib ketolmaydi.

Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa, shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo toatidan to‘xtatolmaydi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1007 : 25 Noyabr 2006, 19:14:28 »
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib bo‘lgandir:
1.   Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi:
“Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga buyurilgandirlar” (Bayyina, 5-oyat).

2.   Ota-onaga yaxshilik qilish. Alloh taolo aytadi:
“Sen menga va ota-onangga shukr qil! Yolg‘iz O‘zimizga qaytajaksan!” (Luqmon, 14-oyat).

3.   Qarindoshchilikni bog‘lash. Alloh taolo bu haqda aytadi:
“Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi olinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso, 1-oyat).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1008 : 25 Noyabr 2006, 19:15:00 »
4.   Omonatni ado qilish. Alloh taolo aytadi:
“Albatta, Alloh taolo sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga buyuradi” (Niso, 58-oyat).

5.   Gunoh ishlarda hech kimga itoat qilmaslik. Alloh taolo aytadi:
“Bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik” (Oli Imron, 64-oyat).

6.   Havoyi nafsi bilan amal qilmaslik. Alloh taolo aytadi:
“Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorning (huzurida) turishi (va uzoq hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatdagina (uning uchun joy bo‘lur)” (Nozi’at, 40 – 41).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1009 : 25 Noyabr 2006, 19:15:31 »
7.   Toatlarda jiddu jahd qilish va Allohdan qo‘rqish. Bu haqda Alloh taolo aytadi:
“Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umid bilan duo-iltijo eturlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar” (Sajda, 16-oyat).

Har bir inson oqibatidan qo‘rqishi, yig‘lashi shunga ko‘ra amal qilishi lozim. Zero, qiyomat kunidagi ish og‘irdir.

Rivoyat qilishlaricha, Iso alayhissalom bir qishloqdan o‘tdilar. U yerda bir tog‘ bor edi. Tog‘dan yig‘i va ingroq eshitilardi. Iso alayhissalom qishloq ahlidan: “Bu tog‘dagi nima yig‘i?” deb so‘radilar. “Ey Iso, biz bu qishloqda turganimizdan beri shu yig‘ini va tog‘ning ingrashini eshitamiz”, deyishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Bu yig‘i, bu ingrashlar to‘g‘risida xabar ber, ey tog‘”. Tog‘ aytdi: ”Ey Iso, men shunday tog‘manki, toshlarimdan sanamlar yasab, ularga ibodat qilishadi. Alloh taolo bu bilan meni do‘zaxga tashlamog‘idan qo‘rqaman. Allohning: “Odamlar va toshlardan o‘tini bo‘lgan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing”(Baqara, 24-oyat), degan so‘zini eshitganman. O‘sha kunda do‘zaxga tashlanadigan toshlardan bo‘lib qolishdan qo‘rqaman”. Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qildi: “Toqqa ayt, turaversin, Men uni jahannamdan ozod qildim”.

Tog‘u toshlar og‘irligi, kattaligiga qaramasdan, Allohdan qo‘rqishadi. Qanday qilib zaif, kuchsiz, miskin odam farzandi do‘zaxdan qo‘rqmaydi, undan panoh tilamaydi. Ey odam farzandi, undan ehtiyot bo‘l. Undan ehtiyot bo‘lish esa, gunohlardan saqlanish bilan bo‘ladi. Albatta, gunohlar Alloh taoloning g‘azabini va azobini keltiradi. Allohning azobini ko‘tarishga esa, toqat qilolmaysan.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1010 : 25 Noyabr 2006, 19:16:03 »
950. Anas ibn Molikdan (r.a) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: ”Allohning:
“Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143), degan oyati nozil bo‘lganida, Payg‘ambarning (s.a.v.) ko‘zlari yoshlandi. So‘ng aytdilar: “Ey odamlar jamoasi, Alloh taolo meni nabiy va rosul qilib qilib yubordi. Sizlarni payg‘ambari uchun tanladi. Meni sizlarga guvoh qildi, sizlarni o‘tgan asrlarda o‘tgan ummatlar uchun guvoh qildi”. Ansorlardan Qays ibn Urva degan kishi: “Ey Rasululloh, o‘tgan ummatlarga qanday guvohlik beramiz, biz ulardan bo‘lmasak, ular bizning zamonamizda bo‘lmasa? ” deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Ey Ibn Urva, qiyomat kuni bo‘lsa, yer boshqa narsaga aylanadi, osmonlar kitobni yozish uchun yoyilgandek yoyiladi, odamlar tiriladilar. Ularning orasida yuzi oq bo‘lganlar ham, yuzi qora bo‘lganlar ham bor. So‘ngra ular qirq yil turishadi”. “Ey Rasululloh, ular nimani kutadi?” deb so‘rashdi. “Alloh taolo aytgan qichqiriqni.

