HIKOYAT
Faqih otalaridan rivoyat qiladilar. Ahnaf ibn Qays aytadilar: "œUmar ibn Xattobni (r.a.) qidirib Madinaga keldim. Bir halqada o‘tirgan paytimda Ka’bul Ahbor odamlarga: "œVaqtiki, Odamga (a.s.) o‘lim hozir bo‘lganida aytdi: "œEy Rabbi, meni o‘lik holda ko‘rganida, dushmanim meni so‘kadi, unga ma’lum vaqtgacha muhlat berilgandir". U kishiga: "œEy Odam, albatta, sen jannatga qaytarilasan, mal’un esa, avvalgilaru oxirgilarning adadicha o‘lim alamini totish ligi uchun belgilangan muhlatgacha kechiktiriladi", deyildi. So‘ng Odam (a.s.) o‘lim farishtasiga aytdilar: "œMenga uning o‘limini sifatlab ber". Sifatlab berganida, Odam: "œRabb, yetadi, yetadi", dedilar.
Insonlar qichqirishib: "œEy Abu Ishoq, Alloh rahm qilsin sizga qanday o‘lim totishligini bizga aytib bering", deyishdi. U kishi gapirishdan bosh tortdilar. Odamlar undan talab qilishdi. U kishi: "œAgar dunyo oxirlasa, so‘nggi nafas yaqinlashganda va odamlar bozorlarda bir-birlari bilan husumatlashib, birga tijorat qilib, gaplashib turganlarida, katta bir buzg‘unchi dovul ko‘tariladi, odamlarning yarmi karaxt bo‘lib, behush bo‘lib qoladilar. Uch kun miqdoricha ushbu holatdan omonda bo‘lmaydilar. Insonlarning qolgan yarmisi esa, aqlidan ozadilar. Yirtqichni ko‘rganda, qo‘y qanday qo‘rqsa, ular xuddi shunday holatda dahshat ichida tik turib qoladilar. Shu paytda yer va osmon o‘rtasida kuchli chaqmoq tovushidek, qo‘rqinchli shovqin ko‘tariladi. Yer yuzida birorta ham tirik odam, jin, shayton, hayvon qolmaydi. Mana shu Alloh taolo Iblisga bergan ma’lum muhlatdir. So‘ng Alloh taolo o‘lim farishtasiga buyurib: "œMen senga avvalgilaru oxirgilar adadicha yordamchilarni yaratdim. Va senga osmon va yer ahlining quvvatini ato etdim. Bugun senga g‘azab, qahr libosining hammasini kiydiraman. Mening qahru g‘azabim, la’natlaganim, toshbo‘ron qilganim - hammasini iblisga olib tush. Unga o‘limni totdir. Unga avvalgilaru oxirgi jin va ins adadicha ko‘paytirib, o‘limni yukla. Sen bilan birga yetmish ming zaboniya farishtalari birga bo‘lsin. Ular g‘azab va dag‘allik bilan limmo-limdirlar. Har bir zaboniya bilan birga jahannam zanjirlaridan bir zanjir bo‘lsin. Jahannam maxluqlaridan yetmish mingtasi bilan birga iblisning xabis ruhini chiqarib ol. Va Molikka nido qilki, u jahannam eshiklarini ochsin", deydi.