“U kunda (odamlar mashhargohga) chorlovga (farishtaga) egilmay-burilmay ergashurlar, itoat qilurlar.

Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz” (Toho, 108-oyat) (ya’ni, ikki lab qimirlaydi, lekin ovozlari chiqmaydi). Va ularni hech qon to‘kilmagan yerga jo‘natiladi. So‘ng hayvonlar keltiriladi. Ba’zilari ba’zilaridan qasos olishadi, so‘ng ularga, tuproqqa aylaninglar, deyiladi. Ular tuproqqa aylanishadi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1011 : 25 Noyabr 2006, 19:16:27 »
 Allohning bu haqda so‘zi bor:

“Kofir kimsa: “Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam”, deb qolur” (Naba’, 40-oyat). So‘ng hamma payg‘ambarlar va ummatlar kelishadi, ular orasida haq bilan hukm qilinadi. Bas, bir to‘dasi jannatda, bir to‘dasi do‘zaxda bo‘ladi. So‘ng nido qiluvchi: “Nuh (alayhissalom) qaerda?” deb nido qiladi. U kishini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuh, risolatni yetkazdingmi, omonatni ado qildingmi?” Aytdilar: “Ha, ey Allohim, risolatni yetkazib, omonatni ado qildim”. So‘ngra u kishining qavmlarini keltirishadi. Alloh aytadi: “Ey Nuhning ummati, Nuhga sizlarni ixlos kalimasiga chaqirishni buyurgan edim, sizlarga risolatni yetkazdimi?” “Ey Parvardigorimiz, bizga bashorat beruvchi ham, ogohlantiruvchi ham kelmadi”, deydi ular. Alloh taolo aytadi: “Ey Nuh, ummating seni inkor qilyapti. Sen uchun guvohlik beradigan kishi bormi?” Nuh alayhissalom aytadilar: “Ha, bu Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) ummati”. Nido qiluvchi nido qiladi: “Ey odamlar uchun chaqirilgan ummatlarning eng yaxshisi, ramazon oyida ro‘za tutuvchilar”. So‘ngra ular saflanishadi. Alloh taolo o‘z kitobida aytganidek,

“Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29-oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati: “Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil qilgan:

“Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda bo‘lganlarini kechdim”, deydi”.

_________________
Toatdda jiddu jahd qilish bobi hadislari

946-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
947-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Nasaiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
948-hadis. Zaif. Abu Na’im rivoyat qilgan.
949-hadis. Sahih. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
950-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 27 Oktyabr 2007, 07:55:21 muallifi Laylo »
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1012 : 26 Noyabr 2006, 12:08:18 »
SAKSON TO‘QQIZINCHI BOB
SHAYTONNING ADOVAT VA HIYLALARI


951. Faqih (r.a.) aytadilar. Sofiya binti Jahsh (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qildilar: “Shayton odam bolasining qon tomirlarida yuradi”.

Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
“(Ey Muhammad) ayting: Men barcha insonlarning parvardigoridan, barcha insonlarning ilohidan (menga) o‘zi, jin va insonlarda bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (Alloh nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman” (Nos surasi), degan oyati haqida aytadilar: “Shayton insonlarning qalbiga kirganidek, jinlarning ham qalbiga kiradi va vasvasa qiladi. Agar Alloh nomi zikr qilinsa, yashirinib ularning qalbidan chiqadi”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1013 : 26 Noyabr 2006, 12:08:41 »
952. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Men da’vat qiluvchi va yetkazuvchi qilib yuborildim. Mening qo‘limdan hidoyat qilish kelmaydi. Shayton ziynatlovchi qilib yaratildi. Uning qo‘lidan adashtirish kelmaydi”. Ya’ni, u faqat vasvasa qilib, gunohni bezaydi. Uning qo‘lida ortiq narsa yo‘q. Banda nafsidan vasvasani daf etishda jiddu jahd va dushmanga muxolif bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Chunki Alloh taolo aytganki:
“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar” (Fotir, 6-oyat). Oqil kishi dushmanidan do‘stini ajrata biladi, unga itoat qiladi, dushmaniga ergashmaydi.

Aytilardiki, johillikning alomati to‘rtta:
1.   Bekorga g‘azablanish.
2.   Nafsning botilga ergashishi.
3.   Molni o‘rinsiz ishlatish.
4.   Do‘stini dushmanidan kamroq bilish, ya’ni, shaytonning toati ustiga ixtiyor qilish. Shaytonning toatini Allohning toatiga almashtirish naqadar yomon.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1014 : 26 Noyabr 2006, 12:09:16 »
Alloh taolo aytadi:
“Endi sizlar (ey odam farzandlari) Meni qo‘yib, uni (ya’ni, shaytonni) va zurriyotlarini do‘st tuturmisiz? Ular sizlarga dushman-ku! U (shayton) zolim kimsalar uchun (Allohning o‘rniga ibodat qilinadigan) naqadar yomon o‘rinbosardir” (Kahf, 50-oyat).

Oqillikning alomati ham to‘rtta:
1.   Johilga nisbatan muloyim bo‘lish.
2.   Botildan nafsini qaytarish.
3.   Molni loyiq joyga ishlatish.
4.   Dushmanidan do‘stini ajrata bilish”.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1015 : 26 Noyabr 2006, 12:13:45 »
Vahb ibn Munabbahdan zikr qilinadi: “Shayton Yahyo ibn Zakariyo alayhissalomga yo‘liqibdi. Yahyo ibn Zakariyo unga: “Menga odam farzandlarining tabiatini qanday bilishing haqida xabar ber”, dedilar. Iblis aytdi: “Ularda bir sinf bor, gunohlardan pok, senga o‘xshaydi. Ularga hech narsa qila olmaymiz. Ammo ikkinchi sinfi bolalaringizning qo‘llaridagi to‘p kabi bizning qo‘limizda. Ularga biz kifoya qilamiz. Ammo, uchinchi sinfga kelsak, ular biz uchun eng yomon sinfdir, ularga birortamiz uchraymiz-da, kerakli narsamizni olamiz, so‘ng u istig‘forga shoshiladi va biz olgan narsani buzadi. Undan noumid ham bo‘lmaymiz, hojatimizga ham erisha olmaymiz”.

Hakimlardan biri aytadi: ”Shaytonning insonga o‘nta eshikdan kelishini ko‘rdim:

1.   Shayton hirs va yomon gumon tomonidan keladi. Uni ishonch va qanoat bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu so‘zni topdim:
“O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir”  (Hud, 6-oyat). Va ushbu oyat bilan uning eshigini sindirdim.

2.   Qarasam, shayton hayot va uzun orzular bilan kelyapti, uni to‘satdan keluvchi o‘lim xavfi bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu oyatni topdim:

“Biror jon qaerda o‘lishini ham bila olmas” (Luqmon, 34-oyat). Va uning eshigini sindirdim.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1016 : 26 Noyabr 2006, 12:14:50 »
3.   Ko‘rdimki, shayton keyin rohat va ne’mat tomonidan kelyapti. Uni ne’matning zavoli va yomon hisob­-kitob bo‘lishi bilan kutib oldim. So‘ng uni daf’ qilish uchun Allohning ushbu so‘zlarini topdim:

“(Ey Muhammad) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar...” (Hijr, 3-oyat),

“(Ey Muhammad) xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, molu davlat bilan) foydalantirsak...” (Shuaro, 205-oyat). Shunday qilib, bu tomondagi eshigini ham sindirdim.

4.   Ko‘rdimki, so‘ng shayton mag‘rurlanish tomonidan kelyapti. Uni oqibat xavfi va minnat bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:

“Bas, u (kunga hozir bo‘lgan)lar orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham..” (Hud, 105-oyat). Darhaqiqat, men qaysi toifadan bo‘lishimni bilmayman, shu bilan uning bu eshigi ham sindi.

5.   Keyin u birodarlarga e’tiborsizlik va hurmatsizlik tarafidan keldi. Uni birodarchilikning haqqini va hurmatini bilish bilan kutib oldim va uni bartaraf qilishga Allohning ushbu so‘zini topdim:

“Kuch-qudrati Allohning, Uning payg‘ambari va mo‘minlarnikidir” (Munofiqun, 8-oyat). Shu bilan yana bir eshigini sindirdim.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1017 : 26 Noyabr 2006, 12:15:25 »
6. Ko‘rdimki, u hasad eshigidan kelyapti. Uni adolat va Alloh taoloning maxluqlari orasida qilgan taqsimoti  bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan haydadim:

“Ularning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz o‘zimiz taqsimlaganmiz” (Zuxruf, 32-oyat) va shu bilan uning eshigi sindi.

7. Keyin u riyo va odamlarning maqtovi bilan keldi. Uni ixlos bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan daf’ qildim:

“Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishdan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biror kimsani (Unga) sherik qilmasin” (Kahf, 110-oyat). Ya’ni, qiladigan barcha amallarini ixlos ila qilsin. Va shu bilan yana bir eshigini sindirdim.

8. So‘ngra u baxillik  eshigidan keladi, uni bandaning qo‘lidagi bor narsa yo‘q bo‘lishi va Alloh taolo huzuridagi narsagina boqiy qolishi bilan kutib oldim va Allohning ushbu so‘zi bilan uni haydadim:

“Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar boqiydir” (Nahl, 96-oyat). Shu bilan uni sindirdim.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1018 : 26 Noyabr 2006, 12:16:08 »
9. Ko‘rdimki, u kibr eshigidan kelyapti. Uni tavozu’ bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan uni haydashga kuch topdim:

“Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va ogohdir” (Hujurot, 13-oyat). Va uning eshigi shu bilan sindi.

10. So‘ngra ko‘rdimki, u tama’ tomonidan kelyapti. Uni odamlarga qaram bo‘lmaslik va Alloh huzuridagi narsaga ishonch bilan kutib oldim. Unga qarshi esa, ushbu oyat bilan kurashdim:

“Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomonidan rizqlantirur” (Taloq, 2 ­ 3-oyatlar).

Xabarda zikr qilinishicha, iblis (unga Allohning la’nati bo‘lsin) Muso (alayhissalom) Allohga munojot qilib turganlarida, u kishining oldlariga keldi. Farishtalardan biri iblisga: “Senga o‘lim bo‘lsin, uning bu holatidan nimani umib qilyapsan?” dedi. Aytdi: “Undan uning otasi Odamdan jannatdaligida umid qilgan narsamni umid qilyapman”.
Aytishlaricha, namoz vaqti kelsa, shayton askarlariga odamlarga borishni, ularni namozlaridan mashg‘ul qilib qo‘yishni buyuradi. Shayton namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishi oldiga kelib, uni ruku’, sajda, qiroat, tasbeh va duolarni mukammal qilishdan to‘sishga harakat etadi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uning qalbini dunyo ishlari bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Agar bu narsalardan birortasiga qodir bo‘lmasa, shayton uni mahkam bog‘lab, dengizga uloqtirishga shaylanadi. Agar bu ishlardan birortasiga qodir bo‘lsa maqtanadi
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: TANBEHUL G'OFILIYN. Abullays Samarqandiy
« Javob #1019 : 26 Noyabr 2006, 12:17:35 »
Alloh taolo Iblisning og‘zidan hikoya qilib aytadi:
“Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldlaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelaman va ularning ko‘plarini shukr qilgan hollarida topmaysan” (A’rof, 16­17-oyatlar).

Boshqa bir oyatlarda aytadi:
“Ey Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!” (A’rof, 27-oyat),

“Shayton sizlarni (agar in’om-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi” (Baqara, 268-oyat);

“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar” (Fotir, 6-oyat).

Alloh taolo shayton Odam farzandlari uchun dush man ekanini bayon qildi va u ularni adashtirishni, o‘zi bilan birga do‘zaxga tushirishni xohlashini bildirdi. Aqlli kishi u bilan kurashda o‘zini undan xalos qilish uchun jiddu jahd qilmog‘i vojib. Chunki shayton mo‘minlar uchun ochiq dushmandir. Mo‘min kishining shaytondan boshqa dushmanlari ham bordir.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 169338
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz
Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird

Muallif mutaallimahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21610
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:38:32
muallifi AbdulAziz
Dukchi Eshon. Ibratul g'ofiliyn

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17844
So'nggi javob 20 Avgust 2010, 14:37:23
muallifi Ansora
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2938
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2913
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz